1
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
___________________________FAKULTETI
_________________________________________
______TA’LIM YO’NALISHI __-KURS ___–
GURUH
TALABASI
____________________________NING
“______________________________________”
FANIDAN TAYYORLAGAN
Kurs ishi
Tayyorladi:
____________
Qabul qildi: ___________
2
MUNDARIJA
KIRISH
………………………….…………………………………….. 3
I-
BOB
.
O'SMIRLARNING GIYOHVAND MODDAGA MOYILLIGI IJTIMOIY
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA …………………………….……………………… 6
1.1
Giyohvandlik haqida tushuncha va uning ijtimoiy pedagogik
tavsifi ............................................................................................................... 6
1.2
O'smirlar orasida giyohvandlikning kelib chiqish sabablari va
oqibalari ………………………………….………………………………… 13
Bob bo’yicha xulosa ……………………………………………………
II BOB
.
GIYOHVAND O'SMIRLAR BILAN OLIB BORILADIGAN
PEDAGOGIK FAOLIYAT SHART SHAROITLARI ….…………….. 19
2.1. O'smirlarning giyohvandlikga moyilligini pedagogik tahlil qilish va
yordam berish shakillari ………………………….………..………...…….. 19
2.2. Giyohvandlikka qarshi ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila, mahalla
va ta'lim muassalari hamkorligi …………………………..…………..…… 24
Bob bo’yicha xulosa ……………………..……………………………..
XULOSA ..…………………………………………………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………….………32
ILOVALAR ..…………………………………………………………32
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
:
Giyohvandlikka qarshi kurash borasida
mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar natijasida yildan-
yilga salmoqli tadbirlar amalaga oshirilmoqda. Birinchi navbatda, ushbu
masalaga davlat miqiyosida katta e`tibor qaratilganini, narkomaniyaga qarshi
kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganini, xavf-xatarni bartaraf
etish maqsadidakeng jamoatchilikning faolligiga tayanilayotganini alohida
e`tirof etish zarur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida ushbu illatga qarshi kurash
chora-tadbirlari bir nechabor kuchaytirildi. Ijtimoiy salbiy illatlardan biri
bo’lgan giyohvandlikka qarshi kurash vauning oldini olish eng dolzarb
muammolardan biri bo’lib, nafaqatrespublikamiz, balki butun dunyo
jamoatchiligini jiddiy tashvishga solmokda. Ushbu muammoning qay tartibda
o’z echimini topishi butun insoniyatning ertasinibelgilab beradi. Shu sababli
giyohvandlikning oldini olish va unga qarshisamarali kurashni tashkil etish
barcha kuch va vositalarni birlashtirishni takazoqilmoqda.
Narkomaniyaga qarshi kurash qonunchilikni va huquq-tartibotni
mustakkamlash,
fuqarolarning
huquqlari
va
qonuniy
manfaatlarini
muxofazaqilishning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
So'ngi yillar mobaynida narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar
mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, psixotrop vositalar oldi-
sotdisini bartaraf etish samaradorligining oshishiga olib keldi. Respublikamiz
mustakillikka erishgandan so’ng giyohvandlikka qarshikurash kuchaydi,
uning
oldini
olishga
qaratilgan
chora-tadbirlar
ishlab
chiqildi.
O’zbekistonning bu yunalishdagi asosiy tanlagan yo’li transmilliy uyushgan
jinoiy guruhlar narkotik vositalarni kontrabanda qilish uchun respublika
hududidan foydalanishining oldini olish, giyohvandlik vositalarining qonuniy
muomalasi ustidan qat`iy nazorat o’rnatish, giyohvandlik vositalarining
noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini ta`minlash,
giyohvandlikka chalingan bemorlarga kafolatli tibbiy yordam ko’rsatish,
shuningdek, bu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
4
O’zbekiston Respublikasi «Giyohvandlik vositalari tÿg’risida»gi (1961 yil)
yagona Konventsiya, «Psixotrop moddalar tÿg’risida»gi (1971 yil), BMTning
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi ku-rashish»
bo’yicha (1988 yil) Konventsiyalari ishtirokchisidir.Ta`kidlash joizki,
Respublikamizda 1994 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining
Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi faoliyat ko’rsatmokda.
"Tabiiyki, narkotik moddalarning bir qismi bizning mintakamizga singib
ketmokda. Bu esa jinoyatchilikning o’sishiga, yoshlarning buzilishiga, hatto
millatning genofondi aynitpiga sabab bo’lmoqda" Respublika huquqni
muxofaza qiluvchi organlari va Sog’liqni saqlash muassasalarining
ma`lumotlariga ko’ra, 2007 yilda doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini
istemol qiluvchi fuqarolar 14400 nafar bo’lgan bo’lsa, 2008 yilning
boshlarida bu ko’rsatkich 25 mingga yaqinlashgan. Yuqoridagi
ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, giyohvandlik vositalariga ruju qo’yganlar
soni 2008 yilda 2007 yilga nisbatan 40 % ga ortgan. Respublikamizda 2009
yilga kelib ro’yxatga olingan giyohvandlarning soni 38 mingga yaqin kishini
tashkil etgan. Biroq bu ko’rsatkichlar respublikamizdagi giyohvandlik
vositalari bilan bog’liq haqiqiy vaziyatni to’liq aks ettirmaydi. O’zbekiston
Respublikasi MXX xodimlarining tezkor ma`lumotlariga ko’ra haqiqiy ahvol
rasmiy ro’yxatga olinganlar sonidan ko’ra 10-15 marotaba ko’pdir. Bundan
tashqari o’tkazilgan tadkiqotlarning natijalariga ko’ra giyohvandlik
vositalarini iste`mol qilishga bo’lgan talab ham tobora ortib bormokda.
Taxlillarning ko’rsatishicha keyingi yillarda giyohvandlikning ijtimoiy negizi
sifat jihatdan o’zgardi. Bu illatning eng xavfli jihati shundaki, giyohvandlik
voyaga etmaganlar orasida ham ko’payib, «yosharib» bormokda.
Giyohvandlik vositalariga moyillik yoshlarda katta yoshlardagilarga nisbatan
6-8 marta tezrok shakllanadi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligining ma`lumotlariga ko’ra voyaga etmaganlar orasida giyohvandlik
illatiga chalinish 2006 yilda 2007 yilga nisbatan 16 % ga, 2008 yilda 2009
yilga nisbatan 16,5% ga ko’paygan. Giyohvandlik vositalarini ko’lga kiritish
5
jarayoni ham kundan-kunga osonlashib, mustahkamlanib bormokda.
Giyohvandlikning alohida ijtimoiy yo’nalishlarga ega bulib borayotganligi,
ya`ni, yoshlar va xususan voyaga etmaganlar, shuningdek ayollar orasida
keyng tarqalib bormoqda. Giyohvandlik jinoyat bilan bogliq bolgan
masaladir.Buni xalqga targib qilish va aholini ogohlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |