Termiz agrotexnalogiyalar va innovatsion rivojlanish instituti agrobiologiya fakulteti agronomiya, qishloq xo



Download 12,57 Mb.
bet11/15
Sana21.06.2022
Hajmi12,57 Mb.
#688848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sayidqulov Qurbonmurod BMI

Rediska urug’chiligi. Rediska urugari yetishtirishda bu ekinni qayta ekib va qayta ekmasdan turib o’stirish usullari qo’llaniladi. Urug’chilik ishlari uchun qayta ekish usuli bilan yetishtirilgan va o’sib turgan yerida nav nazoratidan o’tgan elita yoki birinchi nav urug’lari ishlatiladi.
Ekinni qayta ekib urug’ yetishtirishda ko’pincha ochiq yerga bahorda urug’ ekiladi-da, ildizmevalari yetilganidan keyin ularni tanlab olib, boshqa joyga kuchirib ekiladi. Rediska urug’ni ochiq yerga kuzda ekib, ildizmevalar noyabr oyining birinchi 10 kunligi ichida yig’ishtirib olinadi-da, ularni qishda saqlab qo’yib, bahorda yana ochiq yerlarga ekiladi (erta pishar navlarning urug’lari kuzda ildizmevalar yig’ishtirib olinadigan maxaldan 30-35 kun, kechpishar navlarning urug’lari esa, 50-55 kun ilgari ekiladi).
Qayta o’stirish uchun ekinni erta bahorda ekishda urug’lar mumhim qadar barvaqt - fevral oyining oxirlari - marta oyining boshlarida (dalaga chiqish uchun birinchi imkon tug’ilishi bilan) ochiq, yerlarga ekiladi. Urug’lik o’simliqlar nechog’lik barvaqt ekiladigan bo’lsa, urug’ hosildorligi shuncha yuqori bo’ladi, chunki o’simliklarning gullashi va urug’ tugishi uchun yozgi yuqori haroratlardan ko’ra bahorgi o’rtacha haroratlar ko’proq qulay bo’ladi.
Uruglik erta bahorda ekilganida uni parvarishlab borish texnologiyasi ovqatga ishlatiladigan rediska yetishtirishda qo’llaniladigan texnologiya bilan umuman bir xil. Birinchi chin barg chiqishi bilan ekin qatorlarida yagonalash ishlarini o’tqazish va qiyin ekinga oziqa berish tavsiya etiladi. Bunda gektariga 200 kg xisobidan superfosfat yoki 100 kg xisobidan ammofos, 150 kg xisobidan ammiakli selitra va 50 kg xisobidan kaliyli ug’it solinadi.
Ildizmevalar yalpi texnik yetuklik davriga yetganida ekin aprobatsiyadan o’tqaziladi-da, qiyin ildizmevalarning tovar bo’ladiganlari va shakli bilan rang-tusi jixatidan navga xos bo’lganlari ajratiladi. Ajratib olingan ildizmevalarning markaziy barglaridan 1-2 tasi qoldirilib, boshqalari kesib tashlanadi. Bajarilgan shu ish yuzasidan akt tuziladi, urug’larni bahorda tanlash tug’risidagi bu aktda o’stirilayotgan nav orasida aralashmalar yo’q qilingani ko’rsatib qo’yiladi. Dastlabki ikki yigimdan olingan eng qimmatli ildizmevalargina urug’likka qoldiriladi. Elita uchun urug’lik ildizmevalar birinchi yig’imda olinadi.
Urug’lik ildizmevalar yig’ib olingan kunining o’zida ekiladigan bo’lsa, yaxshiroq tutib oladi va urug’ xosildorligi xam yuqoriroq bo’ladi.
Ildizmevalar keyinroq ekiladigan bo’lsa, ularni teshib-teshib quyiladi polietilen qoplarga solib, salqin omborxonada saqlash kerak. Bunday sharoitlarda ildizmevalar ko’pi bilan 6-7 kun saqlanadi.
Urug’lik rediska ildizmevalari ekiladigan uchastqa oldindan tanlanib, tayyorlab quyiladi. Buning uchun Tuprogi yengil bo’lib, 2-3 yildan beri karamdoshlarga mansub ekinlar ekib qelingan uchastka tanlanadi. Uni kuzdan boshlab tayyorlab boriladi. Kuzgi shudgor maxalida yerga 20-30 t/ga dan chirigan go’ng solinadi. Bunday go’ng bo’lmasa, yerning har gektariga 300-­400 kg dan superfosfat va 60-100 kg dan kaliy xlorid beriladi. Bahorda ekish oldidan gektariga 100-150 kg dan superfosfat yoki 50-70 kg dan ammiakli selitra solinadi. So’ngra maydon boronalanadi.
Urug’lik rediskani traktor okuchnigi bilan ekish uchun egatlar olinadi. Urug’likni egatlarga havo bulut bulib turgan maxalda, shunda xam nam kutarilib chiqadigan chiziq damida turadigan qilib egatlarga ekkan ma’qul. Bunda uni tuproq, bilan zich bostirib quyiladi. Eqish sxemasi 70 x 20 sm bo’lganida uru’lar xosili xammadan ko’p bo’lib chiqadi. Ekilgan urug’lik rediska tutib olib, yer usti qismi o’sishga boshlaganidan keyin qator oralari kultivatsiya qilinib, ularga birinchi ozuqa beriladi. Keyin ekinga har safar suv berilganidan so’ng sug’orish egatlari kultivatsiya qilib boriladi. Ekin shonalashi oldidan ikkinchi marta oziqlantiriladi. Bunda yerga 70-100 kg/ga dan ammofos va 50-70 kg/ga dan kaliyli o’git solinadi.
Gullashi oldidan urug’lik rediska o’toq qilinib, qator oralari sungi marta yumshatiladi va sug’orish egatlari olinadi. Shu bilan bir vaqtda urug’lik ekinning navi tekshirib chiqiladi-da, tekshirish natijalari tegishli akt bilan rasmiylashtiriladi.
Ekin qiyg’os gullaydigan, urug’lari shakllanib, tulishib boradigan davrlarda uni tez-tez sug’orib turiladi. Havoning nisbiy namligi ortadi, bu esa, o’simliklarning yaxshi urug’lanishi va yirikroq urug’lar tugishiga yordam beradi.
Rediska urug’lari mum pishiqligi davriga kirib kelayotgan maxalda huddi turp urug’lari singari yig’ishtirib olinadi. Rediska quzoqdari chatnab, yorilmaydi, shunga ko’ra yig’im bir sira o’tqaziladi.
Urug’lik rediskani bir muncha erta muddatlarda ekib olish uchun xorijiy mamlakatlarda ularni plenkali qishki yoki bahorgi issiqxonalarda o’stiriladi. Bu usulni bizning mamlakatimizda ham bemalol qo’llash mumkin.
Urug’lik rediskani yerda o’stirish maqsadida yerga solish uchun ikki qism chirindi va bir qism chim tuproqdan iborat bo’lgan va har tonnasiga 2,5 kg superfosfat bilan 3 kg dan xaliyli ushtlar Qushilgan aloxida Tuproq tayyorlanadi. Ertangi rediska urug’lari yopiq yerlarga ildizmevalarini ochiq yerga eqish muljallanadigan maxaldan 30-35 kun, kech pishar rediska uruglari esa 50-55 kun ilgari ekiladi.
Ildizmevalar oliqlanish maydoni 5 x 5 , 5 x 6 , 6x6 sm, kunlik xarorat 18-20°S buladigan sharoitlarda ustirib boriladi. Yoppasiga tovar yetukligi davriga kirganida aprobatsiya utkaziladi. Barglarining shakli, ildizmevalarining tuzilishi, shakli va rang-tusi jixatidan navga xos bulgan, birinchi va ikkinchi yipmdan olingan kamida 2-3 sm kattalikdagi ildizmevalar urug’likka ajratiladi. Ildizmevalarni sulib qolishdan saqlash uchun ularni loy bilan mol gungini aralashtirib, suyuq butana xoliga kelgunicha suyultirilgan qorishmaga botirib olinadi. Sungra ularni yashchiqlarga joylab, qum bilan aralashtiriladi va yerga ekiladigan maxalgacha 1-2 oS xaroratda saqlanadi. Bir gektar yerga ekish uchun 55-70 ming dona ildizmeva ajratib quyiladi.
Yorug’lik yetishmaydigan yopiq yer sharoitlarida yetishtiriladigan rediska navlarining urug’lari issiqxonalarda yetishtiriladi. Qish paytida urug’lik ildizmevalar isitiladigan issiqxonalarda ustirib boriladi, keyin esa uruG’ini olish uchun ularni kuchirib, erta baxorda gshenxali issiqxonalarga ekiladi.
Rediskani qayta eqmasdan turib urug’ yetishtirish usuli urug’ ishlab chiqarishga buladigan mexnat va mablag sarg’ini ancha qamaytirishga imkon beradi. Bu usul qo’llanilganida urug’larni erta bahorda mumkin qadar barvaqt ekib olinadi. Ekin qator oralarini 70 yoqi 90 sm qilib ustirib boriladi. O’simliklarni ildizmevalar texnik yetuklikka kira boshlaydigan davrgacha o’stirib borish texnologiyasi qayta ekish usulida urug’lik yetishtirish texnologiyasi bilan taxminan bir xil. Lekin urug’larni ekish normasi bir muncha kamaytiriladi va gektariga 3-4 kg ni tashkil etadi.
Ildizmevalar qiyg’os shakllanib boradigan davrda nav tozalash ishlari bilan birgalikda aprobatsiya utkaziladi va keyin ekin yagana qilinadi. O’simliklarning ildizmevasi deyarli yarmiga qadar navlar ochiladi va ildizmevasining yuqori qismiga qarab ranggi, mayda-yirikligi xamda shakli jixatidan to’g’ri kelmaydiganlari yaroqsizga chiqariladi. Ildizmeva tugmasdan gulpoya chiqargan va rivojlanmay qolgan o’simliklar ham olib tashlanadi. Birinchi yaganadan keyin qatorning xar bir pogon metrida kamida 5-7 tup o’simlik qoldiriladi. Bu ish bajarilganidan keyin nav tozalash o’tqazilgani to’g’risida akt tuziladi.
Birinchi nav tozalash ishidan keyin qator oralari kultivatsiya qilinib, ekin oziqlantiriladi, bunda yerga gektariga 70-80 kg dan ammofos va 100-120 kg dan amiakli selitra solinadi va ekinga suv beriladi. Keyin urug’lik o’simliklarga xuddi qayta ekib urug’ yetishtirish maxalidagidek parvarish qilib boriladi.
Ekin gulga kirishi oldidan navi tekshirib chiqiladi va yetishtirshtayotgan navdan keskin g’arq; qiladigan, kasalliklar bilan zararlangan xamma usimliklar olib tashlanadi. Yig’im oldidan desikatsiya o’tkaziladi.
O’simliklar qalinligi katta - gektariga 90-100 ming Tup bulsa, ular ko’p shoxlab ketmaydi va uruglari ancha bir tekis yetilib boradi. Shu narsa urug’larni qayta ekib o’stirilayotgan ekinlardagiga Qaraganda bir-ikki xafta ilgari tug’ridan-tug’ri kombaynlar bilan yig’ishtirib olishga imkon beradi.
Rediska urug’lariga yig’imdan keyin beriladigan ishlov, ular qanday usul bilan yetishtirilganidan qat’iy nazar, turi urug’lari xususida bajariladigan ishlar bilan bir xil.
Rediska urug’lari xosildorligi ekinni qayta ekib urug’ yetishtirishda gektariga o’rtacha 0,8-1,0 t va qayta ekmasdan turib urug’ yetishtirishda 1,0­1,2t. kerak bo’ladi



Download 12,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish