Agar mulk (aktiv) qarz oluvchining aybi bilan o‘zining o‘lchov qiymatini yo‘qotsa, u holda qarzdor mulkning holati uchun javob beradi va qarzning barcha summasini qaytarishi lozim bo‘ladi. Agar shartnoma muddati tugashi bilan qarz qaytarilmasa, u holda garovga oluvchi yoki kreditor qarzni undirish uchun garov mulkini sotishni talab etish huquqiga ega bo‘ladi. Agar mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni qoplamasa, mijoz baribir qolgan summani to‘lashi shart. YOki aksincha, sotishdan ortgan daromad mijozga – mulk (aktiv) egasiga qaytarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |