G‘altakli miqdorlagich o‘lchamlarini aniqlash
Har qanday miqdorlagich urug‘ qutisidan chigitlarni uzluksiz va bir tekis ajratib berishi kerak. Miqdorlagich ajratib berayotgan chigit miqdorini aniq va oson sozlash imkoniyati bo‘lishi talab qilinadi. Belgilangan ajratish miqdori ish sharoitlari (urug‘ qutisidagi chigit miqdori kamayganida, qiyaliklarda yon tomoniga engashib yurganida, serkesak yerda seyalka dirillaganida...) o‘zgarsa ham, bir xilbo‘lishini ta’minlashi kerak. Seyalkaga o‘rnatilgan hamma miqdorlagichlar bir xil miqdordagi urug‘ ajratish talab qilinadi. Tukli chigitning shikastlanishi 2...3% dan oshmasligi lozim. G‘altakli miqdorlagich tukli chigit ekishda qo‘llaniladi. 60 sm qator oralig‘ida ishlaydigan seyalka urug‘ qutisining tubiga bitta, 90 sm oraliq uchun ikkita g‘altak o‘rnatiladi. Bunday miqdorlagich ajratib beradigan chigit miqdori urug‘ tushadigan darcha kengligini hamda g‘ildirakdan olinadigan aylanma harakat tezligini o‘zgartirish hisobiga erishiladi. Chigit seyalkalariga o‘rnatilayotgan mavjud g‘altakning diametri df = 105...120 mm, uzunligi lf= 16...24 mm, aylanish tezligi nf = 100...200 ayl/min qabul qilingan. Tajribalar asosida yuqoridagi df va lf o‘lchamli g‘altak bir marta aylanganida qf =5,0...6,5 gramm chigitni ajratib olishi aniqlangan. Mavjud g‘altaklarning df, if o’lchamlari respublikamizda ekiladigan g‘o‘za navlari chigit o‘lchamlariga moslab tanlangan. Shu sababli, maxsus tadqiqotlar o‘tkazmasdan df va lf ni ko‘rsatilgan oraliqlarda tanlash mumkin bo‘ladi. Respublikamiz mashinasozlari orttirgan tajribaasosida g‘altakning aylanish tezligini nf< 200 ayl/min qabul qilish joiz. 297 Loyiha topshirig‘ida ko‘rsatilgan b qator oralig‘ida bir gektar maydonga N dona chigitni n qatorli seyalka L= 10000/nv metr yo‘l bosib o‘tishida ekib ulgurishi kerak. Va ishchi tezligidaishlayotgan agregat L masofani ta= L/Va, s vaqt ichida bosib o‘tadi. f =nf /30, l/s burchak tezligi bilan aylanayotgan miqdorlagich g‘altagi tf= 2/f s vaqt ichida to‘liq bir marta aylanganida qf kg chigitni ajratib bersa, agregat L masofani bosib o‘tishda, g‘altak nl=N/4qf marotaba aylanib ulgurishi kerak. Buning uchun sarflangan vaqt ta=nl/nfga teng bo‘ladi. ta ning yuqoridagi miqdorini e’tiborga olib, L/Va= n/nf deb yozish mumkin. Bu ibora yordamida qabul qilingan nl va nf uchun agregat tezligi Va ni aniqlash mumkin bo‘ladi: Va=Lnf /n1, m/s Miqdorlagich g’altagi harakatni yumalanish radiusi Ryu bo‘lgan yurituvchi g‘ildirakdan oladi. G‘ildirakning burchak tezligi yu= va /Ryu ya’ni g‘ildirak har minutiga 𝑝𝑦𝑢 = 30𝑉𝑎 𝑅𝑦𝑢 ayl/min tezligi bilan aylanadi. G‘ildirak dala bo‘ylab yuritilayotganda uning to‘g‘ini 1 o‘z yo‘lida uchratgan kesak 2 ni (2-rasm). Ilgari tomonga surmasdan, siljitmasdan, joyidan qo‘zg‘atmasdan bosib o‘tishi kerak. Aks holda, g‘altak to‘g‘ini oldida tuproq uyumi paydo bo‘lib, uni surishga ko‘p quvvat befoyda sarflanadi. Bu shartni bajarish uchun g‘ildirakning geometrik radiusi 𝑅𝑔 > 𝑟𝑘𝑐𝑡𝑔2 ( 1+𝜑2 2 ) bo‘lishi kerak (65-rasm). Bu formuladagi 𝑟𝑘- kesakchalarning radiusi, uni o‘qituvchi topshiriqda chigit ekish davridagi kesaklarning ko‘rsatadi. To‘g‘in bilan kesak orasidagi ishqalanish burchagi 𝜑1va kesak bilan dala yuzasi orasidagi ishqalanish burchagi 𝜑2miqdorlarini talaba adabiyotdan qabul qiladi. G‘ildirakning ikkinchi muhim o‘lchami, ya’ni to‘g‘inining kengligi yetarsiz bo‘lsa, g‘ildirak tuproqqa chuqur botib, uni sudrash qiyinlashadi. Agar g‘ildirakka tushadigan yukning og‘irligi G, g‘ildirakning tuproqqa botuvchanlik koeffitsienti 𝐾𝑣 (seyalka uchun 𝐾𝑣 ≈ 2 … 3 qabul qilish mumkin) ma’lum bo‘lsa, 𝑏𝑇 = 𝐺 𝑘 √2𝑅𝑔sm da topiladi. 298 G‘ildirakdan miqdorlagichga harakat uzatishning umumiy nisbati if=nf /nyu ga teng bo‘lsa, if ni harakat uzatmasi pog‘analari soniga, ya’ni i1,i2...larga ajratib, uzatmaning har bir pog‘onasi, misol uchun, 1-rasmdagi umumiy va 7 ga harakat uzatadigan zanjirli uzatma yoki konussimon shesternyali uzatma o‘lchamlari topiladi.
3-rasmda ikki g‘altakdan tuzilgan miqdorlagich qatorlar oralig’i 30 sm uchun sxemasi keltirilgan. Umumiy val 4 ga unga 3 va• chap 6 g‘altaklar o‘rnatilgan. To‘zdirgich 1, soat mili bo‘yicha aylansa, uning ustidagi chigitlar ham shu yo‘nalishda harakatlanadi. G‘altak 6 ning novlari chigit bilan bir tomonga harakatlanayotgan 1...3 dona chigitni oqimdan ajratib oladi va urug‘ o‘tkazgichga tashlaydi. G‘altak 3 ning novlari esa, chigit oqimiga teskari tomonga harakatlanadi. Demak, uning chigitni oqimdan ajratib olish jarayoni bir muncha farqlanadi. Chigit oqimiga teskari yuritilgan nov, chigit bilan bir tomonga yuritilganiga nisbatan 1,3…1,5 barovar ko‘proq chigit ajratib olishi aniqlangan. Shu sababli, 6 – va 3- g‘altaklar ustidagi to‘siqlar bir hil holatda o‘rnatilmasligi, ya’ni chigit tushadigan darcha kengligi har hil o‘rnatilishi kerak. Amaliyotda urug‘ qutisi tubining silindrik qismini diametri ds= 250 mm qabul qilingan. Kurs loyihasini bajarishda ds=250 mm qabul qilinsa, apparatga o‘rnatilgan g‘altaklar oralig‘i 60 sm kenglikdagi ikki qatorga chigit uzatadigan o‘tkazgichlarining yon tomonlarga engashish burchagi joiz bo‘lishini, ya’ni ular ichiga chigit to‘planib, tiqilib qolmasligini ta’minlaydigan bo‘ladi.Miqdorlovchi apparatning konstruktiv sxemasini tuzishda kerak bo‘ladigan ayrim o‘lchamlar 66-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lsa, 299 d1 d2, dB kabi harflar bilan belgilangan o‘lchamlari dsga nisbatan konstruktiv nuqtai nazardan qabul qilinadi. Ayrim o‘lchamlar o‘qituvchi beradigan topshiriqda ko‘rsatiladi yoki mavjud bo‘lgan miqdorlovchi apparatlarda qabul qilingan quyidagi ma’lumotlardan misol sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi (shartli belgilar 66- rasmda ko‘rsatilgan):
g‘altak qalinligi vp = 16 mm;
-g‘altak diametri d= 2r = 105 mm;
-g‘altak tishining balandligi hT = 5 mm;
-aylanayotgan g‘altak tishining bunker tubiga nisbatan maksimal balandligi h = 7 mm;hj = 5,5 mm;
-g‘altak tishlarining soni ZT = 28 dona;
-g‘altak joylashgan darcha eni Xd= 18 mm;
-g‘altak joylashgan darcha uzunligi ld = 69 mm;
-g‘altak atrofidagi tirqishlar: 1= 1,0 mm; 1= 2,0 mm; 2= 5,7 mm;
-chigit ilintirish kamerasi silindrining (urug‘ qutisi tubining) diametri dU= 250 mm; dB= 178 mm;
-silindr bo‘rtig‘ining balandligi h2 = 5,5 mm;
-to‘zdirgichning tashqi diametri d2 = 226 mm;
-to‘zdirgich tishlarining asosi bo‘yicha diametridi = 184 mm;
-to‘zdirgich tishlarining soni ZT = 22 dona;
Ta’minlagich tishlari bilan urug‘ qutisi tubining silindrik bo‘rtig‘i orasidagi tirqish K = 1,5 mmdan kengroq qabul qilish mumkin, chunki u yer keng bo‘lsa mayda chigit kirib qolib ezilishi mumkin. Mavjud apparatlarda g‘altak diametri d = 105 mm qabul qilingan. G‘altak bilan ta’minlagich orasidag‘i h2oralig‘i hamda tik o‘rnatilgan g‘altak yon tomonlari bilan darcha orasidagi tirqishlar ham eng mayda chigit qalinligidan kichikroq qo‘yiladi. h2 tirqishini asoslash uchun 4-rasmdan foydalanamiz.
G‘altak tishlari orasidagi bo‘sh joy, ya’ni novga tushib ulgurgan chigit urug‘ qutisi tubidagi kameraning S nuqtasidan tashqariga, urug‘o‘tkazgich tomoniga olib chiqariladi. Ammo, g‘altak tishi eng yuqori V holatiga ko‘tarilganida ayrim chigit ushbu tishi bilan ta’minlagich tishi 2 ning osti orasidagi tirqishga kirib qolishi mumkin. Bu tirqishning kengligi h2 – h1 ni chigitning o‘rtacha eni Ei va minimal qalinligi qmin orqali h1 = 2EU < h2
Do'stlaringiz bilan baham: |