Termiz davla universiti iqtisod va turizm fakulteti buxgalteria hisobi va audit bo‘limi 1 –kurs 221- guruh talabasi toshboyev shohjaxonning iqtisod nazarsiyasi fanidan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi mavzusida tayyorlagan
TERMIZ DAVLAt UNIVERSITI IQTISOD VA TURIZM FAKULTETI BUXGALTERIA HISOBI VA AUDIT BO‘LIMI 1 –KURS 221- GURUH TALABASI PSIXOLOGIYA FANIDAN iroda haqida tushuncha MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
REJA
1. IRODA HAQIDA TUSHUNCHA.
2. IRODAVIY FAOLIYATNING UMUMIY XUSUSIYATLARI.
3. IRODA NAZARIYALARI.
Iroda — ichki va tashqi qiyin chiliklarni yechish uchun xatti -harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli.
Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy qismi.
Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi.
Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar.
Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama –qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bunday qilaman” deyishdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi. SHuning bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sifatida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdan bog`langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan yana biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan o`zini shaxs sifatida anglaydi, o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunadi. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o`ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti - harakatlarni irodaviy harakat deb aytib bo`lmaydi. SHu bilan birga iroda - avval mavjud bo`lmagan, lekin faoliyatni amalga oshirish natijasiga erishgandan so`ng hosil bo`lishi mumkin bo`lgan qoniqishga butun e`tiborni qaratishdan iboratdir. Ko`p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g`alaba qozonish emas, balki o`z - o`zini yengish hamdir..
IRODAVIY, YA`NI IXTIYORIY HARAKATLAR ODAMGA IRSIY YO`L BILAN TUG`MA RAVISHDA BERILADIGAN HARAKATLAR EMAS. IRODAVIY HARAKATLAR HAR DOIM MA`LUM SABABLARGA KO`RA YUZAGA KELADI. CHET EL PSIXOLOGIYASIDA IRODA ERKINLIGI DEGAN TA`LIMOT YUZAGA KELGAN BO`LIB, BU TA`LIMOTGA KO`RA, ODAMNING IRODASI AZALDAN BELGILANGANDIR. IRODAVIY HARAKATLAR ODAMNING SHAXSIGA, ONGIGA MUTLAQO BOG`LIQ EMAS. IRODA QANDAYDIR ILOXIY KUCHGA BOG`LIQDIR. SHUNING UCHUN IRODA O`Z MOHIYATI JIHATIDAN DOIMO ERKINDIR. CHET EL OLIMLARINING IRODA ERKINLIGI, YA`NI IRODAVIY HARAKATLAR HECH QANDAY SABABGA BOG`LIQ EMASLIGINI HAQIDAGI TA`LIMOTLARI BATAMOM XATODIR. BIZ YASHAB TURGAN MODDIY DUNYODASABABSIZ HECH NARSA VA HECH QANDAY HODISA BO`LMAGANIDEK IRODAVIY HARAKATLARNING HAM O`Z SABABLARI MAVJUDDIR. IRODAVIY, YA`NI IXTIYORIY HARAKATLARNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSIDA BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARI PO`STINING SHARTLI REFLEKSLAR HOSIL QILISHDAN IBORAT BO`LGAN MURAKKAB FAOLIYATI YOTADI. IRODAVIY HARAKATLAR ONGLI HARAKATLAR SIFATIDA IKKINCHI SIGNALLAR TIZIMI ASOSIDA RO`Y BERADI. GUMANITAR, YA`NI INSON MUAMMOLARIGA E`TIBOR ORTISHI BILAN O`Z - O`ZIDAN IRODANI O`RGANISH HAM DOLZARB MASALAGA AYLANIB BORMOQDA. XVIII – XIX ASRLARDA BU MUAMMO ENG MARKAZIY PSIXOLOGIK TADQIQOT MASALALARIDAN BIRI EDI.
BIROQ PSIXOLOGIYA FANIDA XX ASR BOSHLARIDA RO`Y BERGAN INQIROZ TUFAYLI