1. O‘qituvchining kirish so‘zi
tekis ko‘pburchak to‘g‘ri chiziq atrofida aylanayotgan deb faraz qilaylik. Bunda uning bu to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan har bir nuqtasi markazi bu to‘g‘ri chiziqda bo‘lgan aylanani yasaydi. Butun ko‘pburchak, to‘g‘ri chiziq atrofida aylanib biror aylanish jismini yasaydi.
(23-chizma)
to‘g‘ri chiziq bu jismning o‘qi. Aylanish jismini berish uchun uning o‘qi va berilgan jismni hosil qiladigan figurani berish yetarli. «Aylanish figurasi» va «aylanish jismi» tushunchalarini farqlash lozim. Har qanday figura ham jism bo‘la olmaydi. Masalan, doira, xalqa, sfera aylanish figuralari, aylanish jismlari emas. Turli aylanish figuralari orasidagi munosabatni sxema bilan tasvirlash mumkinligi aytib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |