Ishning borishi: 1 ta probirka olib, unga 2 ml tuxum oqsilidan solinadi, keyin shuncha xajmda o’yuvchi natriydan va 1-2 tomchi mis sul’fat eritmasidan solinadi. Bunda ko’k-binafsha yoki qizil-binafsha rang hosil bo’ladi.
2.Ningidrin reaksiyasi. Ningidrin reaksiyasini –aminogruppaga ega bo’lgan aminokislotalar beradi. Oqsillar, polipeptidlar va aminokislotalar ningidrin bilan qaynaganda ko’k yoki ko’k-binafsha rang hosil qiladi. Ningidrin reaktsiyasi - aminogruppani aniqlash uchun eng aniq usul hisoblanadi. Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, - aminokislotalar va peptidlar ningidrin bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishli dezaminlanishga va dekarboksillanishga uchraydi:
Qaytarilgan 2 molekula ningidrin bilan ammiak reaksiyaga kirishib, bo’yalgan birikma hosil qiladi.
Reaktivlar: a) oqsil eritmasi, b) glitsinning 0,1%-li suvdagi eritmasi, v) ningidrinning 0,1%-li spirtdagi eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |