Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati



Download 1,34 Mb.
bet42/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Mehnat nizolari komissiyasi o‘z majlisida guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni, korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish vakillarini taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Komissiyaning qarori ustidan xodim yoki ma’muriyat o‘n kun muddat ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Bu muddatning o‘tkazib yuborganligi keyinchalik ariza qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.


Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish.
Sud quyidagi hollarda mehnat nizolarini ko‘rib chiqadi:

  1. basharti mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini qarab chiqmasa va manfaatdor xodim mehnat nizosini qarab chiqish uchun tuman sudiga o‘tkazishga qaror bergan bo‘lsa;

  2. xodimning, ma’muriyatning yoki xodim manfaatlarini himoya qiluvchi tegishli kasaba uyushmasining arizasiga binoan;

  3. mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda ma’muriyatning arizasiga binoan;

  4. prokurorning arizasiga binoan.

Sudlarda bevosita quyidagi mehnat nizolari ko‘rib chiqiladi:

  1. mehnat nizolari komissiyasi saylanmaydigan yoki biror sababga ko‘ra bunday komissiya tuzilmagan korxonalarda kelib chiqqan mehnat nizolari;

  2. mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish asoslaridan qat’i nazar ishga tiklash, ishdan bo‘shatish vaqti hamda sababining ta’rifini o‘zgartirish, majburiy progul vaqti va kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lash haqidagi xodimning arizasi yoki prokurorning arizasi murojatnomasiga binoan;

  3. korxona, muassasa, tashkilotga etkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish haqidagi ma’muriyatning murojaatnomasiga binoan;

  4. mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimning salomatligiga etkazilgan zarar o‘rnini korxona qoplashi haqidagi xodimning arizasi yoxud prokurorning murojaatnomasiga binoan.

SHuningdek boshqa korxonalardan o‘tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish; bron hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni; nogironlarni; homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni; 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) yolg‘iz onalarni; qonunlarga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishi shart bo‘lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar ham bevosita sudda ko‘rib chiqiladi.
Mehnatni nizosini hal qilib berishni so‘rab sudga murojaat etish muddati. Mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza sudga xodim o‘z huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida, ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa ishdan bo‘shatilganlik to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi olingan yoki mehnat daftarchasi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida topshiriladi.
Ma’muriyatning xodim tomonidan etkazilgan moddiy zararni undan undirib olish masalasi bo‘yicha sudga murojaat qilishi uchun xodim zarar etkazilganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir yil muddat belgilangan.
Mehnat nizolari bo‘yicha qaror chiqarish. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g‘ayriqonuniy asosda ishdan bo‘shatilganligi yoxud boshqa ishga o‘tkazilganligi taqdirda darhol ishga qayta tiklanishi lozim. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sud ishga tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda xodimga majburiy progul vaqti uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash yoki kamroq haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun oyligidagi farqni to‘lash haqida qaror qabul qiladi, biroq bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. SHuningdek xodimni g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga majburiy qilingan progul vaqti uchun yoxud kamroq haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqti uchun xodimga ish haqi to‘lashi munosabati bilan korxonaga etkazilgan zarar uchun mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshmaydigan miqdorda moddiy javobgarlik yuklatiladi.
Ishdan bo‘shatish sababining ta’rifi noto‘g‘ri yoki amaldagi qonunlarga muvofiq emas deb topilgan taqdirda mehnat nizolari komissiyasi yoki sud uni o‘zgartirishi va ishdan bo‘shatish sababini amaldagi qonunlarga to‘la muvofiq ta’riflashi shart. Agar ishdan bo‘shatish ta’rifining noto‘g‘riligi xodimning ishga joylashishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida xodimga majburiy progul vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash to‘g‘risida qaror chiqariladi, biroq bu muddat ham bir yildan oshmasligi kerak. Bunday hollarda mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, xodim esa mehnat daftarchasining haqiqiy emas deb topilgan yozuvi qayd etilmagan dublikatini berishni talab qilishga haqlidir.
G‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, ishdan bo‘shatish sababining ta’rifini o‘zgartirish haqidagi, shuningdek xodimga ish haqi berish to‘g‘risidagi qaror darhol ijro etilishi lozim.
Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi qarorining ijrosi ma’muriyat tomonidan kechiktirilgan taqdirda mehnat nizolari komissiyasi, sud unga barcha kechiktirilgan davr uchun o‘rtacha ish haqi yoki shu ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘lash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar oliy davlat hokimiyati organlari saylab qo‘yadigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan rahbar xodimlarni, sudyalar, prokurorlar, ularning o‘rinbosarlari va yordamchilarini ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, majburiy progul qilingan vaqt yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun ularga haq to‘lash, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalariga doir nizolar yuqori turgan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Xodim avvalgi ishiga tiklangan hollarda unga majburiy progul qilingan vaqt yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lanadi, ammo bu muddat bir yildan oshmasligi lozim.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish