Zahiriddin Muhammad Bobur
Bobur Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 14-fevral 1483 – 26-dekabr 1530 — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.[1] Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biridir. Uning she'rlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli bo'lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).
Movarounnahr 15-asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi.
Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi.
Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi.
Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |