Trommer reaksiyasi
Glyukoza ishqoriy muhitda mis oksidlarini qaytarilgan holatga o’tkazadi va bunda o’zi glyukon kislotasigacha oksidlanadi. Glyukozaning kuchli oksidlanishi natijasida qand kislotasi va bir qator birikmalar hosil buladi.
Reaktivlar: a) 1%-li glyukoza, b) 1%-li natriy ishqori, v) 5% li mis sulfat.
Ishning bajarilishi: 3-4 ml glyukoza eritmasiga 1-2 ml 5%-li natriy ishqori va 2-3 tomchi 5%-li mis sulfatdan solinadi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi. Probirka past olovda sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Avval sarik cho’kma (CuOH) hosil bo’ladi, keyin esa qizil cho’kmaga (Cu2O) aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |