Temir yo`ldagi mikroprotsessorli qurilmalar va boshqaruv tizimlari”


Svetodiod matritsasiga ma’lumotlarni chiqarish



Download 3,89 Mb.
bet11/30
Sana03.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#526861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
qurbonov mkbt lab

Svetodiod matritsasiga ma’lumotlarni chiqarish. Proteus Professional 7.0 virtual modeli ishchi muhitida KR580VV55 mikrokontrolleriga ulangan yakkalik svetodiodlar matritsasi va berilgan
mikrokontrollerni boshqarish sxemasi yig‘ilgan. (23-rasm).

23-rasm. KR580VV55A mikrosxemasi orqali svetodiodli matritsani boshqarish



Svetodiodli matritsani boshqarish B va C portlariga invertorlar orqali [5x8] matritsasida 40 ta svetodiod ulangan KR580VV55A mikrosxemasi orqali amalga oshiriladi. Berilgan sxema 13 ta chiquvchi signal (B portida ma’lumotlarni chiqarish uchun beshta kichik razryad ishlatiladi) yordamida dinamik rejimda 40 ta svetodiodni boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi. 4-rasmdagi svetodiodlarni joylashuvi ularning joylashuvlariga mos keladi.
Svetodiodlar matritsasi ishini boshqarish uchun B va C portlar “0”
rejimda chiqishga dasturlanadi. B portining razryadlari svetodiodli matritsaning “satrlar”ini tanlashni boshqaradi, bunda B portining kichik (nol) razryadi matritsaning yuqoridagi satriga mos keladi.
C portining razryadlari matritsa “ustunlar”i ishini boshqaradi, bunda C portining kichik (nol) razradi chapdan eng chetdagi matritsa ustuniga mos keladi. Har bir vaqt momentdagi har bir svetodiodning holati svetodiodning katod va anodi ulangan B va C portlari razryadlari chiqishlaridagi signalning mantiqiy darajasi bilan aniqlanadi. Svetodiodni yoqish uchun anod potensiali katod potensialidan yuqori bo‘lishi kerak. Shunday qilib B porti signallari takrorlagichlar orqali svetodiodlar katodlariga uzatiladi, C porti signallari esa inversiyalovchi kuchaytirgichlar orqali svetodiodlar anodlariga uzatiladi, u holda svetodiodni yoqish uchun kesishmalarida svetodiod joylashgan satr va ustunlarni mos ravishda boshqaruvchi B va C portlari razryadlari orqali mantiqiy nol signalini uzatish lozim bo‘ladi. Masalan, birinchi (chapdan yuqoridagi) svetodiodni yoqish uchun B va C portlarining nolinchi razryadlarida mantiqiy nolni chiqarish kerak. Matritsaning bitta satri (ustuni) da joylashgan bir necha svetodiodlarni yoqish uchun, yoqilishi kerak bo‘lgan svetodiodlar joylashgan satr (ustun) ga mos keladigan B (C) porti va ular (svetodiodlar) joylashgan ustun (satr)
ga mos keladigan C (B) porti razryadlari orqali mantiqiy nol chiqarish kerak.
Matritsali chiqarish qurilmasidagi svetodiodlar yoqishning sanab o‘tilgan imkoniyatlari boshqaruv signallari o‘zgarmaydigan statik indikatsiyaga yo‘l ochib beradi. Agar barcha svetodiodlarni statik boshqarish talab etilganda edi, u holda matritsali ishga tushirish (yoqish) dan voz kechish va har bir svetodiodga alohida chiqishdan signallar uzatish kerak bo‘lar edi. Bunda svetodiodlarni boshqarish chiqishlari soni svetodiodlar soniga teng bo‘lishi kerak.
Svetodiodlar matritsasining har xil ustuni va satrida joylashgan indikatorlarni boshqarish uchun sezgir elementni (vizual indikatsiya holatida inson ko‘zlari inersiyasi) inersiyasiga asoslangan dinamik indikatsiyalardan foydalaniladi. Ma’lumotlarni dinamik chiqarish g‘oyasi chiqish qurilmasi holati doimiyligi (ushbu holatda vizual indikatsiya – tasvir doimiysidir) ta’sirini yaratadigan ijro etuvchi elementlarini siklik jihatdan qisqa muddatlarda ketma-ket yoqishdan iboratdir. Ma’lumotlarni dinamik chiqishini amalga oshirishning namunasi quyidagi algoritm hisoblanadi:
a) joriy satr sifatida birinchi satr qo‘llaniladi;
b) B portini joriy satrga mos keluvchi razryadi orqali mantiqiy nol va qolgan razryadlar orqali mantiqiy bir chiqariladi;
c) C portini joriy satrdagi yoqilgan svetodiodlarga mos keluvchi razryadlari orqali mantiqiy nollar va o‘chirilgan svetodiodlarga mos keluvchi razryadlari orqali mantiqiy birlar chiqariladi;
d) (ijro etuvchi elementni) yoqish uchun yetarli bo‘ladigan vaqtni ushlab turish amalga oshiriladi.
e) hamma svetodiodlar o‘chiriladi, buning uchun B va C portlarining barcha razryadlari orqali mantiqiy bir chiqariladi;
f) agar joriy satr so‘nggisi bo‘lmasa, joriy satrning raqami birga oshadi, boshqacha holda esa joriy sifatida birinchi satr yana qabul qilinadi;
g) b) - f) punktlari sikllik tarzda takrorlanadi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish