Temur tuzuklari



Download 142,76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2020
Hajmi142,76 Kb.
#35035
Bog'liq
Temur tuzuklari - Vikipediya


Temur tuzuklari

"TEMUR TUZUKLARI" - Amir Temurning

harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot

beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va

"Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan.

Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi

ekanligini eʼtirof etadigan olimlar

koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida

"Temur tuzuklari"ning inglizcha

tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar,

mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin


Somiy, qoʻlyozmalarning yirik

tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham

bor. Boshqa bir guruh olimlarning

fikricha, asar 16—17-asrlarda

Hindistonda yozilgan.

Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda

Amir Temurning tarjimai holi,

ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning

Movarounnahrda markaziy hokimiyatni

qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka

barham berishi, markazlashgan davlat

tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron,

Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va

Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin

Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni

Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy



yurishlari, ulkan saltanatini

mustahkamlash uchun turli ijtimoiy

tabaqalarga nisbatan qanday

munosabatda boʻlganligi buyuk

sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon

etilgan.


Ikkinchi qism mashhur jahongirning

farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat,

pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat.

Unda davlatni idora etishda kimlarga

tayanish, toju taxt egalarining tutumi va

vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini

tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib

borish qoidalari, sipohiylarning maoshi,

mamlakatni boshqarish tartibi, davlat

arboblari va qoʻshin boshliklarining burch



va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa

mansabdorlarning toju taxt oldida

koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash

yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.

Asar Amir Temur davridagi oʻzbek

davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy

manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur

tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda

qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda

bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk

hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar

Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning

kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar

bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz

boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir

Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy



Makkai mukarrama va Madinai

munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni

oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y.

Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors

tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy

nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar

va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan.

Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637

y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628

—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima

bilan tanishib chiqib, unda ayrim

noanikliklar va kamchiliklar topgan

hamda yirik olim, Dekan viloyatining

qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni

(vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib,

mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar,

xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning


"Zafarnoma"si va shunga oʻxshash

muhim manbalarga solishtirib chiqish va

shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va

kamchiliklarni bartaraf qilishni

topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy

koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib

alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat

bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning

yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va

u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning

aytganlari") va "Voqeoti Temuriy"

("Temurning boshidan kechirganlari")

nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan

koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.

Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida

"Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil



asar vujudga kelgan va ularning keyingi

asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos

tafsilotlar bor.

"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab

Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor

Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan.

Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori

Uaytga uni koʻrib chiqish uchun

topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning

forscha matnini nashrga tayyorlagan,

mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan

va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan.

Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y.

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida

nashr etilgan.


Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga

keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki

"Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat

topgan. Oksford nashri keyinchalik hech

bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab

shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta,

1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890

y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar

koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta

Osiyoga ham tarkalgan.

Uayt va Devi nashr etgan forscha

matndan taniqli sharqshunos L.

Langlening fransuz tiliga oʻgirgan

tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.

1892 y. L. Langlening fransuzcha

nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida



Toshkent gimnaziyasining bir guruh

talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.

1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov

yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P.

Ostroumov nashri chop etildi.

"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri

aso’ sida chiqarilgan toshbosma va

keyingi nashrlaridan biri asosida

Alixontoʻra Soguniy 1967 y. Toshkentda

"Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima

qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning

faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq

chop etilmaganligining sababi va 1989 y.

oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima

xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha

fikr bildirgan: "...Oʻsha vaqtda



jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi

rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish

tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon

munosabati natijasida Alixontoʻra

Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib

chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq

lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi

kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda,

mas., ayrim jumlalarning tashlab

ketilgani aniklangan, asl matndan chetga

chiqish hollari mavjud; kishi nomlari,

joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda

gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar,

tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar,

turli atamalar va ularning sharhlari erkin

talqin etilgan. 1989 yilda Alixontoʻraning

oʻsha nashrini "Tuzuki Temur" ning


Bombeyda chop etilgan forscha matniga

solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir

tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek

sharqshunosi Habibulla Karomatov

hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida

(Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida

kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom

nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida

nashr ettirdi".

Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon

Beruniy nomidagi Sharqshunoslik

instituti qoʻlyozmalar fondida

saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y.

Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A.

Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan.

Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha



farqlangani bois Bombey nashri asosida

qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir

qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir

Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga

intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari

hurmat yuzasidan yangi tarjimada

1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967 yilda

boshlangan xayrli ishni nihoyasiga

yetkazib, marhum domlaning ruhi

poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.

Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop

etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va

Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning

qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima

kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning


yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop

etildi.


1999 y. sharqshunos Hamidulla

Karomatov asarni Bombey nashri

asosida 1marta bevosita fors tilidan rus

tiliga tarjima qildi.

"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi

(Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq

(Bombey, 1908) taraflaridan amalga

oshirilgan urducha tarjimalari ham

mavjud.

"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan



Devi va Uayt nashri dunyoning turli

burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan

va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois


jahonning koʻplab tillariga tarjima

qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti

Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan

va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga

nisbat beriladigan asar nusxasining

yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi

Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida

"Tuzuki Temur"ning yuqorida eslatilgan

ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining

soʻz boshlarini oʻrganish asosida

shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur

malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy

tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan

fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi

(Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga

binoan, Muhammad Afzal Buxoriy

tomonidan tayyorlangan nusxalar


nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu

hol shu zaylda davom etdi". Ulardan

1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan

ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul —

musulmon sultonlari nabiralarining

biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu

boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy

nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan

ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi

ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz

generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi.

Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib

keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli

tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir

Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis

qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini

oxirgi yiligacha hikoya qilardi.


1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan

yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga

keltirilgach, tanishib chiqib, bir

tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi.

Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat

yuritgan Temuriy sultonlar davlati

hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon

davrida podshoh saroyida xizmatda

boʻlgan mansabdor shaxslardan biri

Muhammad Afzal alBuxoriy edi.

Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani

u 1670 yilda amalga oshirgan.

Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz

tarjimasining muqaddimasida ishorat

qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga

kiritilgan aksar qoʻshimchalar,

Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"


asaridan olinganligiga ishonch hosil

qilish mumkin.

Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy

qayta ishlagan va Sharafuddin Ali

Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida

toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb

nomlangan yangi asar vujudga keldi va

tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari

bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida

saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari

kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari

ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli

oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora

qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti

Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va

boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan



tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla,

gohida noqis nusxalarida xattotlar

tomonidan oʻzboshimchalik bilan

kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi

nusxalarda boʻlmagan voqealar

tafsilotlari ham uchraydi. Bundan

tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni

"Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy"

nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib

yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va

baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq

qoʻlyozmalarining chop etilgan

kataloglarida ham shunday chalkashlik

koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik

"Temur tuzuklari"ning 1991 ya 1996 y.

nashrlari soʻz boshida ham bor.



"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar

amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada

Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi.

Unda Amir Temur hayotining 39

yoshigacha boʻlgan voqealar aks

ettirilgan.

19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti

Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga

qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi.

Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan

maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836 y.

Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning

buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon

Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima

fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va

Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari



keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma

SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik

intida saqlanmoqda.

Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf

arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki

Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va

yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot"

nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon

Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar

Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa

SanktPeterburg shahrida M. Ye.

SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya

davlat milliy kutubxonasida

saqlanmoqda.

Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor

eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus



sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston

generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy

yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini

1891 y. Toshkentda nashr etdi.

N.P. Ostroumov nashri asosida

"Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin

tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga

tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus

olimi V.A. Panov tomonidan

Ostroumovning mazkur nashri asosida

"Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr

etildi.


1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos

Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov

nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali

Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy



matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning

oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan

erkin tabdilini amalga oshirdi.

Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda

amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi

tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda,

Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H.

Boboyev, A. Quronbekov tomonidan

"Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga

"Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda

"Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy")

kitoblari chop etildi.

Temur tuzuklari [forschadan

Alixontoʻra Sogʻuniy va Habibulla

Adabiyot


Karomatov tarjimasi],T., 1991, 1996;

Karomatov H., "Temur tuzuklari"ni

Oʻzbekistonda oʻrganish muammolari

(Temuriylar davri madaniy

yodgorliklari), T., 2003.

Habibulla Karomatov.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Temur_tuzuklari&oldid=2067

350

" dan olindi 



  So‘nggi tahrir 2 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 142,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish