Anaeroblarni
kulturalash
usullari.
Ishni bajarish tartibi:
Anaerob baktyeriyalarni suniy ozuqa muhitida o’stirish uchun
kislorodsiz sharoit hosil qilish kerak. Buning uchun fizikaviy, ximiyaviy va biologik
usullar qo’llaniladi. Anaerotsat yoki eksikatordan havoning bunday haydalishini
pirogalol yordamida ximiyaviy yo’l bilan kislorodni biriktirish vositasida xosil qilish
mumkin: biologik yo’l bilan Fortner usuli yordamida ya'ni kislorodsiz sharoitni aerob
va anayrob baktyeriyalarni birga germetik yopiq petri kosachasida ekilganda xosil
qilinadi.
Birinchi kun
: Bakteriyalardan toza kultura olish uchun tekshiriluvchi matyerial Kitt.
Tarotsi muhitli probirkaga ekiladi. Muhit ekishdan oldin suv xammomida 10-20 minut
davomida (havoni kislorod aralashmasidan
ajratish uchun qizdiriladi, so’
ng
termotsatda 37 °C da o’tsiriladi).
Ikkinchi kun:
Ekilma kuzatiladi, surtma tayyorlab Gramm usulida bo’yaladi. Musbat
bo’lsa, muhitda loyqalanish, gaz pufakchalari va surtmada yirik sporali grammusbat
tayoqchalar kuzatiladi. Toza kultura ajratish uchun Kitt -
Tarotsi muhitidan material
olib
, ilmoqchada birinchi petri kosachasiga - qonli agarga ekiladi va muhitning yuqori
qismida shpatel bilan taqsimlanadi. Xuddi shu shpatel bilan material muhitga ikkinchi
va uchinchi kosachaga alohida koloniya xosil qilish uchun suriladi.
Uchinchi kun:
Chashkada o’tsirilgan koloniya lupa yordamida o’rganiladi va hosil
bo’lgan koloniyani probirkaga solib, termostatga qo’yiladi. Aniqlanuvchi
baktyeriyalarning morfologik, kultural va bir ximik xususiyatlari o’rganiladi. Kitta -
Tarotsi muhiti anayroblarni kulturalashda univyersal muhit xisoblanadi. U qonli bulon,
hayvon to’qima bo’lagidan iborat. Anaerob sharoit hosil qilish uchun muhit utsiga
sterillangan o’simlik moyi quyiladi.
a) Havoni haydash - kislorodni muhitdan mexanik yo’l bilan haydash. Buning uchun
maxsus asboblar (anayrostatlar) yordamida - havo haydab chaqiriladi.
b) Havo kislorodidan mexanik himoyalanish - Buning uchun Vinyal-Vaysen usuli
qulay. 30 sm uzunlikdagi, 3-6 mm kenglikdagi shisha naychaning bir tomoni
kapillyarga solinadi, boshqa tomoni esa paxtali probirkaga quyiladi va tekshirilayotgan
matyerial ilitilgan agarga ekiladi. So’ng aralashtirilib, sterillangan trubaga solinadi.
Aralashma
kapilyarga
quyiladi
va
truba
termostatga
quyiladi.
v) Biologik usul - aerob va anaerob kulturalarni bir yerga ekish (Fortnyer usuli). 2 ga
bo’lingan petrikosachasiga qalin qatlam qonli agarga ekiladi. Stirillangan skalpel bilan
chashka o’rtasidan bo’linadi.
Agarning birinchi yarmiga aerob, ikkinchi yarmiga anaerob kulturasi ekiladi. Chashka
skalpel bilan to’ldiriladi va termostatga qo’yiladi. Avval kislorodga to’yingan aeroblar
o’sib chiqadi, so’ng aeroblar o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |