Ish tartibi: Spektrofotometrning kyuvetasi 0,4 ml substrat aralashmasi (D-glyukoza, MgCl2 va ATF) 0,1 ml NADF eritmasi, 0,01-0,04 ml glyukoza-6-fosfat degidrogenaza bo`lgan eritma, tris-HCl buferining 50 mM li eritmasidan qo`shib, umumiy hajmi 3 ml ga yetkaziladi va yaxshilab aralashtirilgandan keyin unga 0,01-0,02 ml amilolitik eritmasini qo`shish orqali reaksiya boshlab yuboriladi. Reaksiyaning boshlanishi sekundlarda qayd qilinadi va 340 nm da, har sekund oralig`ida optic zichlikning oshib borishi kuzatiladi. Ajratib olingan ferment preparatini solishtirma faolligi sarhisob qilinadi.
Oqsil miqdorini spektrofotometrik yo`l bilan 280 nm da konsentratsiyasi 1,0 mg/ml bo`lganda ko`rsatkichi 0,9 ga tengligiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |