Issiq pollar afzalliklari:
biror-bir maxsus qurilma talab etilmaydi;
buzilib qolsa, butun tizimni emas, bir qismini ta’mirlash imkoniyati;
radiatorlar yo‘qligi;
haroratni sozlash;
uzoq muddatli xizmat;
xonada turish qulayligi.
Kamchiliklari:
polni 6-10 sm.ga ko‘tarish zarurligi;
pol va mebel qoplamasi tabiiy materialdan bo‘lishi lozim, chunki, aks holda, qiziganda zararli moddalar tarqalishi mumkin;
hamma polusti qoplamalari ham issiq pol uchun mos kelavermaydi.
Montaj uchun quyidagilar kerak:
penopolistirol plitalari (penoplast);
suv isitish quvurlari;
zich polietilen;
dempfer tasma;
armaturali to‘r;
keng qalpoqli samorezlar;
plastik xomutlar;
gofrli quvur.
Do'stlaringiz bilan baham: |