Termiz agrotexnologiyalar va


Tukli chigit ekadigan seyalka konstruktiv sxemasini, loyihalash tartibi



Download 3,65 Mb.
bet2/5
Sana06.06.2023
Hajmi3,65 Mb.
#949178
1   2   3   4   5
Bog'liq
QXMdan Kurs loyiha

Tukli chigit ekadigan seyalka konstruktiv sxemasini, loyihalash tartibi
1-rasmda namuna sifatida chigit seyalkasi konstruktiv sxemasi keltirilgan (sxemada seyalka qismlarining shaklini aniqroq; ko‘rsatish uchun ularning o‘lchamlarining o‘zaro nisbati rioya qilinmagan). Seyalka ramasi 1 ga chigit solinadigan bunker 4, uning ichiga ta’minlagich 5, tubiga g‘altaksimon ajratkich 6 va urug‘o‘tkazgich 8 o‘rnatiladi. Seyalka g‘ildiragi 9 ning aylanma harakati zanjirli uzatma 1 yordamida bosh val 2 ga uzatiladi. Bosh val 2 ning aylanma zanjirli harakati uzatma 3 (boshqa turdagi uzatma ham bo‘lishi mumkin) orqali miqdorlagich g‘altagi va ta’minlagichni uzluksiz aylantirib turadi. Bosh val 2 da joylashgan konussimon shesternyalar teleskopik val 12 orqali tudalagi 13 ni aylanma harakatga keltiradi. Sirpang‘ichli ekkich 10 ramaga parallelogramsimon to‘rt bo‘g‘inli mexanizm absd yordamida ulangan.

Seyalkani loyihalashdan oldin, uning texnologik ish jarayonini bajarish tartibini aniq tushunish kerak. Chigit ekish agregat ishlayotganida, seyalkaning g‘ildiragi uzatma 1 va 3 orqali bunkerga solingan tukli chigitga tegib turadigan chiviqsimon to’zdirgich o’rnatilgan ta’minlagich 5 hamda miqdorlash apparatining g‘altaksimon urug‘ ajratkich 6 ni aylantiradi. Ta’minlagich tishlari bilan chigitlarni titkilab, o‘zaro yopishib qolganlarini bir-biridan ajratib, donalab, miqdorlagich g‘altagi 6 ning ustiga uzluksiz keltirib turadi. Chigitlar aylanayotgan g‘altak tishlari orasidagi novlarga tushib, bunker tubidan tashqariga chiqadi va urug‘o‘tkazgich 8 ga tushadi. Chigit urug‘o‘tkazgich orqali to‘dalagich 13 tagligiga tushadi. To‘dalagichning kurakchalari taglikda to‘planib ulgurgan chigitlarni sidirib ekkichning ichiga irg‘itib yuboradi. Ekkich pichog‘i bilan tuproqni tilib, jag‘lari yordamida ikki tomonga surib, ma’lum chuqurlikda ariqcha tayyorlaydi. Irg‘itilgan chigit ariqcha tubiga tushadi. Jag‘lar ta’sirida ikki yonga surilib qo‘yilgan tuproqning namroq va mayinroq bo‘lgan pastki qismi, jag‘ etagidagi kiyik joydan chigit ustiga tushadi va uni ko‘madi. 295 Ekkichning orqa tomoniga o‘rnatilgan botiruvchi g‘ildirakcha 14 chigitni bosib o‘tayotib, uni tuproqqa botirib, atrofidagi tuproqni zichlaydi, natijada, chigit atrofidagi bo‘sh g‘ovaklaryo‘qotiladi. Chigitning hamma sirti – tuproqqa tegib, u yerda namlik bilan yaxshi ta’minlanishi imkoni tug‘iladi. Kurakcha 15 lar urug‘ ekilgan joyning ikki tomonidagi tuproqni o‘rtaga uyib, u yerni to‘liq ko‘madi. Konussimon sirtli ikkita g‘ildirakchadan tuzilgan g‘altak 16 uyilgan tuproqni shibbalab, zichlab, ikki yonga nishablab ketadi.! Ushbu texnologik jarayon bo‘yicha chigit yerga uzluksiz emas, ma’lum oraliqdagi uyalarga to‘dalab ekiladi. Agar urug‘o‘tkazgichning quyi uchi to‘dalovchi apparatga emas, bevosita ekkichga o‘rnatilsa, seyalka urug‘ni to‘dalamasdan, qatorlab ekadigan bo‘ladi. Qatorlab ekishda chigit birmuncha ko‘proq sarflanishini hamda, keyinchalik, g‘o‘za ko‘chatlarini yaganalash talab qilinishini esda tutish kerak. Ekish agregatining ish unumini oshirish uchun: 1. Agregatning qamrov kengligini oshirish kerak bo‘ladi, ammo chigit ekishga moslangan traktorning sudrash kuchi ko‘pincha yetarli bo‘lmaydi. Agregat manevrchanligi yomonlashib uni boshqarish qiyinlashadi. 2. Agregatning ishchi tezligini oshirish lozim. Bu usuldan ko‘proq foydalaniladi. Ammo, tezlikni oshirish ham, ayrim sabablarga ko‘ra, cheklangan bo‘ladi: Ma’lumki agregatlash uchun sarflanadigan quvvat 𝑁𝐶 = 𝑃𝐶𝑉, seyalkaning sudrashgaqarshiligi 𝑃𝐶va agregatlash tezligi 𝑉 ga bog‘liq bo‘ladi. Agar tezlik 𝑉 oshirilsa, 𝑁𝐶 ham bunga proporsional o‘sadi. Chigit ekilayotgan yerdagi tuproq o‘ta mayin holatga keltirilganligi sababli, traktor g‘ildiraklari u yerda ko‘proq toyib harakatlanadi, ya’ni traktorning tortish kuchi, demak quvvati cheklangan bo‘ladi. Katta tezlikda ishlayotgan seyalka miqdorlagichining g‘altagi, tabiiyki, vaqt birligida ko‘proq chigitni bunkerdan ajratib berishi talab qilinadi. Ammo, g’altak katta tezlikda ishlatilsa, u chigitni ko‘proq siqib, ezib, shikastlantirib qo‘yadi. Demak, tezlik ham cheklangan bo‘ladi. To‘dalovchi diskning ishi ham qiyinlashadi. 296 Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, mexanik miqdorlagichli seyalkadan tuzilgan ekish agregatining ishchi tezligi 𝑉𝐶 = 7 … 8 𝑘𝑚/𝑠𝑜𝑎𝑡 dan oshmasligi kerak. Seyalka qismlarining parametrlarini aniqlashda hamda agregat ishchi tezligini tayinlashda ekiladigan chigit va tuproq xossalarini e’tiborga olish ma’qul bo‘ladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish