Temuriylar Davrida yashagan tarixchi olimlar Reja: Temuriylar davri. Аmir Tеmur to`g`risidа jаhоn tаriхshunоsligi


Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri hоzirgi dаvr tаriхchilаri аsаrlаridа



Download 23,79 Kb.
bet3/3
Sana20.03.2022
Hajmi23,79 Kb.
#503208
1   2   3
Bog'liq
Temuriylar Davrida yashagan tarixchi olimlar

Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri hоzirgi dаvr tаriхchilаri аsаrlаridа
Sohibqiron Kesh shahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar "Qubbat ulilm valadab" ("Ilm va adabning gumbazi") deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 yillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
14-asrning oxiri — 15-asrlarda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan.
Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan.
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Mac, 1410-yil Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432-yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarkand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan.
Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
15-asrda Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton [[Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band — suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan.
Movarounnahr va Xurosonning T. davri binokorligida shifoxonalar, hammomlar va istirohat bogʻlari alohida oʻrin tutadi. Bunday inshootu istirohat maskanlari Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqsa 8—9-asrlardayoq qad koʻtarib, 15-asrda esa Samarqand, Buxoro, Gurganj, Toshkent, Marv, Hirot, Gʻazna, Ray, Hamadon va Isfahon kabi Sharqning nufuzli shaharlarida barpo etilgan. Mana shunday shifoxonalardan biri temuriy malikalardan Mulkat ogʻo tomonidan qurilgan Dor ushshifoga mavlono Darvishali bosh hakim etib tayinlangan. Barcha muolaja ishlari unga topshirilgan. Shifoxonalarda maxsus dorixonalar boʻlib, doripazlar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berganlar. Bu davrda Hirot Dor ushshifosi, ayniqsa kahhollari (okulist) gʻoyat shuhrat topgan. Navoiyning inoyati bilan yetishib chiqqan Gʻiyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulhay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muʼin kabi mashhur tabiblar uzoq vaqt faoliyat koʻrsatganlar. Umuman, Navoiyning homiyligida 12 ming tolibi ilm, olim, tabib, shoir, muzahhib, musavvir, zargar, duradgor va binokorlar kamol topgan.
15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. "Zubdat attavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat ussafo" va Xondamir "Habib ussiyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi.
T.davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfip va boshqa yashab ijod qiladilar. Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Lutfiyning "Zafarnoma" va "Gul va Navroʻz" dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yezdi.
Bu davr badiiy adabiyoti taraqqiyotida Abduraqmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning xizmati gʻoyat buyukdir.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tish kerakki 15-asr va 16-asr boshlarida T.da tasviriy sanʼat ham taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqk,osh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan. Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, [[Husayn Boyqaro, Bobur va Shayboniyxon portretlari saqlanib qolgan.
Adabiyotlar
1. Amir Temur jahon tarixida. BMT. YUNESKO. Parij, 1996, - B. 119-128, 256-293. 2. Hayetmetov A. “Ma‟naviyat yulduzlari” – T., 2001. – B. 220. 3. Boboyev X.B. Amir Temur va temuriylar saltanati. – T.: Kamalak, 1996. – 200 b. 4. Azimov E. Amir Temur saltanati. – T.: Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1996. –88 b. 5. Axmedov B. Temur tuzuklari haqida ikki og„iz so„z // Sharq yulduzi. – T. 1989. - №8. – B. 132.
Download 23,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish