"temur tuzuklari"



Download 76,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.06.2022
Hajmi76,94 Kb.
#631514
  1   2
Bog'liq
Temur tuzuklari - Olimova Nafisa



Temur tuzuklari
Qomuslar jamlanmasi, Amir Temurning
asari
"TEMUR TUZUKLARI"
— Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi
tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning
"Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida
"Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy
olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor.
Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati,
uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi,
markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya
va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I
Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy
tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda
bayon etilgan.
Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va
oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va
vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari,
sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining
burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan
alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.


Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat
qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda
bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik
yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki
Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy
Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan
va 1610-yil Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy
nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy
Turbatiy forscha tarjimani 1637-yil boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan.
Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda
yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652-yil) huzuriga
chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si
va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va
kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir
Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi,
toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti
Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab
nusxalar koʻchirilgani maʼlum.
Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil asar vujudga
kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.
"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda
Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun
topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni
inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi
1783-yil Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.
Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temur"
nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab
shaharlarida, mas., 1785-yil Kalkutta, 1868, 1963 va 1992-yillarda Tehron, 1890-yil Bombeyda
chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.
Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga
oʻgirgan tarjimasi 1787-yil Parijda nashr qilindi.
1892-yil L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent
gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.
1968 va 1992-yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop
etildi.


"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi
nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967-yil Toshkentda "Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek
tiliga tarjima qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq
chop etilmaganligining sababi va 1989-yil oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B.
Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: "...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi
rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati
natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd
etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, mas.,
ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi
nomlari, joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy
shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989-
yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini "Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop etilgan forscha
matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek
sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida (Toshkent, 1989,
8son), soʻngra alohida kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat
nashriyotida nashr ettirdi".
Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785-yil Kalkutta, 1868-yil Tehron va 1890-yil Bombey
nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha
farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon
davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra
Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967-yilda
boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi
koʻzlangan.
Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991-yil Boku va Olmaotada
ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996-yil
asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.
1999-yil sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors
tilidan rus tiliga tarjima qildi.
"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq (Bombey, 1908)
taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.
"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida
qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga
tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va
koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi


toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temur"ning yuqorida
eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday
yozgan: "Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu
tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga
binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda)
topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan
ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga
muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi
bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri
Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830-yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning
qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan
bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.
1830-yil Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib
chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat
yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh
saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi.
Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670-yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal
alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan
aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asaridan olinganligiga ishonch hosil
qilish mumkin.
Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning
"Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan yangi asar vujudga keldi
va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida
saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki
Temuriy" dan farqli oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti
Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi
asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan
kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi.
Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan
bir muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq
mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik
koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991 ya 1996-yil nashrlari soʻz
boshida ham bor.
"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830-yil Angliyada Charlz Styuart uni
ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.


19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga qilingan 3 tarjimasi
paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836-yil
Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif
amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha
voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik intida
saqlanmoqda.
Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki Temuriy" nomi
bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot" nomlari bilan maʼlum boʻlgan
Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa
SanktPeterburg shahrida M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy
kutubxonasida saqlanmoqda.
Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi
N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida "Malfuzot"ning
turkiy matnini 1891-yil Toshkentda nashr etdi.
N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894-yil
Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934-yil Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan
Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr etildi.
1992-yil Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan
holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning
oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi.
Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi tarjimalari asosida,
soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan
"Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur"
("Malfuzoti Temuriy") kitoblari chop etildi.
Temur tuzuklari [forschadan Alixontoʻra Sogʻuniy va Habibulla Karomatov tarjimasi],T., 1991,
1996; Karomatov H., "Temur tuzuklari"ni Oʻzbekistonda oʻrganish muammolari (Temuriylar
davri madaniy yodgorliklari), T., 2003.
Habibulla Karomatov.

Download 76,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish