Termiz davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


 Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/96
Sana25.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#184956
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Bog'liq
kichik biznes va xusussiy tadbirkorlik

 

3. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul 

mablag’larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish 

 

Banklar tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish, 



zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib 

kelinayotgan  bir  qator  chora-tadbirlar  ham  mamlakatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotida o’z aksini topmoqda. 

Prezidentimiz  «Bankdan  tashqari  pul  aylanmasini  keskin  qisqartirish  va  pul 

muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo 

va  xizmat  ko’rsatish  sohasida  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  plastik 




17 

 

kartochkalardan  foydalanishni  kengaytirish  masalalari  bundan  buyon  ham 



e’tiborimiz markazida bo’lishi darkor», deb ta’kidlab o’tgan edi. 

Shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Banklardagi  depozit 

hisobvaraqlardan 

naqd 


pul 

to’lovlarini  uzluksiz  ta’minlash  kafolatlari 

to’g’risida»gi 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida 

bank  tizimi  tomonidan  amalga  oshirilgan  bir  qator  chora-tadbirlar  aholining  bank 

tizimiga bo’lgan ishonchini yanada oshishiga olib keldi. 

Ma’lumki,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  28  noyabrdagi 

4057-sonli 

Farmoniga 

muvofiq, 

fuqarolarning 

tijorat 

banklari 

depozit 

hisobvaraqlaridagi 

omonatlari 

ularning 

miqdoridan 

qat’iy  nazar  to’liq 

qaytarilishining  davlat  tomonidan  kafolatlanganligi  aholining  bank  tizimiga 

bo’lgan  ishonchini  yanada  mustahkamlanishiga  xizmat  qildi  va  bu  jismoniy 

shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.  

Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil  13  fevraldagi  1-sonli  majlis  bayoni 

talablaridan  kelib  chiqqan  holda,  aholining  bo’sh  pul  mablag’larini  banklardagi 

omonatlarga  jalb  qilinishida  hamda  omonatdagi  mablag’larni  ularning  birinchi 

talabiga  ko’ra  berilishida  qonun  buzilishiga  yo’l  qo’ymaslik,  omonatchilarning 

haq-huquqlari  himoya  qilinishini  ta’minlash  borasida  tizimli  chora-tadbirlarning 

amalga  oshirilishi  va  banklarning  mazkur  faoliyatlari  ustidan  nazoratning  yanada 

kuchaytirilganligi  ham  aholi  bo’sh  pul  mablag’larini  bank  omonatlariga  jalb 

qilishni yanada jadallashtirdi. 

Ayniqsa  bunda  Prezidentimizning  2009  yil  6  apreldagi  «Tijorat  banklari 

depozitlariga  aholi  va  xo’jalik  sub’ektlari  bo’sh  pul  mablag’larini  jalb  etishni 

yanada rag’batlantirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari muhim 

omil bo’lmoqda. 

Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko’rsatilayotgan 

zamonaviy  bank  xizmatlari  turlarini  kengaytirish,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar 

tizimini  keng  joriy  etish,  jumladan  plastik  kartochkalardan  foydalanishni 

rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar 

natijasida,  2010  yil  1  yanvar  holatiga  tijorat  banklari  tomonidan  savdo  va  xizmat 

ko’rsatish  shoxobchalariga  o’rnatilgan  terminallarning  umumiy  soni  60631  tani, 

kartochkalar umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi 

kartochkalar soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 14,1 

mingtani  tashkil  qildi.  Plastik  kartochkalar  hisobvaraqlariga  3846  mlrd.  so’mlik 

mablag’lar o’tkazildi.  

O’z  navbatida,  plastik  kartochkalar  va  terminallar  yordamida  amalga 

oshirilgan  o’tkazmalar  hajmini  yildan-yilga  yuqori  sur’atlarda  oshirib  borish 

ko’zda tutilgan.  

Shunga  ko’ra  amaldagi  barcha  tegishli  me’yoriy  hujjatlarga,  shu  jumladan, 

Markaziy  bankning  naqd  pul  muomalasiga  taalluqli  bo’lgan  yo’riqnomalariga 

tegishli  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritildi.  Naqd  pul  muomalasida  mavjud 

bo’lgan  barcha  cheklovlar  bekor  qilinishi  esa  naqd  pul  va  naqd  pulsiz  hisob-

kitoblarni birxillashtirish borasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 

Amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  naqd  pul  muomalasi  yanada 

mustahkamlanib,  naqd  pul  mablag’larining  bankdan  tashqari  aylanmasini 



18 

 

qisqartirishga  zamin  yaratdi.  Shuningdek,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 



banklardagi  depozit  hisobvaraqlaridan  naqd  pullarning  uzluksiz  berib  borilishi 

to’liq ta’minlanib borildi.  

Shuni  ta’kidlash  lozimki,  mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  bank  tizimida 

plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-

kitoblarini  amalga  oshirishni  rag’batlantirish  borasida  bir  qancha  imtiyozlar 

berilmoqda.  Shulardan  biri  bu  plastik  kartochkalarga  xizmat  ko’rsatadigan 

protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o’rnatish borasida 

bojxona to’lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir. 

Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy 

bank  pul-kredit  siyosatining  bilvosita  dastaklaridan  keng  foydalangan  holda  pul 

taklifi  o’sishining  asosiy  manbasi  bo’lgan  oltin-valyuta  zaxiralarining  oshishi 

hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko’rib 

bordi. 

Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-

tadbirlar natijasida o’tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko’rsatkichlari 

doirasida,  ya’ni  pul  massasining  yalpi  ichki  mahsulot  hajmining  o’sishiga 

muvofiqligi ta’minlandi. 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish