TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI “IQTISODIYOT VA MENEJMENT” KAFEDRASI "KADRLAR MENEJMENTI“fanidan ma’ruza:
2-mavzu: Kadrlar menejmenti zamonaviy xizmati faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
REJA:
Kompaniyaning missiya (vazifasi)ni ishlab chiqish. Missiya va kadrlarni boshqarish.
Firmaning imiji va uning tarkibiy qismlari.
Firmaning ichki boyliklarini shakllantirish.
1.Kompaniyaning missiya (vazifasi)ni ishlab chiqish. Missiya va kadrlarni boshqarish.
Missiya (ingliz. mission) — kompaniyaning asosiy maqsadi, vazifasi uning borligining ma’nosi.
MISSIYA — strategik menejmentning asosiy tushunchalaridan biri bulib, kompaniyaning asosiy maqsadini aks ettiradi.
Missiyani tanlash
Maqsadlarni shakllantirish
Qisqa muddatli
O’rta muddatli
Uzoq muddatli
Rejani ishlab chiqish
(qarorlarni qabul qilish yo’riqnomasi)
Siyosat
strategiya
muolajalar
Qoida
Byudjet
Kompaniya missiyasi uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan har hil turdagi korxonalar faoliyati, mulkdorlar, personal va iste’molchilarning maqsad va qiziqishlarini aks ettirishi lozim.
Missiya
Kompaniya mulkdorlari
Kadrlar
Iste’molchilar
Jamiyat
Birlashmalar
Ishbilarmon sheriklar
Kompaniyaning maqsad va vazifalari
Maqsad-vazifalarimiz O‘zbеkiston aholisi uchun qulay va chеksiz muloqotlar imkoniyatini yaratamiz va uni kеngaytiramiz. Tеxnologiyalarimiz O‘zbеkistoning istalgan burchagidagi insonlarga yangi bilim va imkoniyatlarni taqdim etadi.
Faqat qulaylik Tеlеkommunikatsiyalar va aloqa sohasida yuqori sifatli barcha xizmat turlarini taqdim etib, istе’molchiga xizmatlarimizdan foydalanishda faqat qulaylik va shu bilan birga, shaxsan o‘zlariga, qarindoshlari va yaqinlariga, shuningdеk, o‘z biznеslariga ko‘proq vaqt ajratishlariga imkoniyat yaratamiz.
Aholiga samimiy g‘amxo‘rlik Biz milliy opеrator dеb tan olinganmiz va mamlakatimizning istalgan burchagida yashaydigan aholiga g‘amxo‘rlik qilishdan g‘oyat xursandmiz. O‘zbеkistonda yagona tеlеkommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib hisoblanamiz, biz uchun foydadan ko‘ra xalqimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish muhimroqdir.
Yuksak tеxnologiyalar Har kun uzluksiz ravishda o‘z tеxnologiyalarimiz va tarmog‘imiz xizmatlarining sifati, ishonchliligi, axborot xavfsizligi va innovatsionliligini rivojlantirib boramiz. Jahon tеxnologiyalari taraqqiyoti bilan hamqadam bo‘lib, ko‘plab mamlakatlardan o‘zib boramiz.
Uzluksiz mas’uliyat Kommunikatsiyalarning kundalik turmush va tashkilotlar faoliyatining qat’iy ajralmas qismiga aylanganligini anglagan holda, o‘z xizmatlarimizga kuniga 24 soat, haftasiga yеtti kun, yiliga 365 kun uzluksiz mas’uliyat bilan yondashamiz.
2. Firmaning imiji va uning tarkibiy qismlari.
IMIDJ (ingliz. image[ˈɪmɪdʒ] — «obraz», «kurinish», «aks etish») —suniy obraz bo’lib, psixologik ta’sir etish va ommaviy kommunikatsiya vositalar orqali insonlar aql idrokida shakllantirish.
Nomenativ
(nomini yaratish)
Estetik
(taasurolar hosil qilish)
Konservativ
(kompaniya goyasini himoyalovchi)
Manzilli
Kompaniyani maqsadli auditoriya bilan bog’lovchi
Kompaniya imiji vazifalari Корхонанинг имиджи бунда қўйидаги масалалар ёритилади: -ҳаридорларни корхона тўғрисидаги фикри; -корхонанинг худди шундай шаклдаги корхоналардан афзаллик томонлари; -кимлар мазкур корхонани маҳсулотидан ёки хизматидан фойдаланади; -корхонанинг савдо белгиси ва қаерларда маълум ва асосий ҳаридорлари кимлардан иборат каби маълумотлар кўрсатилади.
Агар корхона ёки фирма янги ташкил этилаётган бўлса унда қўйидаги саволларга жавоб топиш имкониятлари баён қилинган бўлиши керак:
Нима учун сиз корхонангизни муваффақиятига ишонасиз? Сиз ушбу тадбиркорлик сохасида тажрибага эгамисиз. Чунки тажрибасизлик тижоратдаги муваффақиятсизликнинг асосий сабабидир. Шу сабабдан хусусий фаолиятни бошлашдан аввал зарурий билимга, ўқувга эга эканлигингизга ишонч хосил қилишингиз лозим. Бунинг учун биронта тадбиркор қўл остида шартнома асосида маълум муддат ишлашингиз, коллежда, институтда олган билимларингизни синаб кўришингиз лозим. Ушбу бизнес тури бўйича фаолият кўрсатаётган шахслар билан маслахатлашганмисиз? Сиз ташкил қилаётган корхона(фирма) нинг хусусияти нимада?
Корхона (фирмалар)нинг қўшилиши ёки ажратилиши шароитида бу бўлимга сиз ишламоқчи бўлган фирманинг характеристикаси ҳам киритилиши лозим ва унда қўйидаги саволларга жавоб берилади.
Фирма қачон, ким томонидан ташкил этилган; Нима учун фирма эгаси уни сотмоқчи; Баҳо масаласи қандай хал қилинади; Сотиш хажми динамикаси қандай; Агар иқтисодий кўрсаткичлар ёмонлашаётгаглиги кузатилса уларни характери табиати қандай. Ҳолатни яхшилаш учун корхонани (фирмани) бошқариш жараёнига қандай ўзгартиришлар киритилиши лозим.
Корхонани (фирмани) умумий қийматини аниқлашда қўйидагиларни эътиборга олиш лозим:
-товар моддий қийматларни умумий қиймати ва ёши; -дебиторлик қарзларини тўланган муддатлари; -асосий ишлаб чиқариш фондларининг ҳолати ва ёши; -қарзлар (агар улар бўлса уларни қабул қиласизми шу ҳақида маълумот);
Сизнинг маҳсулотингиз ёки хизматингиз тури.
-сизнинг маҳсулотингиз (хизматингиз) қандай эхтиёжларни қондиришга қаратилган; -маҳсулотингизни (хизматингизни) ўзига хос хусусияти нимада ва ҳаридорлар нима учун уни танлашади; -сизнинг маҳсулотингиз ёки технологиянгиз қандай патент ва муаллифлик гувохномалари билан химояланган.