12. Kаsb-kor kаsаlliklаridа hаmshirаlik pаrvаrishi
Kasb-kor kasalliklariga ishlab chiqarishda, mehnat faoliyati davridagi noqulay omillar natijasida organizmning normal yashash faoliyatini izdan chiqaruvchi kasalliklar guruhi kiradi.
Mehnat inson faoliyatining bir turi bo‘lib, kishi salo matligini mustah kamlashda ko‘maklashuvchi, jamiyatda yashash uchun qulay sharoit yaratishda ta’sir etuvchi omil hamdir. Shu bilan birga, ayrim mehnat turlari, ya’ni ish joyidagi noqulay sharoitlar kasb-kor kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bularga misol tariqasida ish joyining texnik jihatdan yaxshi jihozlan maganligi, sanitar-gigiyenik me’yorlarga amal qilin maslik, texnik xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalarni keltirish mumkin. Ishlab chiqarish mahsulotlari va mehnat faoliyatining asoslari ham ishlayotgan organizmga kasallik kelib chiqishida noqulay omil (kasb-kor omili) sifatida ta’sir etishi mumkin.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mahsulotlarini kengaytirish borasida amaliyotda yangi toksik moddalarni qo‘llash, fizik omillarning ta’siri, odam orga nizmiga ta’sir etuvchi omillar (elektromagnit maydon, radioaktiv va lazer nurlanishlar, tebranish, shovqin, chang, namlik, kimyoviy moddalar va b.) turining ko‘payishi va ular ta’sirining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
etiologiyasi.
Ishlab chiqarish changlarining ta’sirini o‘z ichiga olgan kasalliklar (pnevmokoniozlar, changli bronxit va boshqalar).
Ishlab chiqarish muhitining jismoniy ta’sirlarini o‘z ichiga olgan kasalliklar (tebranish kasalligi, kuchli shovqin ta’sirida shikastlanish, tashqi muhitning yuqori va past harorati).
Ishlab chiqarish muhitining kimyoviy ta’sirini o‘z ichiga olgan kasalliklar (o‘tkir va surunkali zaharlanishlar).
Ishlab chiqarishning biologik ta’sirini o‘z ichiga olgan kasalliklar.
Ayrim a’zo va tizimlarning zo‘riqishidan kelib chiqadi gan kasb kasalliklari.
Ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni ning xarakteri, sharoiti, meh natkashlarning funksional qobi liyatiga va sog‘ligiga katta ta’sir ko‘r satadi.
Mehnat turi xavfi va za rarli sharoitiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi:
Mehnat turi va sharoitiga ko‘ra aniqlangan va ta’sir to‘xtatgandan keyin qayta xarakterga ega bo‘lgan funksional o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
Mehnat turi va sharoitiga ko‘ra funksional o‘zgarishlarga olib keladigan va vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘qotib, kasb kasalliklarining yengil formasi vujudga kelishi mumkin.
Mehnat turi va sharoitiga ko‘ra kasb kasalligining xavfli rivojlanishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘qotib, kasal likning yuqori bosqichiga ko‘tarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |