Sintaktik xususiyatlari: - 1. Sifatlovchi aniqlovchi: Sizday yetti yigitim bo’lsa, 7 iqlimni zabt eta olardim.(O).
- 2. Otlashganda (sanoq, tartib, jamlovchi) ega, kesim, qaratqichli-aniqlovchi, to’ldiruvchi: Biri – kuyovu, biri – kelinchak. Bittasi bulbulu, bittasi chechak (¥.¥). Birning kasofati mingga tegar, mingniki tumanga tegar. (M). Yaxshiligimni unutmagin, gap bitta.
- 3. Fe’lga bog’langandagi holati: Kibrli Ramozon qoridek odamlar shaharda yuztadan bitta topilar edi (P.T).
- 4. Ot, sifat, son bilan ifodalaganda aniqlovchi, ega bo’ladi: sonqsifatqot. qishloqda uchta hashamatli bino savlat to’kib turibdi.
- 5. O’zi bog’langan so’zga bo,be aniq olmaydi.
- 6. Kesim birgalik nisbati bo’lsa, son, ot bilan birikmaga ega vazifasida bo’ladi: 5 qiz kelishdi.
- 1 soni boshqa sonlarga xos semantik ,grammatik belgilaridan tashqari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo miqdor tushunchasini ifodalaydi.
- 1 metr chit,1 kg shakar: Kifoyatxon dasturxonga bir kosa osh,2 ta ravoch keltirdi.(A.q) konteksda konkretlashadi.
- 1. Oldin tilga olinmagan ot oldida kelganda gumon:Kattakon yer o’choq oldida bir qariya chirsillab yonayotgan o’tga qarab jimgina o’tiribdi.
- 2. Holat bildiruvchi formasi sifat,ravish, ot oldida kelganda kuchaytiradi.
- Kuchaytirma ravishlari (juda, g’oyat, nihoyatda)
- Kuchaytirma yuklamalar (ham, hatto) kabi.
- Charx urib yeg’ardi. Hakim bir tez yurardi, men esa zo’rg’a qadam bosardim.(S.B.)
- Uzun tunlarning birida otam bir qiziq ertak so’zlab berdi.(S.B.)
- 3. 1 soni sifatlovchi sifatlanmish orasida kelganda ma’no kuchaytiradi.
- Gulnor uchun ulug’ bir baxt shu uchrashuv bo’ldi.
- SHunday so’zi kelsa ta’kidlash ma’nosi yanada kuchayadi: Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurardi.
- 4. Ayiruv, chegaralov yuklamalari (gina, faqat) o’rnida qo’llanib, ajratib, ko’rsatib, chegaralash ma’nosini ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat.
- 5. Bir son o’zi bog’lanib kelaetgan so’z bilan "hech kim", "hech qanday" olmoshlari ma’nosida ham keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.
- 6. Uyushiq bo’lakli gaplarda, qo’shma gaplarda bog’lovchi, ayiruv bog’lovchi vazifasini bajarishi mumkin.
- Bir unga qaraysan, bir menga qaraysan. (uyushgan bog’lovchi)
- Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
- Umri bir oqardi, bir qizardi ...
- 7. Kesim bo’lib kelganda birlik , birdamlik, o’xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi:
- Odamning tili bilan dili bir bo’lsin. Kemaga tushganning joni bir.(M)
- Bir so’zi bilan olmosh, ravish, ot, fe’l yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |