Teri va uning hosilalari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana29.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#79282
1   2
Bog'liq
Тери унинг хосилалари маьруза матни

tushib turuvchi qavatini hosil qiladi. Muguz tangachalarining tushib ketishi jarayonida 

keratinosomalar muhim rol’ o’ynaydi. Ular hujayralardan chiqib, hujayralararo bo’shliqda 

to’planadi. Buning natijasida desmosomalarning erishi (lizisi) va muguz tangachalarining bir-

biridan ajrashi kuzatiladi. Muguz qava-tining ahamiyati shundaki, u o’zidan issiqlikni yomon 

o’tkazadi va katta elastikli xususiyatiga ega.Kaft va tovon terisiga nisbatan terining boshqa 

joylarida epidermis ancha yupqa bo’ladi. Masalan, boshning sochli qismida uning qalinligi 170 

mkm dan oshmaydi. Bu erda yaltiroq qavat yo’q, muguz qavat esa faqat 2-3 qavat muguzlangan 

hujayralar-dan - tangachalardan iborat. Terining ko’pchilik qismida epider-mis asosan o’suvchi, 

donador va muguz qavatlardan tashkil topgan. Har bir qavat o’z navbatida kaft va tovon terisi 

epidermisi-ning tegishli qavatiga nisbatan ancha yupqa bo’ladi. Ba’zi tashqi va ichki omillar 

ta’sirida, masalan, kuchli mexanik ta’sirlar-da, A vitamin etishmaganda va gidrokortizon ta’sirida 

muguz-lanish jarayoni kuchayadi.Derma yoki xususiy teri o’z navbatida bir-biridan aniq ajralma-

gan qavatlar: so’rg’ichli qavatlar (stratum papillare) va zich yokn to’r qavat (stratum compactum 

seu reticulare) lapra*bo’linady.So’rg’ichli qavat bevosita epidermis ostida joylashib, siy-rak 

tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil top-gan. SHu biriktiruvchi to’qima 

epidermisga botib kirib, so’rg’ich-lar hosil qiladi. So’rg’ichlar shakli va kattaligi terining tur-li 

zonalarida har xil bo’ladi.Kaftda va tovonda bu so’rg’ichlar yaxshi rivojlangan. Epidermis yupqa 

bo’lgan joylarda esa so’r-g’ichlar ancha kalta bo’ladi. YUz terisida so’rg’ichlar sust rivoj-lanib, 

yosh ulg’ayishi bilan yo’qolib ketishi ham mumkin. Teri-ning so’rg’ichli qavati barmoqlar terisi 

sathida har bir shaxsga xos bo’lgan individual ko’rinishlarni belgilab beradi. Terining bu 

ko’rinishi har bir odamning o’ziga xos bo’lganligidan sud me-ditcinasida va kriminalistika 

amaliyotida barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashda - daktiloskopiyada keng 

qo’llaniladi.So’rg’ichli qavat to’qimasida kollagen, elastik va retikulin tolalar bilan birga 

fibroblast, makrofag, melanofor, plazma-tik va semiz hujayralar mavjuddir. Bu erda mushak 

hujayra-larining alohida tutamlari uchraydi. Bu mushaklarning ayrim-lari sochni tiklovchi 

mushak bo’lib, ular soch ildizi bilan uzviy bog’liqdir. Dermaning so’rg’ich qavatida qon, limfa 

tomirlari, nerv tolalari va erkin, hamda kapsulali nerv oxirlari ko’p uch-raydi. So’rg’ichli qavat 

qon tomirlari hisobiga terining epider-mis qismi oziqlanadi.So’rg’ichli qavatda o’simtalari ko’p, 

tcitoplazmasida va o’sim-talarida melanin pigmentini tutuvchi melanofor hujayralar joylashadi. 

Melanofor hujayralar epidermis melanotcitidan farqlanib, DOFA-oksidaza reaktciyasini 

bermaydi va melaninni sintez qilmaydi. Melanoforga pigment epidermis melanotcitla-ridan 

kiradi deb taxmin qilinadi. Melanofor hujayralar te-rining ayrim joylarida, ayniqsa, anal teshik, 

sut bezi so’rg’ich-lari atrofida ko’p bo’ladi. 



Dermaning to’r qavati zich tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, elastik 

tolalar va dag’al kollagen tolalari tutamlaridan iborat. Bu kollagen tolalar tutamlari teri sathiga 

parallel hamda qiyshiq yo’nalib, o’zaro chigallar hosil qiladi. Retikulin tolalar faqatgina qon 

tomirlar va ter bezlari atrofidagina joylashadi. To’r qavatda hujayra elementlaridan asosan 

fibroblastlar bo’lib, qon tomirlari so-halaridagina makrofaglar limfotcitlar va leykotcitlar joyla-

shadi. To’r qavatda soch ildizlari, yog’ bezlari, teri osti yog’ qat-lami bilan chegaradosh qismida 

esa ter bezlari joylashadi. Te-rining to’r qavati juda pishiq bo’lgani uchun hayvonlar terisi-dan 

turli xil anjomlar va kiyim-kechaklar ishlanadi.Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki 

qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus adiposum) vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ 

kletchatkasi yog’ hujayralari to’dalaridan iborat bo’lib, ular derma to’r qavatidan davom etgan 

va teri fastciyasini ho-sil qiluvchi kollagen tolalarning yirik tutamlari bilan o’raladi. YOg’ 

hujayralari to’dalari orasidagi biriktiruvchi to’qimada ko’plab qon tomirlar, nerv tolalari va erkin 

hamda kapsulali nerv oxirla-ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater - Pachini tanachalari) joy-

lashadi. YOg’ kletchatkasi terining hamma joylarida bir xil bo’lmay-di. Ayrim joylarda (yag’rin, 

qorin terilarida) bu qavatning qalinligi bir necha santimetrga etadi. Terining yog’ kletchatkasi 

yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti yog’ kletchatkasi organizm 

uchun yog’ deposi hisoblanib, tana haroratini mo’’tadil tu-tib turishda ham ishtirok etadi.Teri 

pigmenti melaninlar turkumiga mansub bo’lib (lat. melas - qora), deyarli hamma odamlarda 

bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga 

bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq). 

Melanin melanotcit hujay-ralarida tirozin aminokislotasining tirozinaza va DOFA-ok-sidaza 

fermentlari ta’sirida oksidlanish natijasida hosil bo’ladi. Melanin ul’trabinafsha nurlarini juda 

kuchli yutish xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli 

ta’siridan saqlaydi. Pigment teri yuzasi-king hamma joyida ham bir xil taqsimlanmagan: yuz, 

bo’yin, or-qa terilarida pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi.Tashqi 

va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz faslida 

oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi. 

Homilador ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi 

jinsiy a’zolar sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari 

faoliyatiga, ul’trabinafsha va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP va 

ayniq-sa vitamin S) ta’siriga bog’lik. 

TER BEZLARI 

Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi 

bilan uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi.Taraqqiyoti. Ter 

bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval epidermis 

qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima tomon botib 

kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti yog’ klet-

chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; epitelial 

tasmaning yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining oxi-rida 

epitelial tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo bo’ladi. 

Ter bezlari inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi. 



Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning 

soni 3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari 

terining barcha qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, 

tovonda, qo’ltiq osti chuqurchasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da 

terining 1 sm

2

 sathida 300 ga yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter 



bezlarining zichligi (1 mm

sathdagi soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 



barobar ko’p bo’ladi. Ter bezlarining sekreti 98 % suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq 

modda organik va noorganik modda-lardan tashkil topgan. Ter bezining oxirgi sekretor 

bo’limlari koptoksimon buralgan bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida joy-lashadi. (150-rasm). 

Ter chiqaruv naychalari derma va epidermis-dan o’tib, teri yuzasida teshikchalar hosil qiladi. 

Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-teliydan iborat 

bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment kiritmalarini 

tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish hujayralar 

suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-

jayralari tagida, bazal membranada, mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. 

Mioepitelial hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar 

tcitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi 

sekretor hujayralar-dan sekretning ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan 

chiqaruv naylari boshlanadi. Bu naylar ikki qavatlikubsimon epiteliydan iborat bo’lib, 

hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari epidermisdan egri-bugri bo’lib 

o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar bilan qoplangan. Ter bezlari 

hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va a p o-krin bezlarga ajratiladi. Ter 

bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari terining ayrim 

joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, peshanada, sut bezlari so’rg’ichi 

atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito-

plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil 

moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor 

bo’limlari anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. 

Apokrin bezlar faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va 

homiladorlik davrlarida bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi.YOg’ bezlari (gld 

sedaceae). 

YOG


 

bezlari kaft va tovondan tash-qari terining barcha qismlarida bo’ladi. Labning 



qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar sox

4

a-sida, ko’krak bezi 



so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga ochiladi. Terining 

boshqa sohala-rida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch voronkasiga ochiladi 

va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 20 g ga yaqin teri 

yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi. 

YOG



 



bezlari turlicha 

kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), ko’krakda (to’sh 

sohasi), or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’ bezlari terining yuqori 

qatlami dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. Tuzilishiga ko’ra yog’ 

bezlari oddiy tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya tipiga ko’ra golokrin 

bez hisoblanadi. 




YOG

 



bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik biriktiruvchi 

to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha ba-land 

bo’lmagan muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar qavatidan 

so’ng yirik, tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qa-vati bez 

al’veolasining ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng ichki 

hujayralari yog’ bi-lan to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu hujayralar 

yoriladi va hujayra mahsuloti - yog’ soch voron-kasiga quyiladi. Bazal membranada joylashgan 

kambial hujay-ralar hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi. 

YOG



 



bezining 

chiqaruv nayi kalta bo’lib, devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi ko’p 

qavatli yassi epite-liy bilan koplangan.Terining oziqlanishi. Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar 

hosil qiladi. YUza va chuqur arterial chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar 

farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial to’r arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi 

yog’ bo’laklarini o’ragan biriktiruvchi to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim 

tarmoqlar derma-ning quyi sohalarida gorizontal yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu 

chuqur tomirlar to’ri ter bezlarini, teri osti yog’ qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. 

Asosiy arteriyadan tarmoqlangan boshqa tomirlar terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu 

tomirlar derma orqali o’tib, yog’ bezlarini va soch follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar 

beradi. Terining so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza 

yoki so’rg’ich osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya chigallaridan har bir so’rg’ichga 

kapillyarlar tarqaladi. Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri 

derma so’rg’ichlari ostida, ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar 

to’riyog’ osti kletchatkasida joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz 

tomirlar teri so’rg’ichlarida ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qanchanozik venalardan hosil 

bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari burchak hosil qilib egilib, 

derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va oyoq barmoqlari uchida, 

tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular issiqlik almashinuviga 

bevosita aloqadordirlar.Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa 

sinuslaridan tarqalgan limfa tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. 

Terida chuqur joylashgan limfa tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ 

kletchatkasiga botib kiradi. Bu tomirlar o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal ho-sil 

qiladi.Terining innervatciyasi. Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor 

maydon hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-

ridan iborat. Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan 

ta’minlanadi. Teri nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan 

asosiy nerv chigallaridan boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter 

bezlarini, soch piyozchalarini va teri tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning 

pastki qismida hosil bo’lgan nerv chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi. 

Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. 

Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv 

o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal 

qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi. 

Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari 

plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), 




Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va jinsiy tanachalardan iborat.Og’riq sezgisi 

epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning 

so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich 

qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar 

(Merkel’ disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri osti 

yog’ kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli 

barmoqchalar (Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze 

kolbalari orqali qabul qilinadi.Teri regeneratciyasi. Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-

dermis yuqorida aytib o’tilganidek, o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma 

shikastlanganda jarohat o’rni bi-riktiruvchi to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi-luvchi 

hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima - 

granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil 

qilayotgan hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi. 

So’ngra epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi 

ko’rinishga ega bo’ladi. 

SOCHLAR 


Sochlar (pili) terining hosilasi bo’lib, badanning deyarli 95% yuzasida uchraydi. Odatda 

badanning sochlari zich joylash-.gan qismi boshning sochli yuzasi hisoblanib, bu erda ularning 

umumiy soni 100000 ga etadi. Kaft va tovonda, labning pushti qismida, jinsiy olat boshchasi, 

katta va kichik uyatli lablar yuzasida sochlar bo’lmaydi. Uzun (bosh sochi, mo’ylov, soqol, ham-

da qovuq, qo’ltiq osti va chov sohasidagi sochlar), qattiq yoki mo’ysimon (qosh, kiprik, burun 

teshiklari va tashqi eshituv yo’l-larida joylashgan sochlar) hamda mayin (badanning ko’pgina 

yuzasini qoplovchi sochlar - tuklar) sochlar tafovut qilinadi.Sochning taraqqiyoti. Soch embrion 

taraqqiyotining 3-oyidan boshlab epidermisdan taraqqiy etadi. Epidermisdan bazal hu-jayralari 

ko’payib, epiteliy tizimchalar holida mezenxima to-mon botib kiradi. Epitelial tizimchalarning 

oxiri esa yo’g’on-lashib, bo’lajak soch piyozchasining asosini hosil qiladi. Mezen-xima shu 

tizimchaning tag qismidan o’sib kirib soch so’rg’ichini hosil qiladi. So’ngra epitelial 

tizimchalarning ichki hujayra-lari muguzlanib emiriladi-da, ularning o’rnida markaziy ka-nalcha 

hosil bo’ladi. Soch piyozchasining uch qismidan o’sib chiqqan soch konusi epitelial tizimchaning 

markaziy kanali tomon yo’na-lib, teri tashqarisiga teshib chiqadi. SHu soch konusi hisobiga 

sochning o’qi va ichki epitelial qini yuzaga keladi. Epitelial tizimchalarning qolgan qismi sochning 

tashqi epitelial qinini, atrof mezenxima esa soch xaltasini hosil qilaDi. 

SOCHNING TUZILISHI 

Soch 2 qismdan: teridan chiqib turgan s o ch o’ qi va terida joylashgan soch ildizidan iborat. 

Soch o’qi soch voronkasi-dan chiqib, teri ustida yotadi. Soch voronkasiga yog’ bezlari o’z 

mahsulotini chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog’ kletchatkasi 

chegarasiga qadar davom etadi va u erda soch piyozchasi bilan tugaydi (152-rasm). YAxshi 

rivojlangan sochlar ildizida sochning kutikulasi, po’stloq va mag’iz qismlari tafovut qilinadi.Soch 

kutikulasi soch ildizining pastki va yuqori qismlarida bir xil tuzilishga ega emas. Soch so’g’oni - 

piyozchasi sohasining .kutikulasi bo’ychan (tcilindrsimon) x,ujayralardan iborat. Il- 




dizning yuqori tomoniga siljigan sari bu hujay-ralar qiyshayib, yassila-nadi va muguzlanadi. Mu-

guzlangan epiteliy hujay-ralari yupqalashib bir-bi-rining ustiga yotadi.Sochning po’stlok, modda-



si (cortex pili) soch yo’nali-shi bo’yicha cho’zilgan bir necha qator yassi, muguzlan-gan 

hujayralardan iborat. Faqat soch piyozchasi soha-sida bu hujayralar tcito-plazmasida tonofibril-

lalar bo’ladi. Po’stloq qismi hujayralarida soch rangini belgilovchi pig-ment melanin donachalari 

joylashadi. Muguzlangan po’stloq hujayralarida yad-ro qoldiqlari, pigment va havo pufakchalari 

hamda qattiq keratin donachalari bo’ladi. Qattiq keratin suv, kislota va ishqorlarda yomon 

eriydi, uning tarki-bida oltingugurt tutuvchi tcistin aminokislotasi ju-da ham ko’p bo’ladi. Po’st-

loq qavat hujayralarida muguzlanish jarayoni ora-liq bosqichlarsiz tezamal-ga oshadi, ya’ni 

hujay-ralarda keratogialin va eleidin to’planmaydi. Po’st-loq modda qanchalik yaxshi rivojlangan 

bo’lsa, soch shuncha pishiq va elastik bo’ladi.Sochning mag’iz moddasi (medulla pili) mayin 

sochlarda bo’l-may, uzun va qattiq sochlarda bir necha qator yirik, poligonal hujayralardan 

iborat bo’ladi. Bu hujayralar «tangachalar us-tuni» ni hosil qilib joylashadi. Hujayralar 

tcitoplazmasida atcidofil trixogialin moddasi, mayda havo pufakchalari, oz miqdorda pigment 

donachalari bo’ladi. Soch ildizining quyi 2/3 qismida mag’iz modda hujayralarining yadrosi 

zichlashadi va hujayra anchagina muguzlanib qoladi. Ildizning yuqori qismi-da esa soch 

mag’izining hujayralari butunlay muguzlangan bo’-ladi.Soch ildizi teri sathiga nisbatan qiyshiq 

yo’naladi va s o ch piyozchasini (bulbus pili) hosil qiladi. Soch piyozchasiga tagidan botib 

;

 kirgan 


soch so’rg’ichi (papilla pili) siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu to’qi-

ma qon tomirlar va nerv oxirlariga boy. So’rg’ich hisobiga soch oziqlanadi. So’rg’ichni qoplab 

turgan soch piyozchasining epiteliy-si kambial hujayralar hisoblanib, ular hisobiga soch o’sadi. 

Soch so’rg’ichining ustida joylashgan hujayralar sochning mag’iz va po’stloq moddasini, eng 

pastki qismlarini qoplagan kambial hujayralar esa soch kutikulasini va soch ichki epitelial qinini 

hosil qiladi. Soch piyozchasi hujayralari soch so’rg’ichidan, ya’ni oziqlantiruvchi manbadan 

uzoqlashgan sari muguzlanish protces-siga uchraydi. SHuning natijasida hujayralar cho’zinchoq 

muguz tanachalarga aylanib boradi. Muguzlanish jarayoni sochning po’stloq va kutikula qismida 

jadal ketadi. Soch rangi sochning po’stloq qismini hosil qiluvchi hujayralardagi pigment 

moddasining miqdoriga bog’liq. Pigment donachalari soch ildi-zining yuqori qismidagi 

hujayralarda ham saqlanadi. Sochning oqarishi pigment hosil bo’lishining susayishi va shuning 

bilan bir qatorda soch ildizining muguz tangachalarida havo pufakcha-larining ko’payib ketishi 

natijasida ro’y beradi.Soch ildizi soch qopchasi yoki follikulasida jonlashadi. U tashqaridan 

biriktiruvchi to’qimali dermal qin - soch xaltasi bilan o’ralgan. Soch follikulasi o’z navbatida ichki 

va tashqi epitelial qinlarga bo’linadi (152, 152-rasm). Soch ildizining ichki epitelial qini ( vagina 

epithelialis radicularis ixterna ) soch piyozchasining hosilasi bo’lib, yuqorida yog’ bezlarining 

chiqaruv naylari sohasida yo’qolib ketadi. Soch ildizining pastki qism-.larida soch piyozchasiga 

qo’shilib ketadi.Ichki epitelial qin 3 qavatdan: 1) bir qavat muguzlangan epiteliydan iborat soch 

kutikulasidan: 2) 2-3 qator, qisman muguzlangan hujayralardan tashkil topgan Geksli qavatidan; 

3) bir qator muguzlangan, yadrosiz hujayralardan iborat Genle qavatidan tarkib topgan (153-

rasm). Soch ildizining o’rta va yuqori qismlarida bu uchta qavat qo’shilib ketadi va faqatgina 

yumshoq keratin tutgan, butunlay muguzlangan hujayralardan iborat bo’ladi.Soch ildizining 

tashqi epitelial qini ( vagina epithelialis radicularis ixterna) epidermis Mal’pigi qavatining 

davomi hi-soblanib, piyozchasiga davom etadi. 




Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqa-lashib boradi va faqat bazal 

qavatdan iborat bo’ladi. Soch xaltasi ( vagina dermalis radicularis ) biriktiruvchi to’qimadan 

iborat bo’lib, unda ikki: ichki - aylana va tashqi - uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar qavatlarini 

ajratish mumkin. YUqo-rida bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiy-shiq 

yo’nalgan bo’ladi. Sochlar o’zining xususiy mushagi sochni ko’-taruvchi mushak (m. arrector pili) 

ka ega. U soqolda, qattiq va mayin sochlarda, qo’ltiq ostidagi sochlarda bo’lmaydi yoki 

yaxshirivojlanmagan. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, 

uning bir uchi terining so’rg’ich qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo’shilgan. 

Bu mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi, soch ildi-zi teri yuzasiga nisbatan 

perpendikulyar bo’lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib, soch o’qi teri sathidan bir oz ko’-

tariladi va g’oz terisi ko’rinishini oladi. Ko’pincha tashqi haro-ratning sovushi natijasida yuz 

beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo’lib, mushaklar qisqarishi qon tomirlarning 

ham torayishiga olib keladi, natijada, issiqlik tanada saq-lanadi. Mushakning shu faoliyati 

natijasida yog’ bezlari ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi.Sochlarning almashinuvi. 

Sochlar o’rtacha bir necha oydan 2-4 yilgacha o’sadi. SHuning uchun hayot davomida vaqti-vaqti 

bilan sochlar almashinib turadi. Bu jarayon soch so’rg’ichining atrofiyaga uchrashidan va soch 

piyozchasining qon bilan ta’minlanishining buzilishidan boshlanadi. Natijada, soch 

piyozchasining hujayra-lari ko’payish qobiliyatini yo’qotadi va ularning asosiy qismi 

muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, sochning o’si-shi to’xtaydi. Soch kolbasi 

o’z so’rg’ichidan ajralib, tashqi epi-telial qin hosil qilgan g’ilof bo’ylab, to sochni ko’taruvchi 

mushak birikkan joygacha ko’tariladi. Epitelial g’ilofning pastkn bo’shab qolgan joyi puchayib, 

hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana soch so’rg’ichi tiklanib, saqlanib qol-

gan kambial hujayralar bilan qoplanadi, natijada, yangi soch piyozchasi paydo bo’ladi. Bu 

piyozchadan yangi soch o’sa boshlaydi. YAngi soch epitelial tasma bo’ylab o’sadi, tasma esa 

uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o’sishi natijasida yangi soch eski sochning tagidan 

turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushi-shi va teri yuzasida yangi sochning paydo bo’lishi 

bilan tugaydi. Agarda soch xaltasining qon bilan ta’minlanishi to’xtasa, uning o’rnida yangitdan 

soch o’sib chiqmaydi. 

TIRNOQ 

Tirnoq epidermis hosilasi bo’lib, qattiq, muguzlangan plao tinkalardan iborat. Tirnotcning 

taraqqiyoti, homilaning 3-oyi-dan boshlanadi. Dastavval, tirnoq o’rni hosil bo’ladi. Oyoq va qo’l 

barmoq uchlarining tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qa-linlashib, o’zining ostida yotgan 

biriktiruvchi to’qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq juda sekin o’sa-di va 

embrion hayotining oxiridagina to’la shakllanadi.Tirnoqda tana, ildiz, i k k i t a yo n va e r k i n 

kism-lar tafovut qilinadi (154-rasm). Tirnoq tanasi tirnoq o’rni-da joylashsa, yon qirg’oqlari teri 

burmalari tagiga kirib tura-di. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq egatidan chiqib turadi. Tirnoqning 

ildizi tirnoq yorig’iga kirib turgan asosi hisobla-nadi. Ildizning bir qismigina tirnoq yorig’idan xira 

va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa, katta barmoqlar tirnog’ida) ko’ri-nib turadi. Tirnoq ildizining 

tirnoqning o’sishini ta’min-.lovchi differentciallanmagan hujayralari tirnoq matritcasini tashkil 

etadi. Matritca hujayralari muntazam bo’linib, muguz-lanib turadi. Muguzlangan epiteley 

tangachalari tirnoq plas-tinkasiga siljib kiradi va natijada tirnoq o’sadi. Tirnoq kuniga o’rtacha 

0,12 mm gacha o’sadi. 




Tirnoq o’rni epiteliy va dermadan iborat. Epiteliy epi-dermisning o’suvchi qavatidan tashkil 

topgan. Epiteliy ustida joylashgan tirnoq plastinkasi bir-biriga zich cherepitcasimon joylashgan 

yassi poligonal shakldagi muguz tangachalardan tuzilgan. Tirnoq o’rni epiteliysi hisobiga tirnoq 

plastinkasi qalinlashsa, matritca hisobiga tirnoqning uzunasiga o’sishi ta’-minlanadi.Tirnoq 

o’rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib yotadi. Derma sohasida so’rg’ichlar 

bo’lmaydi. Dermaning tirnoq sohasi qon tomirlarga va nerv oxirlariga boy. Bu erda derma-ning 

perpendikulyar joylashgan tolalari to’g’ridan-to’g’ri suyak usti pardasining tolalari bilan qo’shilib 

suyakqa aloqador bo’-lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy meditcinada muhim rol’ o’ynaydi 

(tirnoqda boshlangan yallig’lanish jarayoni suyak jaro-hatlanishiga sabab bo’lishi bunga misol 

bo’la oladi). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish