3-kun
Joy relefining topografik kartalarda tasvirlanishi.
Joyning relefini tasvirlashda topografik kartaning masshtabiga va bajariladigan
ishlarga karab turli talablar kuyiladi. Topografik kartalar: a) joy relfinig tipi,
shakllari, ulchami va bir-biriga nisbatan joylanishi; b) nuktalarningmutloq (absalyut)
va nisbiy balandliklarini; v) yon bagirlar yo’nalishini va kiyaligini; g) joyning boshka
tavsilotlari relef bilan boglikligini aniklashga imkon berishi kerak . Bizda topografik
kartalarning masshtabiga xamda tasvirlanadigan joy relefining murakkabligiga karab
turli balandlik kesimlari qabul kilingan, bu esa kartalarda relefni mazkur talablarga
mos kilib tasvirlash imkonini beradi.
Bundan tashkari mamlakatimiz territoriyasining turli masshtabdagi topografik
kartalarini tuzgan vaktda va boshka ilmiy xamda amaliy ishlarda foydalanish
maksadida geodezik balandlik tayanch shoxobchalari barpo kilingan. Topografik
kartalar tuzishda relefni geometrik jixatdan anik va mukammal tasvirlashka imkon
beradigan usullardan, chunonchi, gorizantallar usuli va nuktalar balandligini yozish
yoki maxsus shartli belgilardan foydalaniladi.
Topografik kartalarda relef asosan gorizantallar bilan tasvirlanadi. Gorizontalbalandligi bir xil buladigan nuktalarni tutashtiruvchi chizikdir. Gorizontal izogips deb
xam yuritiladi.
Malum masshtabli topografik karta uchun qabul kilingan kesim balandligiga
muvofik chizilgan gorizontallar asosiy gorizontal deyiladi. Topografik karta va
planlarda asosiy gorizontallar uzluksiz egri chiziklar kurinishida chiziladi. Asosiy gorizontallarning kesim balandligi kartaning ostki tomonida ramkadan tashkariga
yoziladi. Relefni ukish oson bulishi uchun kar 5 gorizontal yo’gon kilib chiziladi.
Masalan kartada gorizontallarning kesim balandligi 5 m bulsa, 0 gorizontaldan
boshlab 25, 50, 75, 100 va x.k. gorizontallar yo’gon buladi. Kesim balandligi 2,5 m
bulganda esa xar uninchi gorizontal yo’gon kilib chiziladi. Togli rayonlarda 2 ta
yo’gon gorizotal orasiga kolgan gorizotallarni chizib bulmasa, ularning bazilari
tushirib koldiriladi; aks xolda gorizontallar bir-biriga kushilib ketadi. Ayrim
joylarning relefini asosiy gorizontallar bilan tula kursatib bulmagan xollarda kesim
balandligining yarimiga teng bulgan gorizontallar chiziladi. Ular ko’shimcha
gorizontallar deyiladi. YArim gorizontllar kartada uzuq yani punktir chiziklar bilan
beriladi. Bazan kesim balandligining to’rtdan biriga teng bulgan va yordamchi
gorizontal deb ataladigan gorizontallar chizilishi xam mumkin. U xam punktir chizik
bilan kursatiladi, lekin uning xar bir uzik chizigi kushimcha gorizontal nikidan
kiskarok buladi.
Topografik kartalarda nuktalarning mutloq balandligining aniklashni
osonlashtirish maksadida, ayrim gorizontallar va xarakterli nuktalarning
balandlikalari yozib kuyiladi. Baltiq dengizi satxi boshlangich yuza deb qabul
kilinganligi sababli, topografik kartalardagi ayrim gorizontallar va nuktalarning
balandlilari shu gorizontal va nuktaning Baltiq dengizi satxidan xisoblangan
balandligini kursatadi.
Juda tik yon bagirli relef shakllari (jar, koya, jilga, upirilma, surilma va
boshkaralar), juda kichik tabiiy relef shakllarida (g„or, xarsang, karst voronkalari va
boshkalar), baland togli rayonlarda muz jari, muz yoriklari, kazilma muzlik va
xokazolar xamda inson faoliyati natijasida vujudga kelgan kichik suniiy relef
shakllari (ko’tarma, uyilma, damba va boshkalar) kartada gorizontallar bilan
kursatilganda gorizontallar bir-biriga kushilib ketadi yoki ularni gorizontallar bilan
umuman kursatib bulmaydi. SHunday shakllarini kartada tasvirlash uchun maxsus
shartli belgilar qabul kilingan. Bu shartli belgilar bilan tasivrlashda tabiiy relef
shakllari jigar rangda, suniiy relef shakllari esa kora rangda kursatiladi, belgi yoniga
esa relef shaklining nibsiy balandligi yoki chukurligi yozib kuyiladi. Bu shartli
belgilar gorizontallar bilan kursatilgan relef shakllarini to’ldirish bilan birga, joyning
uziga xos xususiyatini yakkol ifodalaydi. Masalan, topografik kartada jar va
jilgalarning maxsus shartli belgilar bilan tasvirlanishi joyning kanchalik uyilganligini
kursatadi va uning kurilish, kishlok xujaligi va boshka ishlar uchun yarokli yoki
yaroksiz ekanligini aniklash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |