2.Boshlang’ich sinflarda otni o’rgatish va didaktik materiallardan foydalanish - 3-sinfda "Otlar, ya'ni otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qa'llangan otlarning ma'nosi va qo'shimcha orqali farqlash. 2) birlikdagi otdan ko'plik shaklidagi va, aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hasil qilish, 3) gapda so'zlarning bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
- Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar - daftarlar, qalam - qalamlar, nok - noklar kabi. Suhbat asosida daftar so'zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so'zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so'zlar bilan ham shunday ishlanadi.
- Bu sinf o'quvchilariga faqat birlikda qo'llanadigan otlar, birlik shaklida qo'llangan armiya, qo'shin, xalq kabi otlar ko'plik ma'nosini bildirishi, bunday otlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda anglatadigan ma'nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o'quvchilar bu haqida savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
- Otlarning birlik va ko’plikda qo'llanilishini kuzatish aslida so'z shakli ustida ishlashning boshlang'ich hosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko'plik qo'shimchasi bilan o'zgartirish. ya'ni otga shakl yasovchi qo'shimcha qo 'shish bilan so’zning leksik ma'nosi o'zgarmasligiga ishonch hasil qiladilar.
3. 1-2- sinflarda otni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish - Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.
- Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi.
- Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
- 1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
- 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
- 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
- Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
- 1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
- 2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
- 3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |