Termiz davlat pedagogika instituiti Magistratura bo‘limi



Download 31,95 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi31,95 Kb.
#952547
Bog'liq
Ilmiy rahbar xulosasi (2) nilu probl


Termiz davlat pedagogika instituiti Magistratura bo‘limi
70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bitiruvchisi Normatova Nilufar Komilovnaning
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning
pedagogik-psixologik imkoniyatlari” mavzusidagi
magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar

XULOSASI
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, bolalarning fikrlash faolligini taminlashning pedagogik-psixologik yo'nalishlarini aniqlash, maktabgacha talim jarayonida bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yonaltirilgan pedagogik jarayon modelini maktabgacha talim tashkiloti va oilaning ozaro hamkorligini taminlash hamda ustuvor printsiplar asosida ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Dissertant Normatova Nilufar Komilovnaning magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o’rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo’nalishlariga mosligini ko’rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni tashkil etishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni pedagogik muammo ekanligi va ushbu yoshdagi bolalarning ingliz tilini bilish ko‘nikmasini rivojlantirilayotganligining hozirgi holati haqida batafsil yoritib bergan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatishga doir adabiyotlar tahlili asosida muammoga doir olimlarning ilmiy qarashlari va yondoshuvlari tahliliy o‘rgannilgan va tizimlashtirgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni tashkil etisgning bugungi kun holati haqida misollar yordamida yoritib berilgan.
Normatova Nilufar Komilovnaning mazkur dissertatsiyasining “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning metodikasi va texnologiyasi” deb nomlangan bobida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning usul va vositalari, uni amalga oshirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari, bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning metodikasi, texnologiyasi xususida fikr yuritgan hamda o’z tadqiqotida foydalangan “Olmaxonning sarguzashti”, “Marosim o‘yinlar”, “Men buni qanday qildim?” kabi o’yinlarning va pedagogik texnologiyalarning mazmuni, vazifalari, qo’llanishi tartibi va talablari, ahamiyati haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Ushbu diagnostik vositalarning ishning ilovasida to’liq berilganligi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratgan.
Shuningdek, magistr Normatova Nilufar Komilovnaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tajribada o‘rganish” deb nomlanuvchi 3 bobida olib borgan tajriba sinov ishlari amalga oshirilgan. Tajriba - sinov ishlaridan olingan natijalar grafiklar va diagrammalar yordamida tahlil qilib, yoritilgan hamda muallif tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu magistrlik ishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar katta guruh bolalarini ingliz tiliga o‘qitishda “Olmaxonning sarguzashti”, “Marosim o‘yinlar”, “Men buni qanday qildim?” kabi didaktik o‘yin vositalardan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga ko’ra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir. Shuningdek, muallif har bir bolaning ingliz tilini bilish natijalari bilan kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruh tarbiyachilarini tanishtirib borishning muhimligini ko’rsatgani holda, pedagoglar olingan natijalarga qarab ular bilan tavsiya etiladigan metodikalar, pedagogik texnologiyalar, o’yinlar bilan alohida ishlashni yo’lga qo’yish texnologiyasini asoslaganligi ishning amaliy qimmatini ko’rsatadi.
Yana bir muhim jihati, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan pedagogic-xodimlarga, qolaversa ota onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha trening va faoliyatlar olib borish ko’nikma va malakalarini shakllantirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslaganligidir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, magistr magistr Normatova Nilufar Komilovnaning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to’la javob beradi, o’zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo’shadi.
70110201-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
2-kurs magistri Normatova Nilufar Komilovnaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasi yakunlangan ish deb xisoblansin va keyingi bosqichga tavsiya etilsin.



Download 31,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish