1.
Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning 7 ta
holati mavjud:
1) voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;
2) yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;
3) xonalarni ko‘rish;
4) predmetlarni ko‘rish;
5) xonadagi hujjatlarni ko‘rish;
6) agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ichini ko‘rish;
7) pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish
Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi
uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:
1) tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish;
2) yig‘ilgan hujjatlarni fikra n tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish;
3) voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil
qilish.Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini
aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa
joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi,
so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa
joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish
ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq
qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va
obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on
gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.
1.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyoda tekshirishdan maqsad
Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi.
Voqea joyini ko‘zdan
kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun
katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro
aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish
yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun
ahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va
olingan axborotni sintezlash sifatida ta’riflanadi. Tergovchining voqea joyini
ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib
topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning
fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin. Har bir jinoyat
moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z
aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi,
tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin. Voqea joyini ko‘zdan kechirish
odatda birlamchi tergov harakatlariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga
doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda
ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning
ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga
kirishiga olib keladi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish,
voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni
aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu
bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv
Ko’rsatmalarni hodisa joyida tekshirishdan
maqsad
.
Oldindan berilgan faktlarni tekshirish
va aniqlash.
Ko’rsatmalardagi ziddiyatlarni
toppish soxta ko’rsatmalarni fosh
etish.
Jinoyatni keltirib chiqaradigan
sabablar va sharoitni aniqlash.
Yangi dallilarni topish
o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish
kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin
1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi,
chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa
joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi.
Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari
ana shularga misol bo‘la. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida
bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini
aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl
va usullaridan foydalanadi
2.Voqea joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur
qilish imkonini beradi, tusmollarni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini
o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi. Albatta, hech qanday hujjat tahlili,
bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi,
ana shuning uchun ham avvalgi yillarda sodir etilgan va ochilmagan jinoyatlar
ishlash uchun qabul qilinganida, vaziyat katta o‘zgarishlarga uchragan hollarda ham,
har holda voqea joyida bo‘lish va u bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Juda
ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlang‘ich bosqichiga
xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani,
ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa,
u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi.
Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosligini uning kechiktirib bo‘lmas
xususiyatga egaligi ham tashkil etadi. Aksariyat boshqa dastlabki tergov
harakatlaridan farqli ravishda voqea joyini ko‘zdan kechirish zudlik bilan
o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning o‘zgarishiga, iz va dalillar
yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga
olib kelishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning
taktikasini o‘ylab ko‘rishga, maslahat olishiga yetarli vaqt bo‘lmaydi. U juda tez
harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu
dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi,
yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan
qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha
hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqilona faollikning, maqsadga
muvofiqlikning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka,
ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda
qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali
tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar.
Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning
borishiga
mohirlik
bilan
rahbarlik
qiladilar.Umuman
olganda,
bunday
tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniy kuchlar safarbar etiladi1.
Voqea joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergovchining bo‘lg‘usi
faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga keladi. U voqeaning
xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umumiy tartibini modellashtiradi, yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘nalishni shakllantiradi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan
mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega
bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan
chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish
yuzasidan xushmuomala munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan
voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir.
Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik voqea joyini
ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir. Voqea joyini ko‘zdan
kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab
olish, ilmiy-texnikaviy vositalarni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif
etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh
a’zolarining o‘z vazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi
katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchilarining kasbiy
mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos
kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir
bo‘lishga, xayrixohlik, o‘zini tutish, o‘zaro hurmatni saqlab qolishga tayyorlik,
yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda
tutish zarur. Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar
hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi.Bu ham
muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish,og‘ir-vazmin bo‘lish,
diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda
voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlariga rahbarlik qilish,
zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi. Voqea joyini
ko‘zdan kechirish – tergovchi, surishtiruv organining xodimi, mutaxassislar va
shohidlardan iborat bo‘lgan hamda tergovchi rahbarlik qiladigan murakkab
kompleks faoliyat turidir. Tergovchining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil
topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida
amalga oshadi1. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz.
Faoliyatning bilish elementi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish;
– ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash;
– taxminlar, tusmollarni ilgari surish.
Faoliyatning izlov elementi – jinoyatchining harakatlari tufayli kelib chiqqan
o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish. Tashkiliy element
ko‘zdan kechirish vaqtida tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea
joyining qo‘riqlanishini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni
ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.
Xulosa
Ushbu
kurs ishim mavzusi “Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish
psixologiyasi”.Ushu kurs ishimni asosiy ikki qisimga ajratdim. Voqea sodir bo‘lgan
joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik tavsif berar ekanmiz, bu
maxsus uyushtirilgan, reja asosida olib boriladigan kompleks tadbir bo‘lib, bunda
asosiy rolni tergovchi o‘ynaydi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning
ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin. Ko‘riladigan ishning samaradorligi
va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati
o‘ziga xosdir.Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki
manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va
ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini
aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning
psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi,
so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni
oydinlashtiradi.Shu kabi ko’plab ma’lumotlar yoritib o’tdim. Kurs ishim orqali
ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |