1. Didaktik o‘yinli darslar. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi
2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
3. Shaxsning o‘z iqtidori bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi.
4. Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘qri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
5. O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq -atvorni egallash kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
6. Shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy ma’naviy — madaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e'tibor qaratiladi.
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi:
1. Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o‘yin ishtirokchilari rollarni vazifalarni tanlash o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi nazarda tutiladi).
2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar).
3. O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual so‘ngra guruxli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari bundan tashkari sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
4. O‘qituvchi didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
1. Didaktik o‘yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
2. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi.
3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob - axloq normalariga mos kelishi.
4. O‘yin tuzilishi mantiqiy ketma - ketlikda bo‘lishi.
5. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi, eng kam vaqt sarflangan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o‘yinli darslarning tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |