Termiz – 2020 mund а r I j а


Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 480,36 Kb.
bet29/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

O‘tgan davr mobaynida ushbu sohada amalga oshirilgan asosiy islohotlarga to‘xtalib o‘tsak. Mamlakatimizda har yili aholi band­ligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rildi.

Jumladan, xususiy bandlik agentligi tashkil etildi. Bu agentlik ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etildi. Unga ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoring­ni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

Aholi, avvalo yoshlar band­ligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash borasida mehnat organlarining mas’uliyati oshirildi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga yangi ish o‘rinlari tashkil etgan hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kiruvchi shaxslarni, avvalo kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, imkoniyati cheklangan shaxslar, sobiq harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirgan ish beruvchilarga nisbatan belgilangan tartibda ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqi berildi.

Qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etildi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etildi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida tibbiyot sohasini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sohaga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan keng turdagi tibbiyot xizmatlarini sifat jihatidan yuksaltirish va yanada to‘ldirishga xizmat qiladigan muhim tarkibiy qism sifatida qaralmoqda. Buning natijasida tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan soha faoliyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.


Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish