1 Макаренко А.С. О воспитании. //Золотой фонд педагогики.- М.: Школная пресса, 2003,- 192 с.
1-rasm. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifat va samaradorligini ta'minlovchi ilmiy prinsiplar
- ta'lim tizimlarida faoliyatning o'ziga xosligini ajratish, u shundan iboratki, bunda uning qonuniyatlari kattalar va bolalarning birgalikdagi faoliyati nuqtai nazaridan yanada to'laroq ochiladi hamda pedagog va bolaning o'zaro muloqoti, hamkorligi bilan bog'liq subyekt - subyekt munosabatlarida aniqlashtiriladi.
Ta'lim jarayonida bolani riojlantirishning potensial imkoniyatlarini amalga oshirishga qaratilgan psixik rivojlanish bo'yicha o'qitishning yetakchi roli haqidagi qoida va unga asoslangan rivojlantiruvchi o'qitish nazariyasi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalikning o'z qiymati, uning insonni yanada rivojlantirishning ilk asoslari shakllanishining noyob davri sifatidagi ko'chmas ahamiyati, uni ro'yobga chiqarish har bir yoshdagi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlariga javob beruvchi shart-sharoitlarni yaratish zarurligini va bolalarning o'ziga xosligini hisobga olishni taqozo otadi. Bu shart-sharoitlarning jami barcha asosiy yo'nalishiar ho'yicha ya'ni jismoniy, idrokiy, ijtimoiy, badiiy-estetik rivojlanish bolani to'laqonli va yaxlit rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan bo'lishi kerak.
Ijtimoiy-madaniy tajribani ijodiy o'zlashtirish konsepsiyasi. U yoki bu faoliyatni egallashda shakllanadigan va rivojlanadigan har bir bolaning ijodiy imkoniyatlarini eng ko'p darajada ochish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligini asoslaydi.
O'qitishning shaxsga yo'naltirilgan modelida o'z aniq mujassam ifodasini topgan ta'limni insonparvarlashtirish g'oyasiI. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim jarayoni sifatini t.akomillashtirish muammosiga tatbiqan bu g'oya quyidagi qoidalar orqali taqdim qilinishi mumkin:
bola shaxsini rivojlantirish ta'lim jarayoni sifatining va uning natijalarming bosh mezoni bo'lishi kerak;
sifatga yo'naltirilgan ta'lim bolaning o'ziga xosligini qo'llab-quwatlash asosiga qurilishi kerak;
ta'lim mazmunini ishlab chiqishda umuminsoniy qadriyatlar hamda jahon va mamlakat madaniyati qadriyatlarining ustuvorligi e'tirof etilishi;
faoliyat mazmunini, usullarini tanlashda bola ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalar bilan pedagogik ishni tashkil qilishda pedagogga mustaqillik berish, bir vaqtning o'zida sifatli ta'lim uchun uning mas'uliyatini oshirish.
Tadqiqotimizning obyekti va predmeti murakkab kategoriyalar jumlasiga kirganligi sababli ularning mohiyati va mexanizmlari sistemologiya, sinergetika, boshqaruv nazariyasi, kibernetika, kvalimetriya, pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni jalb qilgan holda o'rganildi. Bu fanlarga oid bilimlarga tayanish quyidagi yondashuvlarning yig'indisi sifatida maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashning metodologiyasini integral tasawur qilishga imkon berdi: kibernetik, tizimiy, tizimiy-genetik, majmuaviy, sinergetik, markazda inson turuvchi, dasturiy-maqsadli, kvalimetrik, vaziyatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |