Etiologiyasi (sabablari): asosan giperxolesterinemiya, gipertoniya, kamharakatlilik, semizlik, qandli diabet, stresslar va irsiy omillarga bog‘liq.
Stenokardiya – уurak mushaklarining kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uning qon bilan yetib kelishi orasidagi buzilishidir.
Klinik belgilari. Stenokardiyaning asosiy belgisi ko‘krak qafasining chap yarmida va to‘sh orqasida chap kurak, chap qo‘l va bo‘yinga o‘tib turadigan qattiq og‘riqlar tutib qolishidir. Og‘riqlar bir necha sekunddan 20 minutgacha va ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin.
Og‘riqlar qisadigan va sanchadigan xarakterga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |