Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi



Download 109,5 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi109,5 Kb.
#15961
UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI

MAVZU № 3

PSORIAZ. KIZIL YaSSI TEMIRATKI. JIBERNING PUShTI TEMIRATKISI.

Tuzuvchilar: dost. ALLAEVA M.d., dost MUSAEVA N.Sh.



TOShKENT - 2013

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:
1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish

2. psoriaz etiologiya va patogenezi

3. Klinika, diagnostika

4. Differenstial diagnostika



5. davolash

6. kizil yassi temiratki- etiologiya, patogenez

klinika, diagnostika.differenstial diagnostika, davolash
7. Jiber pushti temiratkisi etiologiya, patogenez

klinika, diagnostika.differenstial diagnostika, davolash




Ma’ruza №3



PSORIAZ. KIZIL YaSSI TEMIRATKI. JIBERNING PUShTI TEMIRATKISI.
Psoriaz – terining tarқalgan, papulo-skvamoz, surunkali, қaytalanib turuvchi, dunyoning turli mintaқalarida, turli yosh va jins­dagi odamlarda uchraydigan multifaktorli kasallik.

Etiologiyasi. Aniқlanmagan. Nasliy omillar aҳamiyati katta, sababi 40% ҳollarda nasliy anamnezda avlodda, oilada kasallik borligi aniқlangan. Kasallikka olib keluvchi va rivojlantiruvchi omillar қuyidagilar: stresslar, viruslar, bakterial infekstiyalar, moddalar almashuvining buzilishi, immunologik ҳolatining o’zgari­shi va boshқalar. Kasallik patogenezida ҳam turli noaniқliklar mavjud, ma’lum nazariyalar esa terining normal rivojlanishini ta’min etuvchi mexanizmlar blokadalanishi sabablari va buning oқibatida paydo bo’luvchi akantoz, parakeratoz, giperkeratoz, papillomatoz va Munro mikroabsstesslari aniқlanadi.

Klinik ko’rinishi. Psoriaz terida monomorf, epidermodermal tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi. Toshmalar, asosan, boshning sochli қismi, қo’l-oyoқlar va tananing yozuvchi soҳalarida joylashadi. Tugunchalar aniқ chegarali, zich-elastik konsistenstiyali, yassi, pushti-қizғish rangli bo’lib, yuzalari kumushsimon-oқish kepaklar bilan қop­lanadi. Kepaklar tugunchaning o’rtasida paydo bo’lib, kattayib engil ko’chadigan bo’ladilar. Tugunchalar o’lchami turlicha bo’lib nuқtadek kattalikda, moshdek, no’xotdek bo’lib atrofiga o’sish evaziga kattalashib, bir-birlari bilan қo’shilib, yirik-yirik pilakchalar ҳosil қiladi.

Psoriazning klinik kechishida uch bosқich: progressiv, stastionar va regressiv bosқichlari tafovut etiladi. Progressiv yoki boshlanғich o’tkirlanish bosқichiga қuyidagi klinik ko’rinishi xos: yangi, mayda to’қ-қizil rangli tugunchalar ҳosil bo’lishi, mavjud tugunchalarining atrofiga o’sishi, markaziy қismlaridagina kepaklanishlar kuzatilishi, tugunchalar atrofida – "o’sish ҳalқasi" yanada to’қ қizil xoshiyasining bo’lishi va psoriaz uchligi belgisi: stearin doғi, terminal parda va қon shudringi fenomenlari oson chaқiriladi, Kebner (Kebner) fenomeni, ya’ni tashқi ta’sirotga javoban yangi toshmalar vujudga kelishi xosdir.

Bulardan tashқari, bu bosқichda ayrim bemorlarda қichishish ҳissiyoti kuzatiladi. Bu davrda turli stresslar, mikrotravmalar, norastional davo ta’siridan jarayon avjlanib, toshmalar butun teri yuzasini қoplab olishi va psoriatik eritrodermiyasi vujudga kelishi mumkin.

Psoriazning stastionar bosқichida yangi tugunchalar paydo bo’l­maydi, tugunchalar yirik, atrofidagi o’sish ҳalқachasi yo’қ, rangi och-pushti tusda bo’lib, tugunchalar butun yuzasi bo’ylab mo’l kepaklanish kuzatiladi. Tugunchalar yassilangan, atrofida anemik ҳalқa ko’ri­na­di. Psoriaz uchligi to’liқ chaқirilmaydi, ya’ni қon shudringi feno­meni kuzatilishi қiyin. Kebner fenomeni ayrim ҳollarda kuzatil­sa, ayrim ҳollarda kuzatilmaydi. Қichishish kam bezovta etadi.

Kasallikning regressiv bosқichida tuguncha yuzasidagi kepaklanish kam, deyarli yo’қ, tugunchalar esa markazidan so’rilib, ҳalқasimon ko’rinishga kiradilar (psoriasis anularis) yoki atrofidan so’rilib yo’қoladi va o’rnida depigment ҳalқa ko’rinadi. Kebner va psoriaz uchligi fenomenlari manfiy. Tugunchalar so’rilib bo’lgan soҳalarda giper yoki depigmentli yuzalar ҳosil bo’ladi (leucoderma psoriaticum).

Kasallikning paydo bo’lishi yoki avj olishi baҳor-yoz, kimdadir kuz-қish fasllarida ko’proқ kuzatiladi va shunga ko’ra kasallikning yozgi va қishki turlari ҳamda қishin-yozin pala-partish avjlanuvchi kechsa – psoriazning aralash turi ҳisoblanadi.

Ayrim ҳollarda ekssudativ psoriaz (psoriasis exudativum) kuzatiladi. Bu turda to’қ қizil қaloқsimon tugunchalar vujudga kelib, ular yuzasida қat-қat sarғish yoki қo’nғir-jigarrang kepaklanish kuzatiladi, kepaklar ko’chirilsa kuchsiz namlanish o’choғi ko’rinadi.

Kasallikni kam uchrovchi xili – pustulez psoriaz (psoriasis pus­tulosa). Bu xil psoriaz tanada, қo’l-oyoқlarda ҳamda kaft va tovon soҳasi terilarida, odatda psoriaz toshmalari bilan bir қatorda pustulyoz elementlar toshishi, eritrodermiya, ҳarorat ko’tarilishi, et uyushishi, kam қuvvatlilik, leykostitoz bilan kechadi.

Psoriatik eritrodermiya (erythrodermia psoriatica) – psoriazning oғir asoratlaridan biri ҳisoblanib, ko’pincha norastional maҳalliy davodan so’ng kuzatiladi. Bunda psoriatik jarayon terining ҳamma қismini egallab olib, kasallik oғir kechadi, bemor ko’p miқdorda suyuқlik yo’қotadi, ҳarorat ko’tarilib, et uyushadi va kuchli teri қichishishi bezovta etadi. Bu xil bemorlarda yurak va buyrak etishmovchiligi vujudga kelishi xavfi baland bo’ladi.

Psoriaz bilan oғrigan 10% bemorlarda psoriatik artropatiya (arthropathia psoriatica) vujudga keladi. Asosan қo’l-oyoқ panjalarining oraliқ bo’ғinlari, umurtқa poғonasi bo’ғinlari jaroҳatlanadi. Kasallikning ilk belgilari – bo’ғimlarda klinik o’zgarishlarsiz oғriқ kuzatil adi. Keyinchalik kasallik avjlanishi oқibatida bo’ғim­lar shishadi, yuzasidagi teri қizaradi, ҳarakat cheklanadi va oғriқli bo’ladi. Bo’ғimlar borib-borib ҳarakatsizlanib қoladi va bemorlar nogiron bo’lib қoladilar.

Psoriazda tirnoқlar o’zgarishi ko’p uchraydi (onychia psoriatica), nuқta-nuқta botiқlar (angishvona simptomi), tirnoқlarning қalinlashishi va ularning sinishi kabilar kuzatiladi.
Tashxisi


  1. Tugunchalar va xarakterli klinik ko’rinishi.

  2. Psoriatik uchlik simptomi

3. Gistologik tekshirishlar.
Differenstial tashxisi – Lichen ruber planus;

– Dermatitis seborrhoica;

– Rityriasis rubra pilaris;

– Lichen rosea Gibert;

– Morbus Reiter;

– terining zamburuғli kasalliklari;

– eritrodermiya;

– Neurodermitis;

– Syphilis secundaria.
Psoriazning davosi.

Maҳalliy davo:

– Psoriazni davolashda, ayniқsa maҳalliy davolashda kasallikning klinik bosқichini ko’zda tutish kerak va progressiv bosқichda maҳal­liy davosiz yoki faқat indiffrerent yoki steroid malҳamlar buyuriladi.

– Vitamin D- 3 saқlovchi Psorcutan (Daivonex) krem, mazi psoriazni davolashda samarali ҳisoblanmoқda. Jaroҳatlangan teriga, kuniga 2 marta yupқa surtiladi.

– Kortikosteroid mazlari (deksametazon, stelestoderm, lorinden, dermoveyt, klobetazol, nerizona, ftorokort). Kasallikka ijobiy ta’sir 2 ҳaftadan so’ng kuzatiladi. Ularni ikki ҳaftadan ziyod surtish mumkin emas, sababi noxush ta’sirlari (asosan betda) kuzatilishi mumkin (teri atrofiyasi yoki buyrak usti bezi atrofiyasi).

– Ditranol (0.5%, 1%, 2% krem yoki mazlari) tez ta’sir ko’rsatuvchi davo. Maz yoki krem kuniga 1 marta (10 kun mobaynida) yupқa surtib 10, 20, 30 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Shifobaxsh ta’siri, asosan, 15–25 kundan so’ng kuzatiladi.

– 1–3% salistil kislotasi va 3–20% қora moy (konstentrastiyasi kasallik davriga қarab aniқlanadi) saқlovchi mazlar, kotikosteroid mazlari bilan birgalikda yoki ularsiz, kuniga 1 yoki 2 marta surtiladi. Uzoқ muddat foydalanish mumkin.

– Asalari zaxri saқlovchi mazlar – Ungapiven va Helar (chistotel ekstrakti ҳam saқlaydi) ular shifobaxsh ta’sirga ega, teri yalliғlanishi mushak va bo’ғimlar oғriғi bilan kechsa қo’llaniladi. Ular kuniga 2 marta surtiladi, 10–20 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Aso­san, eritropatik psoriazda қo’llaniladi.

Umumiy davo:

– sedativ vositalari; tinchlantiruvchi choylar, brom preparatlari, neyroleptiklar;

– progressiv davrida – antigistamin vositalari;

– vitaminoterapiya (V12 vitamini folievaya kislota bilan birgalikda. Yozgi turida – nikotin kislotasi, teonikol, trental).

Oғir turlarida (tez-tez қaytalashida, 50–80% teri jaroҳatlanganida):

– Sintetik retinoidlar (tigazon, neotigazon). Ular kuniga 0,2–1,0 mg/kg vazn ҳisobida ichiladi. Қabul қilish davomiyligi individual, 1–2 oy va undan uzoқroқ, kuniga 2 bor қabul қilinadi, samarasi kuzatilgach, miқdori kamaytiriladi yoki қabul қilish to’xtatiladi.

– Stitostatik vositalari (metotreksat). Ular, asosan, katta yoshdagi bemorga tayin etiladi. 15 mg dan 1 ҳafta mobaynida (5 mg dan 3 maҳal ҳar 12 soatda). Salbiy ta’siri: jigar kasalligi, tez restidiv berishi қo’zғatilishini yodda tutish zarur.

– Immunoterapiya (timostimulin, T-aktivin, natriy nukleinat, leakadin, immunomodulin va boshқalar).

Bemor immun ҳolati aniқlangach in’ekstiya, tabletka yoki poroshok ҳolida қabul қilinadi.

– Juda oғir ҳollarda immunosupressorlar (Sandimmun) қo’lla­ni­­ladi, yaxshi ta’sir etsada, қaytalashning oldini ololmaydi.

Fizioterapiya:

– Uzun va қisқa (UVA va UBN) to’lқinli ultrabinafsha turlari bilan toblash;

– Fotoximioterapiya, ya’ni fotosensibilizator (psoberan, psoralen, puvalen, lamadin) ichilgandan keyin uzun to’lқinli ultrabinafsha nurlari bilan (PUVA-terapiya) o’tkaziladi.

ҚIZIL YaSSI TEMIRATKI

(LICHEN RUBER PLANUS)

Қizil yassi temiratki surunkali kasallik bo’lib, teri va ko’rinadigan shilliқ pardalarda monomorf papulez toshmalar toshib, kuchli қichishish bilan xarakterlanadi. Ayrim ҳollarda tugunchalar chegaralangan ҳolda oғiz shilliқ pardasi, lab қizil ҳoshiyasida va jinsiy a’zolarda joylashishi mumkin.

Kasallik turli yoshda uchrashi mumkin, shilliқ pardalar jaroҳatlanishi ko’proқ 40–60 yoshlardagi ayollarda uchraydi.

Klinikasi. Terida poligonal shaklli, ko’kimtir-қizғish rangli, o’lchamlari 0,2–1,0 sm diametrli, yassi, қattiқ қichishadigan tugunchalar toshadi. Tugunchalarga chetdan қaraganda, yuzasi mumsimon yaltiroқ bo’lib, markazida kindiksimon botiқ ko’rinib turadi. Ust қismida bir-biriga perpendikulyar joylashgan chiziқchalar ҳam aniқlanadi (Uikxem setkasi). Toshmalar қo’shilib, pilakchalar ҳosil bo’ladi. Ayrim ҳollarda tugunchalar teridan ancha ko’tarilib turadi.

Toshmalarning asosiy joylashadigan soҳasi: қo’l va oyoқ panjalarining yuza қismi, bilakning ichki yuzasi, bilak panja burmasi, tizzaning old yuzasi, oғiz shilliқ pardasi: lunj, til, milk, tanglay, lab қizil ҳoshiyasi va jinsiy a’zolar soҳasi ҳisoblanadi.

Oғiz shilliқ pardasida қizil yassi temiratki turli xil klinik ko’rinishga ega bo’ladi va uning 6 turi tafovut etiladi: tipik, ekssudativ giperemik, eroziv-yarali, bullyoz, giperkeratotik va atipik.

Tipik turining klinik ko’rinishi – o’lchami 2 mm mayda oқish-қo’nғir tusli, yaltiroқ tugunchalar ҳolida kuzatilib, tugunchalar bir-biri bilan қo’shilib to’r, chiziқ-chiziқ, bargsimon shakllarni ҳosil қiladi. Tilda tugunchalar 1 sm gacha pilakcha ko’rinishida bo’ladi va leykoplakiyani eslatadi. Yuzasidagi қo’nғir oқish parda shpatel yordamida қirilsa ko’chmaydi.

Lab қizil ҳoshiyasida қo’shilgan tugunchalar ayrim ҳollarda yulduzsimon shaklga ega bo’ladi. Ko’p ҳollarda қo’shilib yo’l-yo’l kepaklanuvchi pilakchalar ҳosil қiladi. Ko’proқ yuzani қoplasa bemorlar қuruқlash va issiқ, daғal ovқat қabul қilish vaқtida biroz oғriқ ҳis etadilar. Lunj shilliқ pardasida joylashgan tugunchalar tish ildizlari atrofi, til, milk oғiz tubini jaroҳatlaydi, ko’proқ қuyi lab jaroҳatlanadi.

Ekssudativ giperemik turi tipik tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi, toshmalar қizarib shishgan shilliқ pardalarda joylashadi. Bu turi oғriқ bilan kechib, oғriқ, asosan, issiқ, achchiқ, daғal ovқat қabul қilish vaқtida kuchayadi.

Oғir kechib, davolanishi қiyin kechuvchi eroziv-yarali turidir. Bu tur tipik va ekssudativ giperemik turining asorati ҳisoblanib, o’ta yalliғlangan o’choқlarning travmatizastiyasi natijasida vujudga keladi. Bu turida oғiz shilliқ pardasida, labda eroziya, kam ҳollarda yara ҳosil bo’ladi, ular atrofi giperemiyalangan asosda tipik tugunchalar joylashadi. Eroziyalar noto’ғri shaklga ega, fibrinoz parda bilan қoplangan, parda ko’chirilsa oson қonaydi. Ular ҳam mayda va oғriқ rivojlanmagan bo’ladi. Ayrim ҳollarda ko’plab, juda oғruvchi eroziyalar paydo bo’ladi. Bu xil eroziyalar uzoқ muddat, yillab bitmasligi mumkin. Davolash oқibatida eroziyalar bitib, davo to’xtatilgach қayta paydo bo’lishi kuzatiladi.

Eroziv-yarali қizil yassi temiratkining қandli diabet yoki xafaқon bilan birga uchrashini Grinshpal sindromi deb ataladi. Bunday ҳollarda қizil yassi temiratkining kechishi қandli diabet yoki xafaқonga boғliқ, қonda қand miқdori va қon bosimi normallashsa toshmalar regressi kuzatiladi.

Oғiz shilliқ pardasida juda kam uchrovchi atrofik turi eroziv-yarali turning davomi ҳisoblanadi.

Bullyoz turida tipik tugunchalar bilan bir қatorda igna uchidan to loviya kattaligigacha boruvchi pufakchalar kuzatiladi, pufakchalar tomi tarang va қalin bo’ladi. Oғiz shilliқ pardasidagi pufakchalar bir necha soatdan 2–3 kungacha saқlanadi. Ulardan ҳosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va bu belgi bullyoz turini eroziv-yarali turdan farқ қildiradi.

Қizil yassi temiratkining atipik turi, asosan, yuқori lab shilliқ pardasi va u bilan tegib turadigan yuқori jaғ milklarida uchraydi. Yuқori labning markaziy қismida aniқ chegarali, giperemiya o’choқlari kuzatiladi, o’choқlar simmetrik. Bu o’choқlar atrofi shilliқ pardasidan yalliғlangan infiltrat va shish ҳisobiga ko’tarilib turadi, ular yuzasida biroz xiralashgan epiteliy oқish pardaga o’xshab ko’rinadi, u shpatel yordamida қirilsa ko’chmaydi. Ko’pincha o’choқlar yuzasida so’lak bezlari chiқaruv naychalarining uchi kengaygan ҳolatda bo’ladi (ikkilamchi glandulyar xeylit), yuқori lab shishi kuzatiladi. Ko’pchilik bemorlarda yuқori milklar so’rғichlari қalinlashgan, bir­oz shishgan, giperemiyalangan bo’lib, engil ta’sirotdan қonaydi, shpatel bilan engil ishқalansa eroziya kuzatiladi. So’rғichlar yuzasida nozik, oқish to’r ko’rinadi. Bemorlar oғriқ va achishishdan shikoyat etadilar, ayniқsa issiқ, o’tkir ovқat қabul қilish vaқtida oғriқ kuchayadi.

Yuқorida ko’rib chiқilgan қizil yassi temiratki turlari bir-biriga aylanishi mumkin. Қizil yassi temiratki oғiz shilliқ pardasida uzoқ yillar saқlanishi mumkin, bunga somatik ҳamda tish kasalliklari sabab bo’lishi mumkin.



Etio-patogenezi. Oғiz shilliқ pardasida қizil yassi temiratki paydo bo’lishi, uzoқ kechishi, davoga chidamliligi ma’lum darajada bemorda surunkali kasalliklarning borligiga, natijada organizm ҳimoya vazifasining susayishiga olib keladi. Bu borada birinchi nav­batda oshқozon-ichak tizimi kasalliklari, jigar, oshқozon osti bezi ҳolati aҳamiyatga ega. Ayrim kishilarda kasallik bevosita tomir (xafaқon) va endokrin (қandli diabet) patologiyalari bilan boғliқ. Ma’lum darajada oғiz shilliқ pardasining tish patologiyasi tufayli travmatizastiyaga uchrashi sabab bo’ladi. Turli xil metallardan tayyorlangan қoplama tishlar so’lak tarkibiga jiddiy ta’sir etadi, so’lak tarkibida metall zarrachalari kuzatilib, galvanik toklar ҳosil bo’ladi. Bu ҳolat sabab fermentlar ajralishi sekinlashadi, bu ҳam kasallik kelib chiқishida ma’lum aҳamiyatga ega.

Tashxis. Қizil yassi temiratkining tipik xillarda, ayniқsa terida toshma bo’lsa tashxis қiyinchilik tuғdirmaydi. Agar toshma faқat oғiz shilliқ pardasida joylashsa tashxis қo’yish biroz қiyinroқ bo’ladi.

Oғiz shilliқ pardasidagi қizil yassi temiratki klinik ko’ri­ni­shi leykoplakiya, қizil yugirik, zaxm tugunchalari ko’rinishiga o’xshab ketadi.

Leykoplakiyada қizil yassi temiratkidan farқli o’laroқ қo’nғir tusli, sidirғa pilakchali muғuzlanish kuzatilib, o’choқda rasmiga o’xshashlik yo’қ.

Қizil yugirikda o’choқ giperemiyalangan, infiltrastiyalangan, o’choқ yuzalarida mayda nuқta misoli giperkeratoz kuzatiladi, o’choқ markazida atrofiya bo’ladi va bu xil o’zgarishlar қizil yassi temiratkiga xos emas.

Zaxm tugunchalari odatda yirik, dumaloқ suyri shaklli, yuzalari қo’nғir oқish tusli parda bilan қoplangan, қirilsa ko’chadi va tuguncha yuzasidan rangsiz treponema aniқlanadi. Bu xil bemorlar қon zardobida RW musbat bo’ladi.

Eroziv-yarali қizil yassi temiratkini oddiy po’rsildoқ yarasi bilan қiyoslaganda po’rsildoқ yara eroziyalari atrofida tipik tugunchalar bo’lmaydi, ammo eroziya atrofidagi tiklanayotgan epiteliy oқish-perlamutr rangida bo’lib, қizil yassi temiratki tugunchalarning қo’shilganiga o’xshaydi. Bunday ҳollarda bosma-surtma taҳlili o’tkazish kerak. Po’rsildoқ yarada akantolitik ҳujayra aniқlanadi.

Leykoplakiyaning eroziv turida eroziya atrofidagi muғuzlanish o’choқlari rasmi yo’қ bo’ladi va sidirғa pilakcha ҳolida kuzatiladi, atrof shilliқ pardasidan ma’lum darajada ko’tarilib turadi.

Ko’p xilli ekssudativ eritmada shilliқ pardada rivojlangan gipe­remiya, shish kuzatiladi, ular yuzasida esa pufak va noto’ғri shaklli eroziya, fibroz parda bilan қoplangan bo’lib, kuchli oғriқ bezovta қiladi. Eroziya atrofida tugunchalar bo’lmaydi. Jaroҳat 4–6 ҳaftada bitadi.



Prognoz. Kasallik xushfe’l kechadi, ammo uzoқ davom etadi. Ayniқsa, eroziv-yarali turi oғir va uzoқ kechib, bemorlar ovқatlanishi, ҳatto gapirishi oғriқli va қiyin bo’ladi.

Davosi. Patogenetik davo tayin etish uchun bemorlar diққat bilan tekshirilishi shart.

Birinchi navbatda oshқozon ichak tizimi tekshiriladi, қonda қand miқdori aniқlanadi, қon bosimi aniқlanadi, bemorning asab-psixik statusi (ҳolati) tekshiriladi. Oғiz shilliқ pardasida joylashgan қizil yassi temiratki kuzatilsa ҳamma bemorlar oғiz bo’shliғi sanastiya қilinadi: ҳar xil metall қoplamalari olib tashlanadi va rastional protezlash aҳamiyati katta, u medikamentoz davo bilan birga olib boriladi. Bu bemorlarga issiқ, daғal ovқat қabul etish man etiladi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali turida o’tkir va shirin ovқatlar man etiladi.

Kasallikning barcha turida sedativ terapiya, tipik ekssudativ giperemiya turida retinol-astetat, "A" vitamini konstentrati (10 tomchidan 3 maҳal kuniga, 2 oy davomida, 2 oy tanaffus bilan), uzoқ vaқt "V" guruҳi vitaminlari қabul etish, ayniқsa nikotin kislotasi tayin etiladi.

Eroziv-yarali va bullyoz turida prednizolon 20–25 mg kuniga (triamstinolon 16–20 mg, deksametazon 3–3,5 mg), xingamin 0,25 g dan 1–2 marta kuniga, 4–6 ҳafta davomida, nikotin kislota (0,05 g kuniga 3 maҳal ovқatdan so’ng) yoki teonikol 1 tab x 3 maҳal yoki m/o 1–1,5 oy davomida). Prednizolon miқdori 7–10 kunda 5 mg dan kamaytirib beriladi.

Chegaralangan eroziv-yarali turida o’choққa gidrokortizon suspenziyasi yoki prednizolon tayinlanadi. In’ekstiya 3 kunda 1 marta 1–1,5 ml. Ҳar bir eroziyaga bosқichda 8–12 in’ekstiya. Bunday bosқich davo ҳar 3–4 oyda қaytarilib turadi.

Uzoқ bitmovchi yakka eroziyalar bo’lsa, jarroҳlik usulida kesib tashlash yoki kriodesstrukstiya yaxshi natija beradi. Gormonal mal­ҳam­lardan surtish o’tkir yalliғlanishni kamaytirib, eroziyalarni bitkazadi.



Jiberning pushti rangli temiratkisi

(Pityriasis rosea Gibert)
Jiberning pushti rangli temiratkisi tez-tez uchrab turadigan teri kasallik bo’lib, қizil-pushti roeolasimon doғlarni tana terisida paydo bo’lishi bilan kechadi.

Etiologiyasi. Kelib chiқishi aniқlanmagan. Lekin, viruslar va bakteriyalarni kasallik patogenezidagi o’rni ko’p muҳokama bo’lyapti.

Klinikasi. Ayrim bemorlar kasallik ko’zga ko’rinmasdan oldin biroz issiқligi oshganga va darmonsizlikka, kamroқ bo’ғimlarda paydo bo’lgan oғriқlarga e’tibor қiladi. Kasallik terida bitta қizilsimon rangli, oval tangachani eslatadigan (ona pilakcha), kattaligi o’rtacha 3–4 sm keladigan, chegaralari aniқ bo’lgan doғ bilan boshlanadi. Bir necha kun ichida, atrof қismi engil infiltrastiya ҳisobiga sal ko’tariladi, pilakcha markazi esa sariқsimon-pushti bo’lib, usti ғijimlangan papiros қoғoziga o’xshab қoladi va mayda kepaklanish ko’rinadi. Ona pilakcha ko’ringandan 3–4 kun keyin, soni ko’p, mayda pilakchalar (қizcha pilakchalar) asta-sekin paydo bo’la boshlaydi. Tosh­ma­lar odatda ko’proқ tanada, kamroқ oyoқ-қo’llarda, mayda 1–3 mm dan to 1–2 sm gacha kattalikda bo’lib, Langer chiziқlar yo’nalishi bo’yicha joylashadilar. Ayrim bemorlar engil қichishish borligiga e’tibor қiladilar.

Kasallikni davolamasa ҳam 4–6 ҳafta ichida yo’қolib ketadi. Ammo bemor vanna, dush қabul қilib yoki maҳalliy kuchli ta’sirlovchi malҳamlar ishlatsa, yangi toshmalar paydo bo’lib, kasallik uzoқ vaқtga cho’zilishi mumkin.



Tashxisi.

Ona pilakcha, keyinchalik қizcha pilakchalar paydo bo’lishi, ularning joylashishi aniқ tashxis қo’yishga asos.



Differenstial tashxisi.

1.Teridagi zamburuғ kasalliklar (mikroskopik usulda zamburuғ borligi aniқlanadi).

2.Rozeolez zaxm seroreakstiyalar orқali aniқlanadi.

3.Psoriaz (tugunchalar, kuchli kepaklanish, Auspitst uchligi).

4.Toksikodermiya o’tkir kechadi, oғriқ va achishish bo’ladi.

Davosi.

Maҳalliy kortikosteroid yoki indifferent malҳamlarni ishlatish mumkin.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:



Asosiy

1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997

2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004

3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.

5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,

6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.

7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g

8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.

9 Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y

10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.



Қo’shimcha

1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989

2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.

3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989

4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.

Saytы Interneta :

1) www tma uz

2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm

3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l

4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/

5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html

6)www. Skindex . com .

7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm



8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
Download 109,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish