“
TASDIQLAYMAN”
Iqtisodiyot
va menejment
kafedrasi mudiri
___________ PhD Mamadjanova T.A.
“___” __________ 20___ yil
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi
“
Ekonometrika asoslari” fanidan yakuniy nazorat ishi
TEST SAVOLLARI
7-variant
1. Approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida nima baholanadi?
modelning sifati
modelning ahamiyatliligi
model parametrlarining ishonchliligi
eng kishik kvadratlar usulining bajarilish shartlari
2. Fisher F mezonining hisoblangan qiymati uning jadval qiymatidan katta bo'lsa __________?
model ahamiyatli bo'ladi
modelning parametrlari ishonchli bo'ladi
model sifatli bo'ladi
model adekvat bo'lmaydi
3. Qatorlarda qoldiq avtokorrelyatsiyasi qaysi mezon bo'yicha baholanadi?
Fisher F mezoni
Styudent t mezoni
Darbin Uotson mezoni
Approksimatsiya xatoligi
4. Agar uchinchi tartibli avtokorrelyatsiya koeffitsienti eng katta bo'lsa, unda:
Uch vaqt momenti davriyliga ega mavsumiy tebranishlar mavjud bo'ladi;
uchinchi tartibli polinom shaklidagi chiziqli tendentsiyadan iborat bo'ladi.
qatorning har uchunchi darajasiga ta'sir etuvchi tasodifiy tarkibiy qism mavjud bo'ladi.
To'g'ri javob berilmagan
5. Vaqt qator additiv modelining qiymatlari ma'lum: y (t) = 30 - qator darajasining qiymati, T (t) = 15 - trendning qiymati, e (t) = 2 - tasodifiy tarkibiy qismning qiymati. Mavsumiy tarkibiy qismning qiymatini aniqlang:
S (t) = 0;
S (t) = 13;
S (t) = 1;
S (t) = -1.
8. Lag o'zgaruvchilari:
bog'liqli o'zgaruvchilarga ta'sir qiladigan, lekin ularga bog'liq bo'lmagan oldindan belgilangan o'zgaruvchilar
soni tizimdagi tenglamalar soniga teng bo'lgan bog'liqli o'zgaruvchilar
modeldagi ta'siri biroz kechikish bilan tavsiflanadigan o'zgaruvchilar
to'g'ri javob berilmagan
9. O'ta identifikatsiyalanadigan strukturaviy modellarni parametrlash uchun __________ qo'llaniladi.
oddiy EKKU
bilvosita EKKU
ikki bosqichli EKKU
torttirilgan EKKU
10. Tizim tenglamasi indentifikatsiyalanadi, agar:
D=H
D+1=H
D+1>H
D+1
12. Qs=b0+bP Bu model qaysi modelga tegishli?
bahoga nisbatan talabning chiziqli ko'rinishidagi ekonometrik modeli
bahoga nisbatan taklifning chiziqli ko'rinishidagi ekonometrik modeli
bahoga nisbatan taklifning egri chiziqli ko'rinishidagi ekonometrik modeli
vaqt omilga nisbatan bahoning trend modeli
14. Tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan, haqiqatni, oldindan aks ettirish bu:-
oldindan aytib berish
bashoratlash
oldindan ko'ra bilish
ko'zda tutish
15. Iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa kuzatuvlar natijasida miqdoriy ma'lumotlarga ega bo'lmagan hollarda, ya'ni hodisa yoki jarayon bo'yicha miqdoriy ma'lumotlar bo'lmasa u holda __________dan foydalaniladi.
Ekstrapolyatsiya usuli
Modellashtirish usuli
Ekspertlar
To'g'ri javob berilmagan
16. Agar muayan t davr holatiga model tarkibiga kiruvchi ozgaruvchilar ham joriy davr ko'rsatkichini, ham otgan davr korsatkichlarini qamrab olsa, yani ushbu model har davr holatiga tadqiq qilinayotgan ozgaruvchilar dinamikasini aks ettirsa __________ deyiladi.
ishlab chiqarish funksiyasi
daromad-harajat modeli
dinamik ekonometrik model
regression ekonometrik model
18. MS Excel jadval protsessorida qaysi amallar regression tahlilni amalga oshirishi mumkin?
STYUDRASP funktsiyasi
Analiz dannix paketi
FRASPOBR funktsiyasi
KORREL funtsiyasi
19. MS Excel jadval protsessorida korrelyatsiya koeffitsientini qaytaradigan funktsiyani belgilang?
SRZNACH
KORREL
NAKLON
OTREZOK
20. Ma'lumotlarini tahlil qilishda moliyaviy, sanoat,
tibbiyot, iqtisodiy, sug'urta, tijorat va notijorat sohalarda keng qo'llaniladigan dasturni ko'rsating?
Statistica
Eviews
MS Excel jadval protsessori
SPSS dasturi
21. Qurilayotgan modelning haqiqiyligi nimaga bog’liq?
to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga;
tadqiqotshining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq;
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq;
to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotshining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog’liq;
22. Quyidagi ta’rif kimga tegishli: Ekonometrika bir vaqtning o’zida atrofimizda qamrab turgan iqtisodiy dunyoni o’rganish ushun bizning teleskopimiz va mikroskopimiz hisoblanadi.
Z.Grillixes
I.Fisher
R.Frish
Ya.Tinbergen
23. Regression tahlil hodisalar o'rtasidagi bog'lanishning statistik tahlil usuli bo'lib, __________ tahlil qiladi
bog'lanishning zichligini
o'rtasha o'zgarishini aniqlash
bog'lanish shakllarini
barsha javoblar to'g'ri
25. Regressiya tenglamasi __________ bu:
Ta’sir etuvshi omillar orasidagi munosabat;
Asosiy omil va unga ta’sir etuvshi omillar orasidagi bog’lanish zichligi
Natijaviy omil va unga ta’sir etuvshi omillar orasidagi bog’lanishning shakli;
Omillar orasidagi munosabatni ko’rsatmaydi
26. Regressiya tenglamasining koeffitsientlarini _________ usuli asosida hisoblash mumkin.
eng kichik kvadratlar
dispersiya
korrelyatsiya koefitsienti
moda
28. Tuzilgan ekonometrik modellarning haqiqiyligi quyidagi modellarning qaysi xususiyatlariga bog'liq?
to'plangan ma'lumotlar hajmiga, modellashtirish jarayoniga
ma'lumotlarning aniqliqlik darajasiga, yechiladigan masalaning xarakteriga
tadqiqotshining malakasiga va modellashtirish jarayoniga
to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlar aniqligi va yechiladigan masalaning xarakteri hamda tadqiqotshining malakasiga
30. Xususiy korrelyatsiya ko’rsatkichining mohiyati nimalardan iborat?
regressiya tenglamasiga kiritilgan x1 omilning ta'sirni yo'qotilganda natijaviy belgi va x2x3 omil belgilar o'rtasidagi bog’lanish zichligini tavsiflaydi.
tahlilga yangi omil qo'shilishi natijasida yuzaga kelgan qoldiq dispersiyaning, modelga yangi omil kiritilishidan oldin bo'lgan qoldiq dispersiyaga kamayishi munosabatini anglatadi.
regressiya tenglamaga kiritilgan x1 omilning qiymati o’rtacha qilib belgilanganda boshqa omillarning natijaviy belgi bilan bog’liqlik zichligini bildiradi.
regressiya tenglamasiga kiritilgan boshqa omillarning ta'sirni yo'qotilganda natijaviy belgi va x1 omil belgi o'rtasidagi bog’lanish zichligini tavsiflaydi.