To‘rtinchidan, XX asr oxirlarida sobiq Sovet tuzuminingmilliy masalabo‘yicha olib borgan siyosatidagi xatolar, milliy manfaatlar borasidagi nohaqliklar oqibatida yuzaga kelgan parokandalik, turli Respublikalar singari mamlakatimizda ham sodir bo‘layotgan edi. Lekin, O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumatrahbariyati olib borgan oqilona siyosat oqibatida tog‘li Qorabog‘, Gruziya singarihududlarda sodir bo‘lgan voqealar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tmadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular esa birgalikda O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida borayotgan ekanmiz, millatlar orasida totuvlikni maqsadli yo‘lga qo‘yishimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |