16
edi, chunki endi bu borada “masshtabli” va uzoq muddatli qarorlar qabul qilish
talab qilinardi. Shuning uchun ommaviy tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi nafaqat
dizaynerga, balki mato ishlab chiqaruvchisiga ham boğliq bơlib qoldi. Chunki
mato ishlab chiqaruvchi unga bozorda hozirgi paytda mavjud bơlgan xom-ashyo
va iplar asosida tayyorlangan mahsulotlarnigina taklif qilishi mumkin edi.
Bozorda modadagi rangda, aktual faktura va original bichimdagi kiyimni paydo
bơlishi uchun, 3 yil oldin paxtani ơstirish texnologiya siga va bir vaqtning ơzida
bơlğuvsi matoni bơyash uchun kerakli bơladigan bơyoq ishlab chiqarish
formulasiga ơzgartirish kiritish lozim bơlardi. Shuning uchun modani oldindan
prognoz qilish sistemasi vujudga keldi, ushbu sistema yordamida ayni vaqtdagi
moda tendentsiyalarini ơzgarib borishi kuzatilardi.
1960-1980 yillarda moda iqtisodiyoti ikki darajaga bơlindi: “kutyurlar
mahsuloti” (elita uchun individual buyurtmalar) va “pret-a-porte” (ơrta sinf
uchun ommaviy ishlab chiqarish). Aynan shu yillar parijlik mashhur kutyuryelar –
Koko Shanel , Kristian Dior, Iv Sen Loran, Yuber Jivanshilarning davri bơldi.
1990 yillarda moda industriyasida “plyuralizm” ustunlik qildi, bu davrda
biror bir uslubni hukmron bơlgan deb aytish qiyin edi, chunki moda
tendetsiyalari bir nechta trendlarga bơlinib ketdi. Bu bilan paralell ravishda
ơzgarishlar tezligi ơsib bordi, chunki yangi uslublar haqidagi ma'lumotlar qulay
kommunikatsiya vositalari yordamida bir zumda tarqala boshladi. Agar oldin
moda industriyasi katta yoshdagi boy insonlarga mơljallangan bơlsa, asr oxiriga
kelib moda sezilarli darajada “yoshardi”. Nihoyat, iqtidorli stilistlarning roli
pasayib, moda poytaxtlari (Parij, London va Nyu -York )ham emas, balki taniqli
brendlarni ishlab chiqarayotgan mahsulotlari modani belgilab berishi kuzatildi.
Modadagi boshqa mahsulotlarning bozorida ham shu tendentsiya kuzatildi,
yagona hukmron standartdan standartlarning kơp miqdorliligiga ơtildi.
Moda industriyasi Ğarbiy Evropa sivilizasiyasining fenomeni sifatida
shakllandi, XX asrning ohirigacha modaga ơzga madaniyatlarning ta'siri
bơlmagan. XX asr globallashuvi nafaqat Evropa modasining butun dunyo
bơyicha kơrsatilishiga , balki bu industriyaga Sharq mamlakatlarining ta'sir
kơrsatishiga ham sabab bơldi. Yaponiyada halqaro miqyosdagi moda
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar paydo bơldi (Issi Mike, Yoshi Yamamoto
va b.). Shuningdek, parijlik Kutyurye Kenzo Tokada butun dunyoga mashhur
bơldi. XXI asrda sharq madaniyatining modaga ta'siri ơsishi munosabati bilan
moda industriyasining ơzgarishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: