OZIQA MAXSULOTLARIDAN OQSIL AJRATISH
Moyli xom ashyolardan ajratib olingan izolyasiyalangan oqsillar non ishlab chiqarish, konditer, go‘sht – sut va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llaniladi va shu bilan oziq-ovqat sanoatining xom -ashyo bazasini kengaytiradi.
Yog’sizlangan urug‘dan (shrot) oqsilni estraksiya qilib olish, ularni keyingi ishlatilishiga qarab, NaC1 eritmasi yoki ishqor eritmasi bilan amalga oshiriladi. Olingan ekstraktlardan oqsil cho‘ktiriladi. Buning uchun unga kislota eritmasi oqsilning izoelektrik nuqtasigacha qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma sentrifugalanadi. CHo‘kma ustidagi suyuklik to‘kiladi, ajratilgan oqsil esa liofil yoki sublimatsiya usulida quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |