Terining virusli kasalliklari virusli dermatozlar



Download 39,66 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2022
Hajmi39,66 Kb.
#673355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Terining virusli infeksiyalari

K l i n i k a s i. O‘tkir uchli kandiloma ko‘pincha bemorning jinsiy a'zolari atrofida, olat kertmagida, anus sohasida, qo‘ltiqda, ayollarning jinsiy uyatli lablari va qin qirrasida, ko‘krak bezi ostida uchraydi. Ayrim vaqtlari siydik kanalining old sohasi shilliq qavatida ham kuza- tiladi. Dastlab shu sohalarda uncha qattiq bo‘lmagan mayda pushti tugunchalar paydo bo‘ladi, ular qo‘shilib, gulka- ramni yoki xo‘roz tojisini eslatuvchi yumshoq so‘rg‘ich- simon o‘sma hosil qiladi.
O‘tkir uchli kandilomaning ba'zi elementlari ingichka bitta asosga (oyoqqa) jamlangan bo‘lib, yuzasi namlanib turuvchi kepaklar bilan qoplanadi va undan qo‘lansa hid kelib turadi. Ishqalanish natijasida achishib, qichishib turadi, yara chaqalanib eroziyalanadi. Eroziyalanib yara chaqalangan o‘smalar biroz qonsirab turadi. O‘smalarni tirnab ko‘rilsa, quyuq massali ajralma chiqadi.


Tashxisi. O‘tkir uchli kandilomaga diagnoz qo‘- yish uncha qiyin emas. Asosan, zaxmdagi serbar kandi- lomalarga taqqoslanadi. Zaxmdagi kandilomalar tek- shirilganda ko‘plab oqish treponemalar topiladi hamda serologik reaksiyalarning barchasi musbat bo‘ladi. Kamdan kam hollarda bir bemorning o‘zida ham serbar, ham o‘tkir uchli kandilomalar bo‘lishi mumkin.
D a v o s i. O‘tkir uchli kandilomalar asosan kuydiri- ladi. Diatermokoagulatsiya, krioterapiya, elektroinosiziya qo‘llaniladi. Haliy permanganatning o‘tkir eritmasi, uch xlor sirka kislotasi, podofillinning 20 % li spirtdagi erit- masi, ferezol kabi kuchli eritmalar bilan kuydiriladi. Re- zorsinning talk bilan 1:1 aralashmasi, kolxamin malhami buyuriladi. «SolkodermG suyuqligi o‘choqlarni destruksiya va mumifikatsiya qiladi. Uni 2—4 seans, 4—5 kun oralatib ishlatish buyuriladi. O‘tkir uchli kandilomalar kam bo‘lsa, o‘tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olib tashlanadi.


So‘gallar
So‘gallar terida paydo bo‘ladigan yuqumli xavfsiz o‘s malar. Aksariyat bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan. Popova turkumiga mansub filtrlanuvchi viruslar qo‘zg‘a- tadi. Qo‘zg‘atuvchisining xususiyatlariga qarab akantomatoz, papillomatoz va kiritma (vakuola) hosil qiluvchi shtam- malari bor. 0o‘gallar kattaligi bir necha millimetrdan 1— 2 sm cha keladigan epidermal o‘smalar. Kasallik yuqumli bo‘lib, sog‘lom odamga bemordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulo- qotda bo‘lganda yoki bemorning ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqishi mumkin.
Odam terisidagi yara-chaqalar, tirnalishlar, ishqalanishlar, suv-lipid almashinuvining buzilishi so‘gal toshishiga moyil qilib qo‘yadigan omillardandir. Barcha yuqumli kasalliklarda kuzatilgandek so‘galda ham inkubatsion (bir necha haftadan 2—3 oygacha), prodromal, toshmalar chiqishi, susayish va tuzalish kabi davrlari farqlanadi. So‘gallar joylashishi, qo‘zg‘atuvchisi va ko‘rinishiga qa- rab turlicha bo‘ladi: oddiy so‘gallar, o‘smirlar yassi so‘- gallari, oyoq kafti so‘gallari, keksalar so‘gallari. Oddiy so‘gallar yallig‘lanishga aloqasi yo‘q tuguncha- lar ko‘rinishida bo‘lib, kattaligi tariq, ko‘pi bilan no‘xat donidek keladi, zich, yarimsharsimon yoki yassi shaklli, normal teri rangida yoki qoraroq bo‘ladi. Ularning yuzi giperkeratoz tufayli notekis. Ko‘proq qo‘l panjasining orqa yuzasi, kaft, yuz va badanning boshqa joylarida uchraydi. Ular odatda og‘rimaydi, lekin tirnoq bolishlaridagisi ish- qalanish tufayli og‘rib turishi mumkin.

Download 39,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish