SHarnir-tizginli elastik mufta
SHarnir-tizginli elastik mufta, aylantiruvchi (burovchi) momentni ichi bo‘sh valdan (etaklanuvchi shesternyadan) g‘ildirak juftligiga uzatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, g‘ildirak markazlarining tashqi tomonidan o‘rnatilgan. Aylantiruvchi (burovchi) momentni uzatish mexanizmi konstruksiyasi g‘ildirak juftligi o‘qining aravacha ramasiga nisbatan ko‘pi bilan 35 mm ga maksimal vertikal siljishlariga yo‘l qo‘yadi. Mufta traversa 5, tizginlarni traversa, ichi bo‘sh val va g‘ildirak markazi bilan ulash uchun “barmoqlar” 1 va 2, rezina-metall vtulkalardan (amortizatorlardan) 3 tashkil topgan.
Muftaning etakchi tizginlari bir uchi bilan ichi bo‘sh val barmoqlariga, boshqasi bilan esa – traversa barmoqlariga ulangan. Muftaning etaklanuvchi tizginlari traversani g‘ildirak markaziga ulaydilar.
Teplovoz harakatlanganida (ressora usti qurilmasi tebranishlari, yo‘l egriliklaridagi qiyshayish (kren) va h.k.) ichi bo‘sh val va g‘ildirak juftligi o‘qlarining o‘zaro nomuvofiqligi yuzaga keladi: mufta tizginlari chiziqli va burchak siljishlariga ega bo‘ladilar. Murakkab burchak siljishlarini kompensatsiyalash maqsadida tizginlarning traversa, g‘ildirak markazi va ichi bo‘sh val bilan birikmalarida rezina-metall vtulkalar 3 o‘rnatilgan bo‘lib, ular texnologik zazorlarsiz va muayyan qayishqoqlikka ega bo‘lgan sharnirlar rolini bajaradi.
Har bir g‘ildirak juftligi ikkita muftaga ega. Ichi bo‘sh val chap va o‘ng yuritmasining barmoqlari o‘qlari o‘zaro muvofiq bo‘lib, mufta traversalari taxminan 45 ga burib qo‘yilgan. CHap va o‘ng muftalarning etakchi tizginlari o‘zaro qarama-qarshi joylashgan. Tizginlarning bunday joylashishi aylantiruvchi (burovchi) momentni ichi bo‘sh valdan traversaga va traversadan g‘ildirakka uzatishda shunga olib keladiki, bir mufta tizginlari cho‘zish kuchlarini, boshqasining tizginlari esa – siqish kuchlarini qabul qilib oladilar. Aravacha ramasi va g‘ildirak juftligi o‘qining traversaning chap va o‘ng muftalari uchun bir belgili nisbiy siljishlarida turli tarafga buriladilar. Ichi bo‘sh val va traversaning nisbiy siljishlari nafaqat lokomotivning yo‘lning notekis joylaridan harakatlanganida yuz beradi, balki montajda o‘qlar nomuvofiqligi va ressora osmasining cho‘kkanligiga bog‘liq bo‘lib, bu mufta rezina elementlarining deformatsiyalanishiga olib keladi. SHarnir-tizginli mufta elementlari ishlash jarayonida jadal siljib, ular ko‘p jihatdan ichi bo‘sh val g‘ildirak juftligi o‘qining statik nomuvofiqligiga bog‘liq bo‘lib, rezina-metall sharnirlar buralish qiymatini belgilab beradi. Rezina-metall sharnirlarning xizmat muddatini belgilab beradigan asosiy deformatsiya – buralish burchagidir.
SHunga bog‘liq ravishda aravachani yig‘ish va foydalanish jarayonida ichi bo‘sh val va g‘ildirak juftligi o‘qlarining muvofiqligini kuzatib turish zarur. O‘q va ichi bo‘sh val o‘qlari muvofiqligi tortuv elektr dvigatelini o‘rnatishda rostlanadi (muvofiqlashtiriladi). O‘qlar muvofiqligi mufta etakchi tizginlari barmoqlari va ular g‘ildirak markazida o‘tadigan tirqishlar orasidagi zazorni o‘lchash bilan amalga oshiriladi. Zazorning nominal o‘lchami 402 mm.
Mufta traversasi – ichi bo‘sh val va g‘ildirak markazi o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in – 25LI po‘latidan qattiq detal ko‘rinishida quyilgan. Uning to‘rtta “qulog‘i” bo‘lib, ularga shponkalarda amortizatorlarni tutish valiklari o‘rnatilgan.
Barmoqning o‘rnatish joyidan tashqari barcha yuzasi bilan qoplanib, so‘ng moylanadi. Barmoqning 40 po‘latdan tayyorlangan o‘rnatish yuzasi VDU-3 laki yoki GEN-1150 (V) elimi bilan qoplanib, so‘ng issiqlik usulida 0,09-0,12 mm taranglikda g‘ildirak markazi va ichi bo‘sh val yuritmasi tirqishlariga o‘rnatiladi. Ichi bo‘sh val yuritmasiga o‘rnatilgan valiklar qo‘shimcha tarzda shtift yordamida qotiriladi. YUrish posadkasi bo‘yicha barmoqlarga rezina-metall vtulkalar qo‘ndirilib, ular burilib ketishdan shponka bilan muhofazalanadilar.
Rezina-metall vtulka (amortizator) tashqi va ichki metall vtulkalardan tashkil topib, ular orasida rezina vtulk presslab o‘rnatilgan. Ichki metall vtulka shponka uchun mo‘ljallangan o‘rni(paz)iga ega. Ichki va tashqi vtulkalar qalinligi mos ravishda 5 va 4 mm ga teng. Yig‘ish ishlaridan so‘ng amortizatorning tashqi va ichki yuzasiga uzil-kesil ishlov beriladi. Rezina-metall vtulkalar ikki tavrli 40 po‘latdan tayyorlangan tizgin kallagidagi 100 mm diametrli tirqishga presslab kirgiziladi. Tizgin yaqinidagi tirqishlar o‘qlari orasidagi masofa 271,5 mm.
2.1-rasm. TEP70BSteplovozning tashqi ko’rinishi
2.1-jadval.TEP70BS teplovozning asosiy xarakteristikalari
O‘q formulasi
|
3o-3o
|
Quvvati, kVt (ot kuchi)
|
2942 (4000)
|
Konstruktiv tezligi, km/soat
|
160
|
Javomli rejimdagi tortuv kuchi, kN (t.kuch)
|
167 (17)
|
Elektr tormozlash quvvati (tortuv motori valida), kVt
|
3200
|
Hizmat og‘irligi, t
|
135±3%
|
Aylanish yuzasi bo‘yicha g‘ildirak diametri, mm
|
1220
|
Nominal quvvati (poezd elektr ta’minoti uchun uzatiladigan), kVt
|
600
|
Do'stlaringiz bilan baham: |