davlatlar darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emasligi prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
Mamlakat iqtisodiyotini izchil ravishda isloh qilish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik
yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqaligina ta’minlanishi mumkinligini ilg‘or davlatlar tajribasi ko‘rsatib turganligi prezidentimiz ma’ruzasida alohida qayd etildi.
“Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat
tarmoqlari,komplekslari va korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda barqarorligini yanada oshirish maqsadida” qabul qilingan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 y. № PQ-1442 sonli «2011-2015
yillardaO‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishari to‘g‘risida» gi qarori bilan tasdiqlangan dasturni amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishda yangi bosqich bo‘ladi.
Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisobkitoblarni bajaradi. Shuningdek, davlat byudjeti, moliya, bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan
muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning etarli yoki kamchiligini aniqlash tuShuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga
asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun, korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin. Korxonaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoShuv
va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, korxonaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o‘xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo‘lishi,
zarar ko‘rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya g‘alaba qozonadi. Korxonaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli xarakatlarni o‘z ichiga oladi. Rakiblar firma
yaratgan ustunlikka karshi jiddiy karshi xujum boshlashlari bilan uning emirilishi boshlanadi. Egallangan mavkeini saklab kolish uchun firma ikkinchi strategik xujumni amalga oshirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |