Tashkiliy himoyalash vositalari — bu talekommunikasiya uskunalarining yaratilishi va
qo’llanishi jarayonida qabo’l qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliyxuquqiy tadbirlardir.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida
paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan
olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin.
Qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan xuquqiy hujjatlar
sanaladi. Ular bsvosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu
qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining
axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
AXni ta’minlash muammosiga ikkita yondashuv mavjuddir: «fragmentar» va kompleksli.
«Fragmentar» yondashuv mavjud shart-sharoitlarda aniq belgilangan tahdidlarga qarshi aks
ta’sir ko’rsatishga qaratilgan. Bunday yondashuvni amalga oshirishga misol sifatida kirishni
boshqarishning ayrim vositalarini, ixtisoslashgan antivirusli dasturlarni keltirish mumkin.
Bunday yondashuvning afzal tomoni shundaki, bunda aniq tahdid bexato tanlab olinadi. Uning
sezilarli kamchiligi esa axborotlarga ishlov berishning yagona himoyalangan muhiti yo’qligidadir.
Kompleks yondashuv AXda axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhi-tini yaratishga
qaratilgan bo’lib, bu muhit tahdidlarga qarshi aks ta’sirning turli xil choratadbirlarini yagona
kompleksga birlashtiradi. Axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhitini tashkil etish AXni
ma’lum darajada kafolatlash imkonini beradi, bu esa kompleks yondashuvning shubhasiz afzalli-
gidan dalolatdir. Bu yondashuvning kamchiliklari quyidagilardan iborat: AX foydalanuvchilarining
harakat erkinligi cheklanganligi, himoya vositala-rini o’rnatish va sozlashdagi xatoliklarga yuqori
darajadagi sezgirlik, boshqarish-ning murakkabligi.
Xavfsizlik siyosati ma’muriy-tashkiliy choralar, jismoniy va dasturiy-texnik vositalar
yordamida amalga oshiriladi hamda himoya tizimi arxitektu-rasini belgilab beradi. Har bir muayyan
tashkilot uchun xavfsizlik siyosati maxsus ishlab chiqilishi hamda undagi axborot ustida ishlashning
aniq texno-logiyasi va qo’llanayotgan dasturiy, texnik vositalarga bog’liq bo’lishi kerak.
Xavfsizlik siyosati tizim obyektlariga murojaat qilish tartibini belgi-lab beruvchi kirishni
boshqarish usuli bilan belgilanadi. Xavfsizlik siyosati-ning ikkita asosiy turi farqlanadi: