Ferment va "tashuvchi" orasidagi adsorbsion o’zaro ta’sirning tabiati
"Tashuvchi" satxida adsorbsiya bo’lgan ferment molekulalari har xil kuchlar hisobiga, xususan nospesifik Van-der-Vaals, elektrostatik, o’zaro ta’sirlar, vodorod bog’lari va gidrofob bog’lar hisobiga amalga oshiriladi. Sanab o’tilgan bog’larni nisbiy ishtiroki ferment molekulasidagi faollik guruhlari yoki "tashuvchi"ning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik hollarda asosiy vazifani elektrostatik o’zaro ta’sirlar va vodorod bog’lari tashkil etadi.
Ba’zi vaqtlarda o’zaro ta’sir kuchi oqibatida "tashuvchi"ning tuzilishi buzilishigacha borish mumkin. Masalan, ba’zi o’simlik hujayralarini sitodeks granulalariga adsorbsiya qilinganda hujayra devori deformasiyaga uchragani kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |