AMALIYOTCHI TALABAGA
TAVSIFNOMA
Termez Davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi 204-guruh talabasi Husanov Jamshidbekga Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabining 07.02.2022dan 05.03.2022gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha
Tavsifnoma
Husanov Jamshidbek Sayidali o’g’li malakaviy amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashda matematika va informatika fani o’qituvchisi E.Shuhratga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.
O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib ,o’zi ham mustaqil tarzda darslar o`tdi, ochiq dars o`tkazdi, tadbir o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi.
Kelajakda Husanov Jamshidbek malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.
Maktab direktori: SH.To`rayev _______
Amaliyot rahbari: E.Cho`tboyev _______
TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA`LIM YO’NALISHI II BOSQICH 204-GURUH TALABASI HUSANOV JAMSHIDBEKNING 2021-2022 O’QUV YILIDA
SURXONDARYO VILOPYATI BOYSUN TUMANIDAGI 36-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABIDA O’TKAZGAN
MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI
HUJJATLARI
Boysun -2022
AMALIYOT DAVRI
OYLIK HISOBOT
“ Tasdiqlayman”:
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Xalq ta’limiga qarashli
36-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktab direktori :
________B.Xoliqova
Termez Davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi 204-guruh talabasi Husanov Jamshidbekning malakaviy amaliyot davri
Hisoboti
Men Husanov Jamshidbek 07.02.2022dan 05.03.2022gacha Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyotim davrida matematika va informatika o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Matematika va informatika o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan sinf soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: H.Jamshidbek __________
Amaliyot rahbari: E.Shuhrat ____________ 5.03.2022
Do'stlaringiz bilan baham: |