TEMIR YO‘LLARI VA UNING XALQ XO‘JALIGIDAGI O‘RNI
Reja:
1.Temir yo‘llarning rivojlanish istiqbollari.
2.Temir yo‘l tarmoqlari.
3.Quvib o‘tish yo‘llari.
4.Temir yo‘lidagi qurilmalar.
Tayanch so‘zlari: harakat tarkibi, yo‘l tuzilishi, yuk qurilmasi, yuk stantsiyalari, blokirovka, signal, texnik jixozlar, quvib o‘tish yo‘llari.
Temir yo‘llarning rivojlanish istiqbollari Dunyoda birinchi bo‘lib metal relslar 1764 yili rus gidrotexnigi K.D. Frolov tomonidan Oltoydagi qazilma konlarida rudani tashishda qo‘llanilgan. Temir yo‘l tarixiga nazar tashlasak, O‘zbekiston hududida temir yo‘llarning rivojlanish tarixi 1874 yildan boshlanib, u vaqtda maxsus komissiya temir yo‘lning Orenburg-Toshkent tarmog’ini qurish zarurligini tan oldi. Biroq keyinchalik qaror o‘zgartirildi – birinchi po‘lat magistral Toshkentni Kaspiy dengizining sharq qirg’og’i bilan birlashtirishi kerak edi. O‘tgan asr oxirida Toshkentdan Orenburggacha yo‘l qurish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turdi, uning qurilishi 1900 yilning kuzida bir vaqtda Toshkentdan va Orenburgdan boshlandi. 1906 yilning yanvar oyida Toshkent-Orenburg yo‘li ishga tushdi va O‘rta Osiyo uchun Markaziy Rossiyaga to‘g’ridan-to‘g’ri yo‘l ochib berdi. II-jahon urushi yillarida, Kavkazni mamlakat markazi bilan aloqasini ta’minlagan holda, yo‘l alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Yo‘lning kengaytirish borasida choralar ko‘rildi. Qisqa muddat ichida joylarda etishmaydigan material va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun to‘qqizta cho‘yan quyish va uchta po‘lat quyish ŝexi qurildi. Urush yillarida Toshkent-Angren yo‘li qurildi. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston temir yo‘lchilari mamlakat xo‘jaligini tiklashda faol ishtirok etishdi. 1970 yilda uzunligi 1025 kilometr bo‘lgan Chardjoy-Qo‘ngirod- Beynau temir yo‘l tarmog’ining qurilishi muhim voqea bo‘lib, u 1972 yilda ishga tushirildi va mamlakatning Evropa qismiga ikkinchi muhim yo‘lni ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach, hamma sohalardagi kabi temir yo‘llar sohasida ham rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Respublikada transport koridorlarini yaratish siyosati olib borila boshlandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo‘l Kompaniyasi 1994 yil 7 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘llari negizida tashkil etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK 1993 yildan boshlab temir yo‘llar hamdo‘stligi Tashkilotiga (OSJD) a’zo. Kompaniya xalqaro temir yo‘llar uyushmasi (MSJD) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy komissiyasi (ESKATO) bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. DATYK Evropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturining TRASEKA (EvropaKavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasi bo‘yicha qo‘shma ish olib bormoqda. Kompaniyaning asosiy yo‘llarinig umumiy uzunligi bugungi kunda 3645 kilomterni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Kompaniyaning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi. Hozirgi kunda kompaniya strukturasi tubdan isloh qilinmoqda. Asosiy e’tibor alohida sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga qaratilmoqda. Respublikamizni qo‘shni davlatlar bilan bog’laydigan temir yo‘llar qaytadan ta’mirlandi va sifat jihatdan o‘zgartirildi. Respublika ichkarisida temir yo‘llarning yangi yo‘nalishlari loyihalana boshlandi. Keyingi yillarda “Navoiy-Zarafshon-Uchquduq-Urgench-Nukus” va “Qarshi-G’uzorQumqurg’on” yo‘nalishlarida yangi temir yo‘llar qurilishi tugallanib foydalanishga topshirildi. Amudaryo ustidan ulkan temir va avtomobil yo‘li ko‘prigi qurib ishga tushirildi. Temir yo‘llar sohasida bir qator islohatlar amalga oshirildi. Temir yo‘llar parki jahon standartlariga mos qilib modernizatsiya qilindi. Bir qator zamonaviy talablarga mos keladigan lakomativlar olib kelindi va ishga tushirildi. Turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Qarshi shaharlariga yangi yo‘nalish reyslari ochildi. Bularga misol qilib “Afrosiyob”, “Registon”, “Sharq” va “Nasaf” poezd yo‘nalishlarini olishimiz mumkin. Mustaqilligimiz 20 yilligiga munosib tuyyona sifatida 2011 yil sentyabr oyida Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Afrosiyob” tez yurar (tezligi 250 km/soat) lakomativi olib kelinib “Toshkent-Samarqand” poezdi yo‘nalishi ishga tushirildi. Buning uchun temiryo‘lchilar tomonidan Guliston-Jizzax shaharlari orasida yangi temir yo‘l izlari yotqizilib ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida bunyod etilayotgan mazkur elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi eng avvalo mamlakatda yagona milliy temir yo‘l tarmog‘i yaratish imkonini beradi. Ushbu temir yo‘lning uzunligi 123,1 km ni tashkil etadi, ushbu hududda 43 million kub metr tuproq ishlari hamda 16,3 million kub metr burg‘ulash-portlatish ishlari to‘liq amalga oshirildi. Loyiha asosida 285 ta sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvch 13 ta temir yo‘l ko‘prigi, 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 4 ta temir yo‘l stansiyasi, 4 ta razyezdi va 2 ta vokzal qurib bitkazildi hamda 19,1 km uzunlikdagi tunnel qazildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini loyihasi murakkbligi bo‘yicha dunyo miqyosida birinchi 8 talikdan, loyiha doirasida qurilayotgan tunnel uzunligi bo‘yicha birinchi 13 talikda joy olgan.
Temir yo‘l tarmoqlari
Bugungi kunda Respublikada temir yo‘llarning foydalanuvdagi uzunligi 3645 km ni tashkil qiladi. Shundan 3009 km bir izli, 636 km ikki izli temir yo‘llar hisoblanadi. O‘zbekistonda temir yo‘llar rels oralig’i 1520 mm ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarda 1600, 1667 va 1676 mm ni tashkil qiladi. Temir yo‘l transportining asosiy texnik jixozlariga doimiy qurilmalar va harakat tarkiblari kiradi. Temir yo‘l harakat tarkibiga lokomotivlar, motorli vagonli harakat tarkibi va vagonlar kiradi. Lokomotivlarga: elektrovozlar, teplovozlar, gazotrubovozlar, paravozlar kiradi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK mutaxassislari tomonidan “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” tez yurar lakomativi yuqori tezligini, sifatli va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yuk poezdlari harakatlanishi uchun qurib bitkazilgan bir yo‘lli “Yangier – Dashtobod” uchastkasi foydalanishga topshirildi. Qolaversa, 60 kilometrlik “Dashtobod – Jizzax” uchastkasi bo‘ylab yangi yo‘lning qurilishi va elektrlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom ettirilmoqda (4-rasm). Qurilish ishlarini kompaniyaning Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufidagi OPMS-203, EP-1 hamda SPMS kabi korxonalarning og’ir texnikalari va yo‘lsozlari ikki smenada ish olib borishmoqda. Uchastka bo‘ylab tuproq ko‘tarma ishlari tugatilib, panjarali relslar yotqizildi. Relslar atrofi zarur shag’al mahsulotlari bilan to‘ldirildi. Uchastka oralig’ida 4 ta raz’ezd, 5 ta yo‘lni kesib o‘tish joylari bunyod etildi. Ayni paytda temir yo‘lning bir qismida panjarali relslar to‘liq yotqizib bo‘lindi. Po‘lat izlarni yotqizish ishlari Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining zamonaviy transport vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarur mahsulotlardan iborat temir-beton qurilmalar, shpallar, ko‘priklar va boshqa materillar mahalliy korxonalarda tayyorlanib, qurilish ob’ektlariga etkazilyapti. Yangi temir yo‘l ob’ektining qurilishi respublikamiz temir yo‘llarini takomillashtirish, yo‘lovchi va yuk tashish ishlarini bajarishda qulayliklarni yo‘lga qo‘yish, belgilangan manzilga tez va ishonchli etib borishlarini ta’minlash, harakat xavfsizligi hamda sarfxarajatlarni kamaytirish asnosida iqtisodiy tejamkorlikni yuzaga keltiradi.
4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llari xaritasi. Temir yo‘llarning ko‘ndalang kesimi Temir yo‘l - yo‘l poyiga chaqiq tosh, shag’al, yoki qum yotqizilgan bo‘lib, uning ustiga temir beton va unga pulat relslar o‘rnatiladi, yoki yog’och shpallar va unga maxsus maxkamlovchi elementlar bilan po‘lat relslar maxkamlangan qurilma o‘rnatiladi (5-rasm). Dunyodagi turli mamlakatlarda temir yo‘llar xar xil iz oralig’iga ega: me’yoriy, keng, o‘rtacha, tor (1656-1520-1000-900). Evropada me’yoriy turdagi iz oralig’i 1435 mm ni tashkil qiladi. MDH davlatlarida va Finlandiyada iz oralig’i temir yo‘ldan foydalanish texnik qoidalariga asosan 1520 mm teng. Stefenson iz oralig’ini Evropa mamlakatlari, Kanada, AQSH, Meksika, Turkiya, Eron va Shimoliy Afrika mamlakatlari qo‘llaganlar. Harakat xavfsizligi talbalariga binoan temir yo‘ldagi ko‘prik va tunnellarni, yuk va yo‘lovchi platformalarini qurishda ularning temir yo‘l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |