Artterapiya va Logoterapiya haqida tushuncha
Reja:
Terapiya haqida umumiy tushuncha Terapiyaning rivojlanish tarixi
Artterapiya haqida umumiy tushuncha
Logoterapiya haqida umumiy tushuncha
Terapiya lotincha so’z bo’lib, ichki a’zolar degan ma’noni bildiradi. Terapiya fani ichki a’zolar kasalliklari haqidagi fandir.
Kasallik — tashqi va ichki muhitning zararli ta’siri natijasida organizm hayot faoliyatining vaqtincha yoki butunlay pasayishi yoxud yo’qolishiga olib keluvchi jarayondir. Kasallik organizmga ma’lum bir turdagi mikroorganizmlar va bakteriyalar tushishi tufayli hamda bir necha boshqa sabablarning birgalikdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi (me’da shilliq pardasining yallig’lanishi — gastrit, odatda, tartibsiz ovqatlnish, kundalik rejimga amal qilmaslik, chekish, ichish, shuningdek, boshqa a’zolarning kasalliklari tufayli kelib chiqadi). Kassallikning paydo bo’lishi va kechishiga qarshi kurashishda organizmning himoya qilish va moslashish xususiyati katta ahamyatga ega.
Etiologiya deganda, kasallikning paydo bo’lish omillari tushuniladi. Bu sabablar tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi omillar: mexanik (yaralanish, har xil jarohatlanish va boshqalar), fizik (organizmga elektr toki, yuqori va past harorat, yorug’lik ta’siri), kimyoviy (zaharli moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari orqali va boshqalar), biologik (organizmga kirgan zambrug’lar va mikroblar), allergik omillar (allergen — gul changlari, bo’yoqlar, dori-darmonlar va boshqalar). Sotsial sharoit va salbiy hishayajonlar ham kasallik keltirib chiqaradi. Ichki omillarga, masalan, kuyish, anginani keltirish mumkin.
Allergiya — organizm reaktivligi o’zgarib qolishi oqibatida uning turli moddalarga ortiqcha sezgir bo’lib qolishidir. Odam ilgari qaysi omilga duch kelgan bo’lsa, shu omilga ortiqcha sezuvchan bo’lib qoladi.
Immunitet — organizmning ma’lum bir infeksion omilni o’ziga yuqtirmasligi, unga nisbatan qarshilik ko’rsata olishi. U tabiiy— tug’ma yoki orttirilgan va sun’iy bo’lishi mumkin.
Kechishiga qarab o’tkir, yarim o’tkir va surunkali kasallik xillari bo’ladi. O’tkir kechadigan kasallik 4 bosqich (davr)da o’tadi: kasallikning yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri. Biroq, ko’pgina kasalliklarning avj olishi va o’tishida bunday davrlarni aniq ajratib bo’lmaydi. Har bir kasallik ma’lum belgilar, alomatlar bilan namoyon bo’ladi. Bu belgilar simptomlar deb ataladi. Masalan, yo’tal bronxlar yallig’lanishi — bronxit simptomidir. Simptomlar subyektiv (masalan, gipertoniya kasalligida seziladigan bosh og’rig’i) va obyektiv bo’lishi mumkin (yurak parogida stetoskop yoki fonendoskop yordamida yurak eshitib ko’rilganda shovqin borligi ma’lum bo’ladi). Kasallik simptomlari laborator tekshiruv usullarida ham aniqlanadi.
Kasallik xronik tarzda o’tayotganida ahvol yaxshilanib (davo ta’sirida), kasallik simptomlarining vaqtincha susayib qolishi yoki yo’qolib ketishi bilan boradigan jarayon remissiya, ya’ni kasallik takrorlanib turgan davr deb ataladi (masalan, xronik gastritda bo’ladigan remissiya).
Retsidiv, ya’ni qo’zish — kasallik simptomlari bir qadar uzoq vaqt bosilib turgandan keyin yana paydo bo’lishiga aytiladi (meda yara kasalligining retsidivi).
Sindrom — organizmning ma’lum patologik holatini xarakterlab beradigan va umumiy patogenez bilan birlashgan simptomlar majmuasi.
Patogenez — kasallikning kelib chiqish sabablari va rivojlanishini o’rganadi.
Patologiya — kasalliklar, organizmning kasallik holati to’g’risidagi fan.
Hamshiralik jarayoni — hamshiraning bemorga nisbatan uning muammolari va qiyinchiliklarining oldini olish, yengillashtirish, kamaytirish va iloji boricha minimal darajaga tushirish maqsadida amalga oshiradigan ishlari ketma-ketligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |