Millatlararo totuvilik - umumbashariy qadriyat. Yer yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo‘g‘i 200 ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o‘rganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur.
Jahon tajribasi millatlararo totuvlikni ta’minlashga bir yoklama, yuzaki yondashuv jiddiy muammolar keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan (titul) millat bilan o‘sha joyda yashaydigan boshqa millat va elat vakillari orasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin. Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim. O‘zbekiston hududida kadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalkimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi. Millatlararo munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kel-gan mamlakatlarda ko‘p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tash¬kil etadi»,– deb ta’kidlanishi, «Fuqarolar saylov huquqdarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda esa barcha fuqarolarga ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiyva milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqining berilishi belgilab qo‘yilganligi ana shu bag‘rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir.
«O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Konstitutsiyamizda bel¬gilab qo‘yilgan ushbu qoida ham hayotda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Respublikamizda milliy-madaniy ehtiyojlarni qondirishning muhim mexanizmiga aylangan 120 ga yaqin milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatayotgani fikrimizning dalilidir. Bundan buyon ham qo‘lga kiritilgan yutuklarni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Jamiyatda millatlararo totuvlik barqaror bo‘lishini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlar ma’naviy-ruhiy jarayonlarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu jarayonga xos xususiyatlarga to‘xtalishdan oldin metodologik ahamiyatga ega bir masalaga diqqatni qaratish lozim. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarida ham, ilmiy adabiyotlarda ham boshqa mamlakatlarda yashovchi turli millat va elat vakillarining o‘z milliy davlatlariga bo‘lgan munosabatlarini ifodalash uchun aksariyat hollarda «etnik vatan» yoki «tarixiy va¬tan» tushunchalari ishlatib kelinmoqda. Bu tushunchalarning to‘g‘riligini inkor etmagan holda, ularni o‘rinsiz qo‘llash hollari ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Masalan, yurtimizda istiqomat qiluvchi tojiklar uchun Tojikiston, qirgizlar uchun Qirgiziston, qozoqlar uchun Qozog‘iston, turkmanlar uchun Turkmaniston hech qachon etnik yoki tarixiy Vatan bo‘la olmaydi. Bizningcha, «etnik vatan» va «ta¬rixiy Vatan» tushunchalari deyarli bir xil mazmunga ega bo‘lib, xalqning tarixan et¬nik birlik sifatida shakllangan hududini anglatadi. Nomlari zikr qilingan millatlarning bir qismi esa tarixan hozirgi O‘zbekiston hududida yashab kelgan va bugungi kunda qo‘shni davlatlarga nom berib siyosiy jihatdan uyushgan qismi bi-lan bog‘liq holda yagona etnos sifatida rivoj topgan. Demak, ular tarixan shu hududda yashab, etnosning bir kismi si¬fatida shakllanganlar. Shunday ekan, yuqoridagiga o‘xshash kabi holatlarni ifodalash uchun «etnosiyosiy vatan» tushunchasini ishlatish o‘rinlidir. Zero, diaspora vakillarining u yoki bu mamlakatga bo‘lgan kiziqish va intilishlari ushbu hududda etnosning katta yoki asosiy qismi yashayotgani bilan emas, balki ularning muayyan davlat birligiga uyushgani bilan belgilanadi. Kishilarning etnik (tarixiy) Vataniga intilishlari ham aksariyat hollar¬da aynan milliy davlatchilikning mavjudligi va shundan kelib chiqadigan imkoniyatlarning kengligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik(tarixiy) Vatani qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, fuqarolarimizda «O‘zbekiston – yagona Vatan» degan tuyg‘u qaror topganini bugungi kunda kechayotgan ma’naviy-ruhiy jarayonlarning asosiy xususiyati sifatida qayd etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |