Temuriylar davri tarixi tarixshunosligi reja temuriylar davlatlari davrida tarixiy bilimlar. Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba’i ulus»


Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba`i ulus» asari



Download 33,71 Kb.
bet2/9
Sana31.05.2023
Hajmi33,71 Kb.
#947042
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
temuriylar davri tarixi tarixshunosl

2. Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba`i ulus» asari.
«Tarixi arba` ulus» Mirzo Ulug`bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan ishtirokida 1425 yilda yozib tamomlangan. Unda XIII-XIV asrlarda Mo`g`ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar (Mo`g`uliston, Koshg`ar, Yettisuv o`lkasi, Movarounnahr, Dashti Qipchok va h.k.)ning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan.
«Tarixi arba` ulus» yoki «Ulusi arba`yi Chingiziy» («Chingiziylarning to`rt ulusi tarixi»)ning o`zbekcha nashri 1994 yili Toshkentda amalga oshirilgan (tarjimonlar: B.Ahmedov, N.Norqulov va Hasanov M.).
«Tarixi arba` ulus» muqaddima va to`rt qismdan iboratdir.
Muqaddima o`rta asrlarda tarixshunoslar o`rtasida hukm surgan an`anaga ko`ra, islomiyatdan avval o`tgan payg`ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, tukr-mo`g`ul qabilalari hamda Chingizxon (1206-1227) tarixi bayon etilgan.
Asarning birinchi qismi Ulug` uyrt, ya`ni Mo`g`iliston va Shimoliy Xitoy tarixi, Ugadaxon (1227-1241) davridan to Ariq bug`a (1328)ning avlodi, O`rdoyxon zamonigacha yuz bergan voqealarni o`z ichiga oladi.
Asarning ikkinchi qismida Jo`ji ulusi, ya`ni Oltin O`rda tarixi, Jo`jixon (1227 yili vafot etgan) davridan to Muhammadxon (1419-1420, ikkinchi bor 1427-1433)ning zamonigacha kechgan voqealar bayon etiladi.
Uchinchi qism Elxoniylar, ya`ni Eron hamda Ozarbayjonning XIII-XIV asrlardagi tarixini o`z ichiga olgan. To`rtinchi qismda Chig`atoy ulusi (Koshg`ar, Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg`oniston)ning XIII-XIV asrdagi tarixi bayon etilgan. Muallif Chig`atoy ulusida hukmronlik qilgan har bir xon haqida alohida, qisqacha to`xtalib, ularning davrida sodir bo`lgan voqealardan eng muhimlarini tilga oladi.
Asarning ayrim qismlari, xususan uning so`nggi, to`rtinchi qismi, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Muqaddimayi zafarnoma»siga ko`p jihatlari bilan o`xshab ketadi. Lekin «Tarixi arba` ulus» birmuncha to`laroq. Bundan tashqari, unda to`rt ulus o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, eng muhimi, «o`zbek» etnonimining kelib chiqish vaqti haqida qimmatli ma`lumotlar uchratamiz.
Xullas kalom, Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba` ulus» asari O`rta Osiyo va Kozog`istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini o`rganishda, xususan Chig`atoy ulusi tarixini bilishda muhim manbalardan biri hisoblanadi.
XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan muarrixlar uchun ham Ulug`bekning bu asari asosiy manba bo`lib xizmat qilgan1.

Download 33,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish