Tartib son. - Predmetning joylashish tartibini, sirasini, ish-harakatning bajarilish tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. Tartib son arab va rim raqamlari bilan ifodalanadi: 2000 – yil, 2 –sentyabrь, XIV bob.
- Tartib son otga bog’lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi, otlashganda esa to’ldiruvchi, kesim bo’lib keladi. –dan qo’shimchasini olib, kirish so’z vazifasini bajaradi.
- Tartib sonlar ba’zan daraja, nav, tur ma’nolarini bildirib keladi: 1 – sinf xaydovchisi, 2-nav un, 1-tur o’yinlari.
Sonning tuzilish jihatdan turlari. - Sonlar tuzilishiga ko’ra 3 xil:
- 1. Sodda sonlar; bir, ming, ellik.
- 2. Murakkab sonlar: bir ming to’qqiz yuz ellik.
- 3. Juft sonlar: besh-olti, o’ttiz-qirq, ming-ming.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |