2003 yilda Jenevada Okinava xartiyasining davomi sifatidaAxborotlashgan jamiyat prinsiplari Deklaratsiyasi qabul qilindi. Ungako‘ra elektron hukumatga – AKTlar tizimini joriy etish orqali ommabilan interaktiv muloqot o‘rnatish imkoniyatini beruvchi davlatboshqaruvini yangi ko‘rinishi deb ta’rif berildi.
Bundan tashqari, 2003 yilda BMTning davlat boshqaruvida e-hukumatnijoriy etilganlik darajasini monitoring qilib boruvchi (TheUnited Nations E-Government Readiness Knowledge Base) UNKB dasturiishlab chiqilib, ushbu tadbir hozirgi kunda tashkilotga a’zo 192 mamlakatdaamalga oshirilib kelmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham mazkur Dastur talablari amalga oshirilmoqda.
Dasturga ko‘ra e-hukumatni joriyetilganlik darajasi hokimiyat veb sahifalari, telekommunikatsioninfratuzilma va bu resurslardan fuqarolarning erkin foydalana olishimkoniyatiga qarab baholanadi. Shuningdek, bu dasturda e-hukumattizimini endigina barpo etayotgan davlatlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamnazarda tutilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda e-hukumat tizimiamalda joriy etilgan aksariyat davlatlarda fuqarolar onlayn rejimda daromadsoliqlarini to‘lashlari, shaxsiy hujjatlarni, avtomobillarni, nikoh vabola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni, qurilish uchun ruxsat beruvchiva boshqa shu turdagi hujjatlarni rasmiylashtirishlari mumkin.Shuningdek, dunyoning istalgan nuqtasidan turib o‘zlari uchun zarur barchaboshqa ijtimoiy ma’lumotlarni internet sahifalari orqali sanoqlidaqiqalarda olish yoki vakolatli davlat organiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatqilish imkoniyatlariga ega .
O‘zbekiston Respublikasida ham elektron hukumatni yanada takomillashtirish maqsadida“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, elektron raqamliimzo shaxsiy imzoga tenglashtirildi va u bilan bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ldi. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun esa elektronhujjatning huquqiy kuchga ega ekanini belgilab berdi. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun elektron tijoratni huquqiy tartibga solishimkoniyatini yaratdi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyulda «Axborotkommunikatsiyatexnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimchachora-tadbirlar to‘g‘risida» Qarori e’lon qilindi va unga muvofiq 2010yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarifaoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash dasturiishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Shuningdek, 2015 yilning 9-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi Qonunining qabul qilinishi mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ahamiyatini yanada oshirildi.
Davlat boshqaruvi tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarining tahlili va bu borada xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, texnologiyalarning ushbu turi boshqaruvda joriyetilishi munosabati bilan ayrim ijtimoiy xavf-xatarlar kelib chiqmoqda. Bu borada xavf-xatarlar quyidagi omillarda namoyon bo‘lishi mumkin:
− axborot tarmoqlari orqali maxfiy ma’lumotlarning chiqibketishi;
−davlat organlari axborot tizimlari faoliyati barqarorligiga kompyuter viruslari orqali shikast yetkazish ehtimoli;
−davlat boshqaruv organlari axborot tizimidagi mavjud ma’lumotlardan terroristik guruhlarning foydalanishi oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar ko‘lamining ortish ehtimoli.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, davlat boshqaruvida AKTniqo‘llash xavf-xatarlardan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishi aniq. Kelibchiqishi mumkin bo‘lgan xavflarni esa ma’lum chora-tadbirlar yordamida oldini olish yoki kamaytirish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, davlat boshqaruvidaAKTni qo‘llash jamiyatni boshqarish, fuqarolarga ijtimoiy davlatxizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqadi.
Davlat boshqaruvida qo‘llanadigan texnologik innovatsiyalar davlat hamdafuqarolik jamiyati manfaatlari yo‘lida maqsad va vazifalarini eng qulay,samarali amalga oshirishda ketma-ket qo‘llash uchun mo‘ljallanganfaoliyatning usul, vosita, chora-tadbirlari yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.Ulardan to‘g‘ri va maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanish boshqaruvdasamaradorlikni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo‘lishi mumkin.Bugungi kunda tobora rivojlanib, murakkab tus olib borayotgansiyosiy jarayonlarni samarali boshqarishda zamonaviy texnologik innovatsiyalarning roli ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |