Tennischilarning jismoniy tayyorgarligi



Download 1,47 Mb.
bet1/7
Sana03.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#632033
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tenis texnikasi


Tennis

Reja:


  • Bir qo‘llab chap tomondan zarba berish

  • Oshirib berish haqida quyidagilarni bilishingiz kerak:
  • Tennischilarning jismoniy tayyorgarligi


Keyingi yillarda mamlakatimizda tennisni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Qisqa vaqt ichida xalqaro standartlarga javob beruvchi ajoyib tennis bazalari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Guliston va boshqa shaharlarda qad ko‘tardi. Ularda turli darajadagi — o‘smirlar musobaqalaridan to jahon miqyosidagi turnirgacha bo‘lgan xalqaro musobaqalar o‘tkazilyapti. Bu sohani yanada kengaytirish va moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilgan.
Tennis — jahonda eng keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, uni deyarli barcha mamlakatlarda o‘ynashadi. Xalqaro tennis federatsiyasi (XTF) dunyoning barcha burchaklarida bu o‘yinni rivojlantirishga doimiy yordam berib keladi.
Tennis o‘yini uchun tennis kortlari, sport zallaridagi maydonchalar, betonlangan, asfaltlangan maydonchalar yoki oddiy, tekis, qattiq yer maydonidan foydalanish mumkin. Yuza chiziqlarining tashqi chegarasidan joy qolishi (2 m), kortlar orasida esa 1—2 m masofa bo‘lishi maqsadga muvofiq. O‘yin o‘tkazish uchun tennis to‘ri bo‘lmagan paytda badminton uchun mo‘ljallangan to‘r yoki arqon yo unga o‘rnatilgan lentalardan foydalanish mumkin. Tennis to‘rining balandligi markazida 96 sm, ustunlari esa 108 sm bo‘lishi kerak.
Tennis o‘yini uchun raketkaning uzunligi 45—65 sm (18— 26 duym) bo‘lishi kerak. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan turli o‘lchamdagi bunday raketkalarni Slazenger, Dunlop, Wilson, Vonex va boshqa mashhur firmalar ishlab chiqaradilar.
Endigina o‘rganayotganlar oddiy yog‘och raketkadan foydalanishlari mumkin. Ko‘p tennischilar hali jismonan va psixologik jihatdan tayyor bo‘lmay turib, o‘yinda tezda yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqchi bo‘ladilar. Ular shoshqaloqlik qilib bunday natijalarga erishish uchun zamonaviy asbob-uskunalar, raketkalar, to‘rlar, poyabzal, kortlar zarurligini unutib qo‘yadilar.
Raketkalar. Aylanasining o‘lchamlari (kvadrat) duymlar yoki (kvadrat) santimetrlarda beriladi (an’anaviy o‘lchov — 96—115 kvadrat yoki duym, „Oversayz“ — 116 kvadrat va undan katta). Barcha raketkalar to‘rsiz: ekstra-yengil (XL) — 12 unsiyadan kamroq; yengil (L) — 12,0—12,5 unsiya; o‘rta yengil (LM) — 12,51—13 unsiya; o‘rtacha (M) — 13,0—13,5 unsiya; og‘ir (H) — 13,51 unsiya va undan ortiqroq. Zamonaviy raketkalarning ko‘pi XL va L kategoriyalariga to‘g‘ri keladi. Ular dibroglasdan, grafitdan ishlanadi. Shuningdek, alumin raketkalar ham bo‘lib, ular juda sifatlidir.
Tennis raketkalari tutqichi 8 qirrali va bir necha o‘lchamda ishlab chiqiladi (4 dan 5 duymgacha). Ushlaydigan joyining o‘lchamlari tutqichda ko‘rsatilgan bo‘lib, u 0 dan 8 raqamgachadir. Bu 1/4—1/8 duymga va h. k. to‘g‘ri keladi. To‘rlar tabiiy materiallardan (qimmatbaho, nozik, namlik tez ta’sir qiladi), sintetik materialdan (uzoqroqqa chidaydi, namlik, zax ularga kamroq ta’sir qiladi) tayyorlanishi mumkin. Raketka qanchalik tarang tortilgan bo‘lsa, o‘yinchi to‘pni shunchalik aniq ura oladi va kam kuch sarflaydi. Raketka bo‘sh tortilgan bo‘lsa, o‘yinchi ko‘p kuch sarflaydi.
Poyabzal. Poyabzal oldinga, orqaga va yonga harakat qilish uchun tayanchli va qulay bo‘lishi kerak, shu bois u sifatli bo‘lishi bilan birga, mustahkam va uzoq muddat yaroqli bo‘lishi lozim. Poyabzalning tagi va fasoni kort yuzasiga mos bo‘lishi zarur. Masalan, tagcharmi „archa“ shaklli poyabzal yerda o‘ynash uchun eng yaxshi hisoblanadi, „radial“ shakllisi esa barcha qoplamalar uchun yaxshi. Yumshoq rezina material qulay, ammo chidamli bo‘lmaydi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish