Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi


BIRLAMChI VA IKKILAMChI ZAXM



Download 435 Kb.
bet2/4
Sana26.06.2017
Hajmi435 Kb.
#16129
1   2   3   4

. BIRLAMChI VA IKKILAMChI ZAXM.


Jinsiy alokalar vositasida yukadigan kasalliklar xakida umumiy axborot.zaxm kasalligining umumiy patologiyasi. Birlamchi va ikkilamchi zaxm.

JAVYuKlarning epidemiologiyasining umumiy xususiyatlari

(Sinonimlar: tanosil kasalliklar, venerik kasalliklar, urogenital seksual-transmissiv kasalliklar.)

XX asrning 80-yillarida birinchi marta orttirilgan immun tanқisligi sindromi (OITS yoki VICh/SPID) kasalligi aniқlan-guncha, «venerik kasalliklar» deganda sifilis, gonoreya, yumshoқ shankr, venerik limfogranulematoz va donovanoz kasalliklarini tushunilar edi. Lekin JYBYuK epidemiologik ko’payib ketib, dunyoda ҳar yili faқat ro’yxatga olinganlar soni bir necha yuz million bo’lgani va bugungi kungacha OITS bilan zararlanganlar soni 42 million, faқatgina 2002 yilda OITSni yuқtirib olganlar soni 5 million, undan 3 million bemor nobud bo’lganligi nafaқat soғliқni saқlash tizimini, balki butun odamzodni bor imkoniyatini yiғib bu muҳim muammoni echishga қaratishga majbur қilyapti.

Oxirgi yillar OITSga қarshi olib borilgan kurash yutuқlari (virus genomini aniқlash, uni klinika va patogenezini aniқ bayon қilish, epidemiologiyasi, immun sistemadagi o’zgarishlarni va OITS bilan birga ketuvchi kasalliklar xarakteristikasini berish) ko’rsat-diki, қaysidir kasallik bemor terisi yoki shilliқ қavati butun-ligi-ni buzib kechsa u OITS virusini bemordan soғ odamga yuқish imko-niyatini bir necha o’n marta ko’tarar ekan. OITSning asosiy yuқish yo’li jinsiy yo’l bo’lgani uchun ҳam, teri shikastlanishi ko’proқ jinsiy a’zolarda yoki atrofida bo’lishi bilan kechadigan ҳar xil kasalliklarni OITS tarқalishidagi aniқ o’rnini ajratib ko’r-satish uchun va unga қarshi effektiv kurash tashkil қilish uchun, bu-gun «jinsiy yo’l bilan yuқadigan kasalliklar» termini kiritildi. Bu termin bilan 24 va undan ko’proқ kasalliklar ataladi.JYBYuK termini bilan, klassik venerik kasalliklar, yangi av-lod infekstiyalari, ayrim virusli, parazitar va zamburuғ kasal-lik-lari turli kasalliklar guruҳlariga kirishlariga қaramasdan, asosiy yuқish yo’li jinsiy yo’l bo’lgani uchun ular bir guruҳga yiғilgan. Shuning uchun ҳam kasallikni oldini olishning birinchi talabi – jinsiy ҳayot faқat nikoҳda yoki bitta jinsiy sherik bilan. Bordi-yu kimdir bittadan ortiқ jinsiy sherikka ega bo’lsa, jinsiy sherikni tez-tez almashtirib tursa yoki boshқa jinsiy sheriklarga ega bo’lgan shaxslar bilan jinsiy aloқada bo’lsa, kasallik simptomlari borli-gini bilgan ҳolda ҳam jinsiy aloқa қilsa – bu insonda JYBYuK yuқish darajasini oshiradigan axloқiy omillar bor.

JYBYuK ko’payishi shu davlatdagi ijtimoiy omillar bilan uzluksiz boғliқ. Yangi MDҲ davlatlaridagi JYBYuKning epidemik ko’payishida, asosan, jamiyatdagi yangi ijtimoiy-siyosiy talablarga va bozor munosabatiga tayyormaslik, қonun kuchsizligi, ғarbiy va fuқarolar urushlari, migrastiya kuchayishi, ishsizsik va ma’lum yashash joyi bo’lmagan, alkogol va narkotik moddalarni istemol қiladigan insonlar sonining ortib ketishi, erta jinsiy aloқalar va foҳisha-bozlik ko’payishi, jamiyatdagi madaniy va axloқiy an’analar, oila kuchining pasayishi aloҳida o’rin tutadi.

Ikkinchidan xalқni bu kasalliklar borligini bilmasdan xavf-siz aloқani inkor қilish, prezervativning ҳammabop bo’lmasligi, kasallikni o’z vaқtida tibbiyot muassasida va to’liқ davolanmasligi, қolaversa, tibbiyot muassasalarning bo’lmasligi yoki unda zarur dori-darmon va tayyorlangan mutaxassis yo’қligi, kasallanishning ko’payib ketishida muҳim aҳamiyatga ega.
Etik masalalar
Қuyidagi masalalarni esda tutish lozim. Klinikaga JYBYuK bor-li-gini shubҳa қilib murojaat қilgan kimsalar uchun konfi-den-stiallik judayam muҳim. Medistina tashkilotlari, shuningdek, ular-ning xodimlari mashғulotlarni sir saқlash siyosatiga қat’iy rioya қilishlari lozim. Mijozlarga konfidenstiallikni қanday chegarada bo’lishini tushuntirish kerak.

Bunday bemorlarning ko’rigi, laborator tekshiruvi va davolash, albatta soғlikni saқlash tizimida ishlab chiқilgan қoidalar va ma’lum bemorning roziligi asosida olib borilishi kerak. Bu borada bemorga olib boriladigan muolajalarning afzalliklari va xavfli tomonlari ҳaқida tushunarli shaklda ma’lumot beriladi. Agar uning iloji bo’lmasa bemor go’dak yoki aқliy zaif bo’lsa ҳar bir muolaja bevosita o’ziga yordam beradigan ҳolatdagina olib boriladi.

Kasallik tarixi (yoki ambulator varaқa). Bemorning kasallik tarixi o’z ichiga қuydagilarni olishi kerak:

– Klinik simptomlar.

– JYBYuK bilan kasallanganlar to’ғrisidagi ma’lumotlar.

– Jinsiy sheriklar ҳaқida ma’lumotlar, jinsiy aloқa turlari profilaktikasining barer vositalarini ishlatish doimiyligi va to’ғriligini o’z ichiga oladi.

– Simptomlarning bayon etilishi va JYBYuK tashxis etilishi.

– Tibbiy anamnez.

– Ayni vaқtda dori-vositalarni қabul қilish to’ғrisida (mikrob-larga қarshi dori-vositalarini yaқin orada қo’llash).

– Dori-vositalarga allergiyasi bor-yo’қligi.

– VICh infekstiya va gepatit V bilan maxsus zararlanish omillariga asoslanish.

– Ayollar uchun қo’shimcha: tuғruқlar soni, abortlar, ҳayz stikli, kontrasteptivlar қo’llanilishi, kerak bo’lsa, stervikal surtmalarning skriningi.

JYBYuK skriningi va tekshirish o’tkazishga ko’rsatmalar.

Tekshirish o’tkazishga asos bor shaxsda keltirilgan faktorlardan biri bo’lsa:

– Anogenital so’gal, genital va perigenital soҳadagi kontagioz mollyusk, қo’tir, VICh infekstiya, gepatit V.

– JYBYuKga boғliқ ҳolda xavfli xulқ-atvor, ayniқsa yangi jin-siy aloқalar, yaқinda JYBYuK klinik tashxisi қo’yilgan sherik bi-lan yoki bir necha jinsiy sheriklarga ega kimsa bilan jinsiy aloқa.

– Kommerstiya seksidagi (foҳishabozlik) ishchi yoki mijoz sifatida jalb etilishi.

– Jinsiy suiiste’mol қilish yoki zo’ravonlik қilinganlikka shubҳa.

– JYBYuK larga taalluқli simptom yoki belgilar bo’lsa, misol:

Ayollarda:

– kichik tos organlari infekstiyalanganini ko’rsatuvchi jinsiy traktning yuқori soҳasidagi simptomlar: қorin pastida oғriқ, ҳayz stiklining buzilishi, disparenuriya;

– қindan ajralma kelishi.

Erkaklarda:

– dizuriya;

– uzuksimon balanit;

– moyaklarda oғriқ.

Ayol va erkaklarda:

– jinsiy soҳalarda yaralar;

– to’ғri ichakda oғriқ yoki ajralma kelishi (anamnezida anal kontakt bo’lishi);

– mono yoki poliartrit;

– konyunktivit;

– yuқoridagi simptomi (sindromlar) bo’lgan kishilar bilan jinsiy aloқada bo’lish;

– ayollarda bachadon bo’yni soҳasida instrumental muolajalar o’tkazish – sun’iy abort, bachadon ichi kontrasteptiv vositalarini yoki in vitro rejali uruғlantirish.
Fizikal tekshirishlar

– Ayol va erkaklarda anogenital soҳasining ko’rigi.

– Ayollarda kichik chanoқ organlarini bimanual tekshirish.

– Ayol va erkaklarda proktoskopiya.

– Organizmni boshқa sistemalarini tekshirish.
Laborator tekshirishlar

Odatda barcha mijozlar қuydagilarga tekshiriladi:

– Chlamidia trachomatis.

– Neisseria gonorrhoeae.

– Sifilis.

– VICh infekstiya.

Agarda shubҳali simptomlar, ya’ni fizikal tekshirish natijalari yoki jinsiy anamnezda boshқa simptomlar bo’lsa қuyidagilar tekshiriladi:

– bakterial vaginoz;

– Candida albicans;

– Trichomonas vaginalis;

– anogenital gerpes;

– қo’tir;

– қov biti;

– shankroid;

– venerik limfogranulema;

– gepatit V.

U yoki bu tekshiruvni o’tkazish masalasini xal қilishda epidemiologik ҳolat va maҳalliy tibbiy tashkilotlar imkoniyatini e’tiborga olish lozim (ilova – XVI, XVII, XVIII).

Diagnostika va profilaktika.

Tashxis imkoniyat boricha laborator tekshirishlarga asoslanib қo’yilishi lozim. Buning sabablari:

– simptompsiz infekstiyalar juda ko’p uchraydigan ҳolat bo’lib, ularni faқat ma’lum laborator tekshirishlar asosida inkor etish mumkin;

– tashxis aniқligini oshirish zarur, chunki u bemorlarga va jinsiy sheriklarga yoki farzandlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;

– rastional davoni tanlash uchun ayniқsa, mikroorganizmlarnining doriga chidamliligini aniқlash imkoniyati bor tashkilotlarda;

– қo’shimcha testlar o’tkazish kerakligini echish uchun (davolanganlik testi );

– infekstiyalar registrastiyasining aniқlik darajasini oshirish va epidemiologik ma’lumotlarni soғliқni saқlash organlarining ma’lum bo’limlariga etkazish;

– tashxisni bemor oldida, mikroskop va boshқa metodlar қo’l-lansa, dastlabki konsultastiya davrida қo’yish mumkin.

Bemorlarga tashxis moҳiyatini tushunarli қilib etkazish kerak, ular savol berish imkoniyatiga ega bo’lishlari zarur. Bundan tashқari, imkoniyat bo’lsa, oғzaki tushuntirishni yuқori sifatli bosmali axborot bilan mustaҳkamlash kerak.

Bemorga қo’yilgan tashxis u bilan birga suҳbat olib borish va maslaҳat berish imkoniyatini beradi va kelajakda қayta kasallanish eҳtimolini kamaytiradi.

JYBYuKni davolashning umumiy talablari


1. Davolashni dastlabki konsultastiyadan boshlash kerak, agarda:

– tashxis ilk murojaatda қo’yilsa.

– epidemiologik ko’rsatmalarga ko’ra davolash, jinsiy sherik-lar-da tashxis aniқlanish asosida:

2. Imkon boricha, davoni klinikada tibbiy xodimlar nazorati ostida, bir martalik davo usuli bilan o’tkazish lozim, bu esa davolash rejasining yuқori darajada bajarilishini baҳolaydi.

3. Bemorlarga ҳimoyalanmagan jinsiy aloқalardan saқlanish tavsiya қilinadi, chunki infekstiya yuқishi yoki yuқtirish uchun real imkoniyatlar mavjud.

– aloҳida e’tiborni ҳomilador va emizikli ayollarga қaratish kerak.

Sheriklarga kasallik to’ғrisida

ma’lumot berish


JYBYuK tashxisi aniқlangan barcha ҳollarda sheriklarni ogoҳ-lan-tirish imkonini ko’rib chiқish lozim. Қaysi bir sherikka ma’-lu-mot berish masalasi seksual anamnez va inkubastion davr to’ғrisida ma’lum bo’lgan ma’lumotga boғliқ bo’lib, ma’lumotni soғliқni saқ-lash tizimi xodimi yoki bemorning o’zi etkazishi mumkin. Ma’lumot қonunga boғliқ ravishda, davlatda қabul қilingan profilaktika va etik normalarga asoslanadi.

Keyingi nazorat va muloқot turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan: қayta tashrifda yoki telefon orқali.

Jinsiy yo’l bilan yuқuvchi infekstiyalar

klassifikastiyasi


Kasallikning nomi Kasallik қo’zғatuvchilari
1. Klassik venerik kassalliklar

Zaxm Treponema pallidum

So’zak Neisseria gonorrhoeae

Yumshoқ shankr (shankroid) Haemophilus dukreyi

Venerik limfogranulematoz Chlamydia trachomatis

Venerik granulema (chov) Calymmatobact. gran.


2. Jinsiy a’zolarni zararlanishi bilan kechuvchi JYBYuIlar
Urogenital xlamidioz Chlamydia trachomatis

Trixomaniaz Trichomonas vaginalis

Urogenital kandidoz Candida albicans

Mikoplazmoz Mycoplasma hominis

Genital gerpes Herpes simplex virus

Papilomavirusli infekstiyalar Papilomavirus hommins

Yuқumli mollyusk Molluscovirus hominis

Bakterial vaginoz Gardenella vaginalis

Urogenital shigellez Shigella species

Қovuқ pedikulezi Phtirus pubis

Қo’tir Sarcoptes scabiei
3. Boshқa a’zolarning zararlanishi bilan kechuvchi JYBYuIlar

Orttirilgan immun tanқisligi sindromi

Gepatit V

Цitomegaliya

Amebiaz

Lyamblioz



Pinta

Bedjel


Frambeziya HIV

Hepatit B virus

Cytomegalovirus hommins

Entamoeba hystolitica

Lamblia intestinalis

Treponema carateum

Treponema bejel

Treponema pertenue

ZAXM – SIFILIS (SYPHILIS)
Zaxm, asosan, jinsiy yo’l orқali yuқuvchi, surunkali, sistemali kasallik bo’lib, teri yoki shilliқ pardalar orқali rangsiz, oқish treponemalarning (Treponema pallidum) organizmga kirishi natijasida vujudga keladi. Kasallikning birinchi va ikkinchi davrida funk-stional yalliғlanish kechsa, uchinchi davrida struktur jaroҳatlanish vujudga keladi.

Etiologiyasi. Zaxm қo’zғatuvchisi Treponema pallidum 1905 yil Shaudin F. va Goffman E. tomonidan ochilgan fakultativ anaerob bo’lib, mikroskop ostida spiral ko’rinishli, 8–12 bir tekis burma-lari borligi va xilma xil ilgarilama, mayatniksimon, to’lқinsimon, bukiluvchi va rotator (aylanma) ҳarakatlarga ega. Rangsiz trepo-ne-malar ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ҳar 30–33 soatda ko’payadilar va bo’lingan treponemalarning o’sishi 20–30 daқiқadan 2 soatgacha davom etadi. Rangsiz treponemalar tashқi muҳit sharoitiga ta’sirchandir (antibiotik va kimyoviy moddalar ta’sirida қuritilsa, yuқori ҳaroratda tez o’ladi, қuyi ҳaroratda esa uzoқ saқlanadi) va omon қolish uchun stist shakli yoki L-shakliga aylanishi mumkin.

Oқish treponema fakultativ anaerob bo’lgani sababli lim-fa-ning tipik parazitlari қatori limfa tomirlari, to’қimalar orasi-dagi tirқishlar va ҳujayralar orasida yashaydi. Zaxmning yuққan vaқ-ti-dan boshlab, birlamchi va ikkilamchi davrlarida bemor orga-niz-mida antitanachalar vujudga keladi (gumoral immunitet), uchlamchi davrida esa infekstion granulema (ҳujayra immuniteti) kuzatiladi, antitanachalar kam bo’ladi.

Epidemiologiyasi. Zaxm kasalligi bilan faқat insonlar kasal-lanadilar. Kasallik teri yoki shilliқ pardalar orқali, soғlom kishining bemor bilan jinsiy aloқa қilishi tufayli yuқadi. Kamdan-kam ҳollarda bemor bilan yaқin maishiy aloқada bo’lish (o’pishish, bemor shaxsiy gigiena anjomlaridan foydalanish: tish tozalagich, sochiқ, mochalka, ichki kiyim, to’shak jildlariga tushgan ajratmalar қurib ulgurmay ulardan soғ kishilarning foydalanishi) oқibatida yuқishi mumkin. Bemor қonini (serologik tekshiruvdan o’tkazmay) yuzaki ko’rsatmaga, asosan, (ko’p қon yo’қotgan, қon қuyilishi zarur bo’lgan, ҳayotni saқlash uchun) boshқa kishilarga to’ғridan-to’ғri (bevosita) қu-yish orқali yuқishi mumkin. Kasb-kordagi eҳtiyotlik chorasini ko’r-may bemorlar bilan tibbiy muolajalar қilish (jarroҳlar, akusher-ginekologlar, stomatologlar, dermatovenerologlar, ҳamshi-ra--lar) natijasida yuқishi mumkin. Bemor ҳomilador ayoldan ҳam pla-stenta orқali ҳomilaga zaxm o’tishi mumkin, bunday ҳollarda tuғma zaxm vujudga kelishi kuzatiladi. Zaxmning yuқishi uchun қuyidagi sharoitlar bo’lishi zarur: yangi, etarli miқdordagi, virulentli rangsiz treponemalar ҳamda teri va shilliқ pardalarning epidermis yoki epiteliy қoplamasining butunligi buzilgan bo’lishi zarur. Ular ҳatto ko’zga ko’rinmas darajadagi mikrojaroҳatlar bo’lishlari mumkin.

Jinsiy yo’l orқali yuқadigan kasalliklarning ko’payishi shu davlatdagi ijtimoyi omillar bilan uzluksiz boғliқ.

Kasallikning ҳalқaro statistik X klassifikastiyasi, қayta ko’rib chiқilgan (jinsiy aloқalar orқali yuқuvchi kasalliklar bo’limi) bo’lib zaxmga tegishli қismi. Ko’rinishi:

A 50 Tuғma zaxm.
A 50.0 Simptomli erta tuғma zaxm.

Ikki yoshgacha kuzatiladigan yoki erta aniқlangan, tuғma zaxmning ayrim ҳolatlari

Erta tuғma zaxm:

– teri;


– teri va shilliқ pardalar;

– vissteral.

Erta tuғma sifilitik (zaxm)

– laringit;

– okulopatiya;

– osteoxondropatiya;

– faringit;

– pnevmoniya;

– rinit.
A 50.1 Erta, tuғma yashirin zaxm.

Tuғma zaxm klinik belgilarsiz, serologik reakstiyalar musbat, orқa miya suyuқligi testlari manfiy bo’lgan 2 yoshgacha bo’lgan davr.


A 50.2 Aniқlanmagan erta, tuғma zaxm.

Ikki yoshgacha namoyon bo’lgan tuғma zaxm.


A 50.3 Tuғma zaxmda, ko’zning kechroқ jaroҳatlanishi.

Kechikkan tuғma zaxm interstistial keratiti.

Kech tuғma zaxm okulopatiyasi.

Getchinson triadasi – inkor etilgan.


A 50.4 Kech tuғma neyrosifilis (yuvenil neyrosifilis)

Yuvenil paralitik demenstiya

Yuvenil:

– progressiv paralich;

– orқa miya so’xtasi;

– taboparalich.

Kech tuғma zaxm:

– enstefaliti;

– meningiti;

– polineyropatiyasi.

Agarda zaxmga boғliқ bo’lgan turli xil ruҳiy o’zgarishlarni identifikastiya қilish zarur bo’lsa, қo’shimcha koddan foydalaniladi.

Getchinson triadasi – inkor қilingan.


A 50.5 Kech tuғma zaxmning boshқa simptomli turlari

Ikki yoki undan katta yoshlarda namoyon bo’lgan ayrim tuғma zaxm yoki aniқlangan kech tuғma zaxm ҳolatlari.

– Klatton bo’ғimlari.

Getchinson:

– tishlari;

– triadasi.

Kech tuғma:

– kardiovaskulyar zaxm;

– zaxm artropatiyasi;

– zaxm osteoxondropatiyasi.

Zaxm egarsimon buruni.
A 50.6 Kech, yashirin tuғma zaxm

Ikki va undan katta yoshdagi klinik belgilarsiz, musbat serologik reakstiyali, orқa miya suyuқligi testlari manfiy bo’lgan tuғma zaxm.

A 50.7 Aniқlanmagan, kech tuғma zaxm

Ikki va undan katta yoshdagi tuғma zaxm.


A 50.9 Aniқlanmagan tuғma zaxm
A 51 Erta zaxm
A 51.0 Jinsiy a’zolarning birlamchi zaxmi

Zaxm shankri.


A 51.1 Anal soҳa birlamchi zaxmi
A 51.2 Boshқa soҳalarda joylashgan birlamchi zaxm
A 51.3 Teri va shilliқ pardalar ikkilamchi zaxmi

Serbar kondiloma.

Zaxm:

– alopestiyasi;



– leykodermasi;

– shilliқ pardalardagi o’choқlar.


A 51.4 Ikkilamchi zaxmning boshқa turlari

Ikkilamchi zaxm:

– ayollar tos a’zolari kasalligi;

– iridostikliti;

– limfadenopatiyasi;

– meningiti;

– mioziti;

– okulopatiyasi;

– periostiti.
A 51.5 Erta yashirin zaxm

Kasallik yuққaniga ikki yil bo’lmagan, serologik reakstiyalar musbat bo’lgan, orқa miya suyuқligi sinamalari manfiy bo’lgan, klinik belgilari bo’lmagan, orttirilgan zaxm.


A 51.6 Aniқlanmagan erta zaxm
A 52 Kech zaxm
A 52.0 Yurak-қon tomirlar zaxmi

Kardiovaskulyar zaxm

Zaxm:

– aorta anevrizmasi;



– aortal etishmovchiligi;

– aortiti;

– sterebral arteriti;

– endokarditi;

– miokarditi;

– perikarditi;

– o’pka etishmovchiligi.
A 52.1 Neyrosifilis simptomlari bilan

Sharko aortopatiyasi

Kech zaxm:

– eshituv nervi nevriti;

– enstefalaliti;

– meningiti;

– ko’ruv nervi atrofiyasi;

– polinevropatiyasi;

– retrobulbar nevriti.

Zaxm parkinsonizmi.

Orқa miya so’xtasi.
A 52.2 Asimptomli neyrosifilis
A 52.3 Aniқlanmagan neyrosifilis

zaxm gummasi

Markaziy asab tizimi zaxmi (kechikkan) sifilomasi
A 52.7 Kech zaxmning boshқa simptomlari

Buyrak koptokchalarining zaxmli jaroҳatlanishi

Zaxm gummasining turli xil lokalizastiyasi, A 52.0 – A 52.3 rubrikasidan boshқa.

Kech yoki uchlamchi zaxm

Kech zaxm

– bursiti;

– xorioretiniti;

– episkleriti;

– ayollar toz a’zolari yalliғlanish kasalliklari;

– leykodermasi;

– okulopatiyasi;

– peritoniti.


Zaxm (davri aniқlanmagan)

– suyaklar;

– jigar;

– o’pka;


– mushaklar;

– sinovial.


A 52.8 Kech yashirin zaxm

Kasallik yuққanidan ikki va undan ortiқ yil o’tgan, serologik reakstiyalari musbat, orқa miya suyuқligi sinamalari manfiy bo’lgan, orttirilgan, klinik belgilari bo’lmagan zaxm.


A 52.9 Aniқlanmagan kech zaxm
A 53 Zaxmning aniқlanmagan boshқa turlari
A 53.0 Yashirin zaxm, erta yoki kechki turlari aniқlanmagan

Yashirin zaxm.

Zaxmga xos serologik reakstiyalar – musbat.
A 53.9 Aniқlanmagan zaxm

Treponema pallidum chaқirgan invaziya.

Zaxm (orttirilgan).

Orttirilgan zaxmning umumiy klinik kechishi


Orttirilgan va davolanmagan zaxmda davrlarning almashinib turishi kuzatiladi va zaxmning Inkubastion davri, Birlamchi, Ikkilamchi va Uchlamchi davrlari ajratiladi.

Zaxmning inkubastion davri deb kasallik yuққanidan to uning ilk belgilari – қattiқ shankr paydo bo’lgunicha o’tgan vaқt tushuniladi. Zaxmning inkubastion davri o’rtacha 3–4 ҳaftaga teng. Ayrim ҳollard-a, ayniқsa shu davrda turli sabablarga ko’ra (angina, pnevmoniya, gonoreya va boshқa sabablarga қarshi ma’lum miқdorda antibiotiklar қabul қilish oқibatida) inkubastion davri 1,5–2 oygacha uzayshi mumkin. Yana ҳam kam ҳollarda esa inkubastion davr (15–18 kungacha) oғir ҳastaliklar, alkogolizm, narkomaniya bilan kasallangan bemorlarda қisқarishi mumkin. Inkubastion davridan boshlab oқish treponema doimiy ko’payib, ma’lum bir miқdorda, limfadan қon sistema-siga o’tib turib, organizmda antitanachalar ishlab chiқishga kelti-radi. Lekin antitanachalarning miқdori kam bo’lgani tufayli klassik seroreakstiyalar manfiy bo’ladi (ilova – XIX).

Zaxmning birlamchi davri (Syphilis primaria) – kasallikning boshlanғich davri ҳisoblanib, қattiқ shankr paydo bo’lgandan to tanada ikkilamchi zaxmga mos toshmalar paydo bo’lguncha kechadi. O’rtacha bu davr 6–10 ҳafta davom etib, birlamchi seronegativ va birlamchi seropozitiv davrlarni o’z ichiga oladi. Birlamchi zaxmning asosiy klinik belgisi bo’lib eroziya yoki yara – birlamchi sifiloma yoki қattiқ shankr (ulcus durum) va regional skleradenit ҳisoblanadi.

Birlamchi seronegativ zaxm (Syphilis primaria seronegativa) inkubastion davrdan keyin birlamchi sifilomaning paydo bo’lishi bilan boshlanadi va o’rtacha 3–4 ҳafta davom etadi. Bu davrda Vasserman reakstiyasi manfiy bo’lib, tashxis tipik klinik belgilar va birlamchi sifiloma yuzasidan ajralayotgan to’қima suyuқligidan bakterioskopik yo’l bilan rangsiz spiroxeta topishga, asosan, қo’yiladi.

Birlamchi seropozitiv zaxm (Syphilis primaria seropositiva) birlamchi zaxmning keyingi davri ҳisoblanib, қondagi antitanachalar miқdori etarli bo’lib seroreakstiyalar musbat bo’lgandan boshlab, o’rtacha 3–4 ҳafta davom etadi. Klinik ko’rinishi bo’yicha bu davr avvalgi davrda kuzatiladigan қattiқ shankr va regional skleradenitga serologik reakstiyalarining musbatligi bilan va davrning oxirgi kunlari poliadenit ҳam kuzatilishi bilan farқ қiladi.

Zaxmning ikkilamchi davri (Syphilis secundaria) – қattiқ yara paydo bo’l-ga-nidan so’ng 6–8 ҳafta o’tgach, deyarli ҳamma bemorlarda klassik sero-lo-gik reakstiyalar o’ta musbatlashgach, infekstiya butun orga-nizm bo’ylab tar-қal-gach va terida ilk toshmalar paydo bo’lgandan boshlanadi.

Bu davr terida tarқoқ, ko’p miқdorda doғli, tugunchali va yiringchali toshmalar (sifilidlar) toshishi, poliadenit kuzatilishi, soch, ichki a’zolar jaroҳatlanishi (gepatitlar, nefrozlar, pankreatitlar, artritlar, perios-titlar), neyroendokrin tizimi jaroҳatlanishlari kuzatilishi bilan kecha-di. Ikkilamchi zaxmning klinik kechishida ikkilamchi yangi, ikki-lam-chi yashirin va ikkilamchi қaytalama turlari tafovut etiladi.

Ikkilamchi yangi zaxm (Syphilis secundaria recens). Treponemalarning limfadan ko’p miқdorda қonga tushib organizmda disseminastiyasidan so’ng boshlanadi. Birlamchi zaxmga xos bo’lgan (қattiқ shankr va limfoadenit) toshmalarga terida ikkilamchi sifilidlar (doғ, tuguncha, yiringcha) paydo bo’lib қo’shiladi va birlamchi sifiloma asta-sekin regressga uchraydi. Bu davrda ҳam organizmda treponemalar juda ko’p bo’lib, antitanachalar titri eng yuқori darajada bo’ladi, toshmalar mo’l va tarқoқ, bir-biridan ajralib joylashib, juda ҳam yuқumli davr ҳisoblanadi. O’rtacha 1,5–2 oy davom etadi.

Erta yashirin zaxm (Syphilis (secundaria) latens praecox). Ikkilamchi sifilidlarning davosiz, o’z-o’zidan so’rilib yo’қolganidan so’ng, zaxm-ning yashirin (latent) davri boshlanadi. Bu davrda terida klinik toshmalar bo’lmasdan, zaxm faқatgina musbat serologik reakstiyalar orқali tashxis қilinadi. Ikkilamchi yangi zaxmdan keyin birinchi bor kuzatilgan erta yashirin zaxm 1,5–2 oy davom etadi, ammo undan keyingi ҳar restidivdan so’nggi latent davri bir muncha uzoқroқ davom etadi va yillab cho’zilishi mumkin. Erta latent zaxm deb, zaxm yuққanidan so’nggi 2 yillik davr ҳisoblanadi.

Ikkilamchi қaytalama zaxm (Syphilis secundaria recidiva). Davo-lanmagan organizmda treponemalarning ko’payib, reaktivastiyalashga moyillik tuғilib terining ayrim soҳalarida ikkilamchi sifilidlar vujudga keladi va bu davr 1,5–2 oy davom etadi. Ikkilamchi қaytalama zaxmdagi toshmalar soni kamroқ, kattaroқ, guruҳlashga moyil-lik va atrofdagilarning e’tiborini o’ziga jalb қilmaydigan mis rangli toshmalar bilan ajraladi. Restidiv davri keyinchalik yashirin (latent) zaxm davrlari bilan almashinib kechadi, davrlar ҳar gal uzoқroқ davom etadi va ikkilamchi қaytalama zaxm bir necha bor kuza-tilishi mumkin. Zaxm қancha "eski" bo’lsa, toshmalari kam shuncha kuza-tiladi.

Kech yashirin zaxm (Syphilis (secundaria) latens tarda) ikki yildan ortiқ vaқt o’tganidan so’ng kuzatilishi mumkin. Erta yashirin zaxmdan farқli o’laroқ, serologik reakstiyalar past titrda, jinsiy partnerlar oxirgi yillarda soғ va ichki a’zolar ҳamda asab tizimida nomaxsus patologiyalar bo’lishi mumkin.

Uchlamchi zaxm (Syphilis tertiaria) – kasallik yuққanidan so’ng kamida 3–5 yil o’tgach, davolanmagan yoki to’liқ davo olmagan bemorlarda kuzatilishi mumkin. Zaxmning birlamchi va ikkilamchi davrlariga o’xshab uchlamchi zaxm ҳam – uchlamchi aktiv va uchlamchi yashirin zaxm ҳolida kechadi. Kasallikning aktiv davrida teri, shilliқ pardalarda do’mboқchali, gummoz yoki uchlamchi rozeolalar ҳolida sifilidlar kuzatilishi xos. Uchlamchi yashirin zaxm kechishi faқatgina serologik reakstiyalar yordamida aniқlanadi. Uchlamchi zaxm davrida organizmda treponemalar kam bo’lib, gumoral immun tizim kuchsizlangan, organizm ҳimoya reakstiyalarida ҳujayra immuniteti ustunlik қiladi.


Tuғma zaxm davrlari va ularning xarakteristikasi
Ҳomila zaxmi (Syphilis foetus). Ҳomila bemor onadan, ҳomiladorl-ikning 19-ҳaftasida rangsiz treponema infekstiyasiga chalinadi. Ҳomilaning zaxmga chalinishi oқibatida ichki a’zolar, suyak tizimida oғir o’zgarishlar kuzatiladi. Zaxmga chalingan parenximatoz a’zolar o’lchamlari kattalashadi, zichlashadi, bunday o’zgarishlar diffuz proliferativ infiltrastiya, undan so’ng biriktiruvchi to’қimalar bilan қoplanish oқibatida vujudga keladi. Ҳomila organizmga kirgan treponemalarning jadal ravishda ko’payishi oқibatida, ҳomila rivojlanishi sustlashadi, ayrim ҳollarda ҳomiladorlikning 4–7 oylari bola tashlash yoki chala bola tuғish ҳollari kuzatiladi.

Erta tuғma zaxm (Syphilis congenita praecox) dastlab ko’krak yoshidagi go’daklarda (1 yoshgacha) ko’krak yoshidagi go’daklar zaxmi (Syphilis neonatorum) ҳolida va erta go’daklik yoshdagi go’daklar zaxmi (Syphilis infantum) ҳolida kuzatilishi mumkin (1 yoshdan 4 yoshgacha). Bu davrda ikkilamchi zaxmga xos bo’lgan sifilidlar toshishi xos bo’lib, ularda birmuncha ekssudativ yalliғlanish kuchliroқ rivojlanganligi kuzatiladi, shuningdek ichki a’zolar, suyak tizimlari va markaziy asab tizimlari oғir jaroҳatlanadi.

Kech tuғma zaxm (Syphilis congenita tarda). Kech tuғma zaxm odatda 4 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuzatiladi va zaxmning bu davrida uchlamchi zaxm simptomlariga xos bo’lgan o’zgarishlar kuzatiladi: suyak tizimi jaroҳatlanishlari, progresslanuvchi karlik va so’қir-lik (ilova XX).

BIRLAMChI SIFILIS (SYPHILIS PRIMARIA)


Birlamchi sifilomaning klinik ko’rinishi. Klassik ko’rinish-dagi қattiқ shankr (ulcus durum) eroziya yoki yara bo’lib, u treponemalarning teri yoki shilliқ pardalar soҳasiga kirgan joyida paydo bo’ladi. Rivojlanib bo’lgan tipik қattiқ shankr dumaloқ yoki oval shakldagi eroziya yoki yuza yara ko’rinishida bo’lib, chetlari tekis va aniқ chegaralangan, tovoқsimon shaklda, usti yaltiroқ "laklangan", to’қ қizil rangli, tubi zich-elastik konsistentli, plastinkasimon infiltratga ega. Yara yuzasidan oz miқdorda seroz suyuқlik ajralib turadi va mikroskopning қoronғilashtirilgan maydonida ko’rilga-ni-da ko’p miқdorda oқish treponema topish mumkin. Shankr atrofidagi terida o’tkir yalliғlanish alomatlari bo’lmaydi (agarda ikkilamchi infekstiya bilan asoratlanmasa). Қattiқ shankr ko’p ҳollarda jinsiy a’zolar terisida va unga yaқin atrofda joylashib, kasallikning jin-siy yo’l bilan yuққanligini ko’rsatadi. Қattiқ yara jinsiy a’zolardan tashқari lab, oғiz shilliқ pardasi, tilda, milkda va boshқa joylarda uchrashi mumkin va ekstragenital joylashgan shankr bo’lib ҳar xil shaklda bo’lishi mumkin.

Tipik shankrlar bilan bir қatorda atipik shankrlar ҳam uchrab turadi, ularga: 1. Jinsiy a’zolar indurativ shishi (oedema indura-tivum). 2. Shankr-amigdalit. 3. Xasmol – shankr (shankr-panaristiy) kiradi.

1. Indurativ shish (қattiқlashgan shish), asosan, katta va kichik jinsiy lablar, jinsiy olat xaltachasi soҳasida limfa tomirlarga boy joylarda uchraydi va tarқoқ infiltrat ҳisobiga bu a’zolar bir necha marta kattalashadi. Shikastlangan soҳaga barmoқ bilan bosib ko’rilsa chuқurcha қolmaydi. Shish soҳasidagi teri o’zgarmaydi, ba’zan esa ko’kimtir-binafsha rangli bo’lib, bezovta қilmaydi.

2.Shankr – amigdalit bodomcha bezining kattalashishi va қizarishi bilan ta’riflanadi. Agar bodomcha bezi ustida eroziya yoki yara bo’lsa, u ҳolda shankr amigdalit emas, balki bodomcha bezida joylashgan қattiқ shankr deb ҳisoblanadi. Bodomcha bezidagi yalliғlanish aniқ chegaralangan bo’lib, atrofidagi shilliқ pardalar o’zgarmaydi, jaғ osti limfa tugunchalari kattalashadi, skleradenit bir tomonlama kuzatiladi va yutinganda oғriқ sezilmaydi, tana ҳarorati o’zgar-maydi. Bular ҳammasi shankr – amigdalitni kataral anginadan farқ қilishga xizmat қiladi.

3.Xasmol – shankr ko’proқ shifokorlarda (akusherginekolog, stomatolog, jarroҳ va laboratoriya xodimlarda) uchraydi. Xasmol – shankr қo’l jimjiloғi shishishi, ko’kish rangli bo’lishi va oғriқ bilan kechishi oddiy xasmolni eslatadi. Ammo қattiқ infiltratning borligi, o’tkir yalliғlanishning bo’lmasligi, tirsak limfa tugunchalarining kattalashishi va oқish treponemani aniқlash va vaқti bilan seroreakstiyalar musbatligi, xasmolning aniқ tabiatini anglab olishga yordam beradi.

Birlamchi sifiloma paydo bo’lganidan so’ng bir ҳafta o’tgach – regionar limfadenit (ssleradenitis regionaris), ya’ni yaқin joylashgan lim-fa tuguni kattalashadi. Limfa tugunchalari kattalashib to yonғoқ-gacha, zich-elastik konsistenstiyali, bir-biriga va atrofiga қo’shilma-gan bo’lib, yuzasidagi teri o’zgarmaydi. Limfadenit oғriқsiz bo’lib uzoқ vaқt saқlanadi.

Қattiқ yara yuzasiga ikkilamchi infekstiyaning tushishi natijasida uning asoratlari (balanit, balanopostit, fimoz, parafimoz, jinsiy olat gangrenasi va fagedenizastiya) rivojlanishi mumkin. Bunday ҳolatda shankr atrofi қizarib shishadi, yara yuzasidan ajralayotgan seroz suyuқlik yiringlashadi, bu esa o’z navbatida oқish treponemalarning topilishini қiyinlashtiradi (ilova XXI).
Differenstial – Travmatik eroziyalar.

tashxisi – Herpes progenitalis.

– Ulcus molle.

– Piodermia chancriformis.

– Scabies.

– Carcinoma.


IKKILAMChI SIFILIDLAR

(SYPHILIS SECUNDARIA)


Klinik ko’rinishi. Zaxmning ikkilamchi davri odatda kasallik yuққandan so’ng 9–12 ҳafta o’tgach boshlanadi. Terida toshmalar toshishdan 6–10 kun oldin bemorlar ko’pincha darmonsizlik, ish faolligini pasayishi, bosh oғriғi, suyak, bo’ғim va mushaklarda oғriқ bo’li-shidan ҳamda tana ҳaroratining ko’tarilishidan shikoyat қiladilar. Bu ҳolat turli bemorlarda turlicha bo’lib, asosan, kasallik қo’zғa-tuvchisi rangsiz treponemani ko’p miқdorda, birdaniga limfadan қonga to’planib, tarқalgan davriga to’ғri keladi.

Ikkilamchi zaxm teri va shilliқ қavatlarda bir xil yoki turli xil toshmalarning toshishi bilan boshlanadi va bu bemor organizmining kasallikka bo’lgan umumiy javob reakstiyasidir.

Rozeola (roseola corporis) ikkilamchi zaxmning dastlabki belgisi bo’lib, to’қ pushti, keyinroқ och-pushti rangli, o’lchamlari 1 sm gacha, dumaloқ shakldagi, uncha aniқ chegaraga ega bo’lmagan, bir-biri bilan қo’shilmaydigan, tekis yuzali, sub’ektiv bezovta etmaydigan va o’tkir yalliғlanmagan, қon-tomirli doғ.

Rozeolalar ko’pincha tananing oldi-yon yuzalarida, қo’llarining bukiluvchi soҳalarida joylashadi. Ikkilamchi yangi zaxmda ularni soni ko’p, betartib, simmetrik joylashgan, o’lchamlari nisbatan mayda bo’ladi. Ikkilamchi restidiv zaxmda esa – rozeolalarning soni kam, yirik, guruҳ-guruҳ, asimmetrik joylashadilar (ilova XXII, XXIII).

Differenstial – Toxicodermia.

tashxisi – Pityriasis rosea Gibert.

– Cutis marmorata.

– Roseola typhosa.

– Pityriasis versicolor.
Papulyoz sifilidlar – o’tkir yalliғlanmagan, dumaloқ-oval shakl-da, zich elastik konsistenstiyali, mis қizғish yoki қo’nғir-pushti rangli, chegarasi aniқ va қo’shilmaydi, sub’ektiv bezovta etmaydi. Tugunchalar so’rilishi davrida markaziy қismlarida biroz kepaklanish kuzatilib, keyinchalik esa usti atrofida o’ziga xos kepaklanuvchi ҳalқa ҳosil bo’ladi (Biett ekachasi). Tugunchalar ko’pincha izsiz yo’қoladilar, ayrim ҳollarda esa pigmentastiya paydo bo’lishi mumkin. Tugunchalarning kattaligi (o’lchami), yuzasi va shakliga қarab bir necha klinik turlari tafovut etiladi: miliar, lixenoid, lentikulyar, nummulyar, namlanuvchi, eroziv, vegetastiyalanuvchi, serbar tugunchalar (keng kondilomalar) (ilova – XXIV).

Milliar papulalar suli donasidek kattalikda bo’lib, pushti-қizғish rangli, zich konsistenstiyali, ayrim ҳollarda follikulyar ko’rinishda bo’ladilar.

Lentikulyar papulalar ko’p uchrovchi tur ҳisoblanadi, dumaloқ, yarim shar shaklidagi, aniқ chegarali, o’lchamlari 0,3–0,5 sm ga ega bo’l-gan, rangi dastlab pushti, keyinchalik mis-қizғish rangda bo’ladi. Yuzasi dastlab tekis, keyinchalik mayda kepaklanadi. Tuguncha markaziga to’mtoқ zond bilan bosilsa kuchli oғriқ (Yaddason simptomi) kuzatiladi.

Nummulyar (tangasimon) papulalar kuchli rivojlangan infiltra-stiyali, turғun-қo’nғir rangli, o’lchamlari 1–3 sm gacha boruvchi, guruҳ-la-nishga moyil bo’ladilar. Ayrim ҳollarda lentikulyar va nummulyar tugunchalar kepaklanish bilan kechadilar (psoriazsimon sifilid).

Namlanuvchi – eroziyalashgan papulalar. Lentikulyar papulalarni ko’p terlovchi va doimiy ishқalanuvchi teri yuzalarida (jinsiy a’zolar, anal soҳa, chov-son, dumbalararo, қo’ltiқ osti, barmoқlararo burmalar, oғiz shilliқ pardalari, lab soҳalari) joylashib masterastiya-la-nishi natijasida yuzasidagi muғuz қavatning ko’chishi kuzatiladi va papula yuzasida dumaloқ-oval shakldagi eroziya, ya’ni namla-nuvchi o’choқ yuzaga keladi. Eroziya yuzasidan ko’p miқdorda rangsiz treponemalar topiladi.

Vegetastiyalanuvchi papulalar – serbar kondilomalar. Tabiiy bur-ma-lar soҳalaridagi eroziyalangan papulalar, doimiy ishқalanishlar ta’siridan vegetastiyalanishi mumkin: ularning yuzasi daғallashadi, seroz kleysimon parda bilan қoplanadi, ko’p miқdorda rangsiz treponemalar saқlaydi. Serbar kondilomalar, asosan, anogenital soҳa-lar-da uchraydi. Bu xil papulalar ikkilamchi қaytalama zaxmga xos bo’lib, kasallikning yagona belgisi bo’lishi mumkin.


Differenstial – Psoriasis vulgaris.

tashxisi – Parapsoriasis guttata.

– Lichen ruber planus.

– Mycosis pedum.

– Haemorrhoides.
Pustulez sifilidlar – ikkilamchi zaxmning nisbatan kam uchrovchi klinik ko’rinishi ҳisoblanadi. Odatda ular zaxmning oғir, yomon fe’lli kechishidan darak beradilar. Pustulez sifilidlarning қuyidagi klinik turlari tafovut etiladi: ҳusnbuzarsimon yoki mayda yiringchali, suvchechaksimon yoki yirik pustulez, impetigosimon, ektimasimon, rupioid. Yuza pustulez sifilidlar: ҳusnbuzarsimon, suvchechaksimon va impetigosimon turlari, asosan, ikkilamchi yangi zaxmda, chuқur pustulez sifilidlar (ektimasimon va rupioid) esa ikkilamchi қaytalama zaxmda kuzatiladi. Zaxm yiringchalarining tubini zich infiltratligi, atrofida yalliғlanish kamligi va chegaralan-gani, subektiv kam bezovta etishi va tarkibida treponema topilishi bilan oddiy yiringchalardan ajraladi.

Ҳusnbuzarsimon sifilid қachonki pustulez toshmalar yoғ bezlari va soch follikulalarining teri yuzasiga chiқuvchi қismlarida joylashsa, follikulyar pustulalar ҳosil bo’ladi, ular ҳusnbuzarsimon sifilidlar (acne syphilitica) deb nomlanadilar. Bunday yiringchalar o’tkir yalliғlanmagan, infiltrastiyalangan asosda joylashib, zich қizғish-қo’nғir ҳalқa bilan o’ralgan bo’ladi. Zaxm ҳusnbuzurlari o’rnida chandiқ қoladi.

Suvchechaksimon sifilid (varicella syphilitica) nofollikulyar pustula ҳolida kuzatilib, uning markazi botiқ bo’ladi. Pustula zich papulez infiltrat yuzasida joylashgan bo’lib, bu infiltrat yiringcha chekasidan chiқib turadi. Shu belgisi zaxm tashxisini қo’yishga yordam beradi. Ko’p uchrovchi soҳasi: yuz, қo’llarning bukiluvchi yuzalaridir. Toshmalarning bir-biri bilan қo’shilmasligi, boshқa xil sifilidlarning ҳam bo’lishi, bakterioskopik va serologik musbat javoblar suvchechak yoki қora chechak tashxisining yo’қligini isbot etadi.

Chuқur pustulez sifilidlar zaxm ektimasi (ecthyma syphili-ti-cum) va rupiya (rupia syphilitica) – chuқur nekrotik o’zgarish bilan farқlanadi, zich, o’yilgan chekkalarga ega, tubi infiltrastiyalangan va yiringli-nekrotik қaloқ bilan қoplangan. Ayniқsa rupiyada mas-siv, қat-қat қaloқlar intensiv ҳosil bo’ladi. Toshmalar chandiқ ҳosil қilib bitadilar.


Differenstial – Impetigo streptogenes.

tashxisi – Ecthyma vulgare.

– Acne vulgare.
Zaxmda soch to’қilishi (alopecia areolaris) ikkilamchi zaxmda uchrovchi belgilardan biri bo’lib, asosan, ikkilamchi қaytalama zaxmda uchraydi. Zaxmdagi soch to’қilishining uch klinik turi mavjud: mayda o’choқli, diffuz va aralash. Soch to’қilishlari – terida yalliғlanish belgilari bo’lmasdan, boshning soch қismi, қosh, kiprik, soқol-mo’ylab, қo’ltiқ osti, қov soҳalarida kuzatiladi. Mayda o’choқli soch to’kilishlari to’ғnoғich boshidan 1–3 sm diametrgacha borib, o’rtacha zichlikdagi soch o’choқlarida joylashib kuya tushgan matoni eslatadi. Ko’pincha mayda o’choқli soch to’kilishlari diffuz soch to’қilishlariga sabab bo’ladi. Boshning sochli қismida soch siyraklashadi, o’choқlarda teri yalliғlanmagan, toshmalarsiz bo’ladi. Sub’ektiv bezovta etmaydi. Қoshlarning o’choқli to’kilishi Dare simptomi deb ataladi. Kip-riklarning to’kilishi va қaytadan notekis, zinasimon o’sib chiқishi Pinkus simptomi deb ataladi.

Pigmentli sifilid yoki leykoderma ҳam, asosan, ikkilamchi қay-talama zaxmda kuzatilib, birlamchi bo’lib, soғ teri yuzasida, musta-қil ҳosil bo’ladi, yalliғlanish va yuzasida kepaklanish bo’lmaydi. Toshmalar, asosan, bo’yinning yon soҳalari, ko’krakning old yuzasi, қo’ltiқosti soҳasi, elka kamarlarida, peshonada uchraydi. Toshmalarning o’lchami va shakliga ko’ra, doғli, turli va marmar leykoderma tafovut etiladi.


Қiyosiy tashxisi – Pytiriasis versicolor.

– Leycoderma secundarium.

– Vitiligo (ilova – XXV, XXVI).



Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish